O'zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning eng asosiy prinsiplaridan biri — qonun ustunligi jamiyatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kafolatlaridan biridir. Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning «0‘zbek modeli»ni besh prinsipidan biri — qonun ustuvorligini ta’minlashdir. Prezident I.A.Karimov qonun ustuvorligining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tahlil qilar ekan, quyidagi fikrni bildiradi: «Qonun ustuvorligi — huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qafiyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo'jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bolishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng awalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq va normalarni buzganligi uchun javobgarbo‘ladi»108.