Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə5/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Mifologik dunyoqarash. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayotiga bo‘lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o‘z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Qadimiy merosimiz namunasi “Avesto”da yaxshilik ramzi – Axuramazda va yomonlik timsoli – Axriman o‘rtasidagi kurash tarixi misolida oxir-oqibatda ezgulik baribir g‘alaba qozonadi, yaʼni yorug‘lik zulmat ustidan g‘alaba qiladi, degan g‘oya asosiy o‘rinni egallaydi va hayotbaxsh g‘oyalar ilgari suriladi.
Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g‘oyalarining ifodasi bo‘lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
Mifologik dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu oddiy rivoyat emas, balki og‘zaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga tasir ko‘rsatuvchi muayyan borliq sifatidagi inikosidir. Mifologik dunyoqarashda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega bo‘ladi.
Mifologik dunyoqarashda olam makon va vaqtda bir vaqtning o‘zida chekli va Cheksiz dir. Masalan, makon bu erda umumiy Cheksiz makondan va ayni vaqtda katta makonga o‘xshash ko‘p sonli chekli kichik makonlardan iborat.
Mifologik dunyoqarashga ko‘ra odamlar yashaydigan dunyo «barcha tomondan» boshqa dunyolar bilan qurshalgan. Bu dunyolarning o‘z aholisi, o‘z qonun-qoidalari, o‘z maqsadlari bor. Bu dunyolarning hammasi odamlar dunyosi bilan u yoki bu darajada bog‘langan. Boshqa dunyolarning ko‘pgina kuchlari va mohiyatlari odamlar yashaydigan dunyoga kiradi va insonga faol tasir ko‘rsatishi, xususan unga yordam yoki xalaqit berishi mumkin.
Mifologik dunyoqarashda barcha obektlar jonli bo‘ladi, shu bois bu yerda hatto toshlar bilan ham ehtiyot bo‘lib muomala qilish talab etiladi, aks holda ularning g‘azabiga duchor bo‘lish mumkin. Barcha dunyolar va ularda mavjud mohiyatlar turli dunyolarda amalda bo‘lgan har xil qonun-qoidalarga bo‘ysunadi. Masalan, daryodan o‘tish uchun avval undan ruxsat so‘rash kerak, ovchi otgan tosh nishonga tegishi uchun avval tosh bilan kelishish yoki uni o‘z xohish-irodasiga bo‘ysundirish lozim, aks holda tosh hech qachon nishonga tegmaydi. Daryo, tosh, tog‘, bulut – bularning hammasi jonli mavjudotlar yoki ularning ko‘rinishlari va ularning barchasiga jonli mavjudotlar sifatida yondashish: so‘rash, tahdid qilish, jalb etish, xizmat qilish kerak.
Mifologiyada dunyoning mazmuni o‘z Qismatini engishdan iborat bo‘lib, bu erda ikki yo‘l bor. Bir yo‘l juda uzoq va ko‘pchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib bu o‘z taqdiriga to‘la bo‘ysunish va uning barcha talablarini bajarish orqali uni engish yo‘lidir. Boshqa yo‘l qisqa bo‘lib, undan kamdan-kam odam borishi mumkin – bu o‘z taqdirini engib, yangi, oliyroq taqdirga sazovor bo‘ladigan va shu zahoti u bilan ham jangga kirishadigan qahramon yo‘lidir.
Mifologiyada aql-idrok va tasavvur ayniydir, deb aytish mumkin. Mifda ota, oqsoqol hukmi va qaror topgan ananalar muhim rol o‘ynaydi. Rivoyat va uning mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e’tiqod, borliqni bevosita, emotsional idrok etish yotadi. Mifologik dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo‘lib, unda shubhaga o‘rin yo‘qdir.
Mifologik dunyoqarashda – odamlar o‘z dunyolarida yashaydigan va boshqa dunyolarni boshqaradigan ayrim oliy mavjudotlar sifatida qaraladi. Bu xudolar orasida biron-bir eng katta va eng qudratli xudo, masalan, antik mifologiyada Zevs mavjud bo‘lishi mumkin, biroq hatto shu xudo ham faqat o‘ziga teng xudolar orasida birinchidir.
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina uzviy bog‘liq emas. Kundalik ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, sanatda aniq-ravshan yoki pardalangan ko‘rinishda mavjud bo‘lgan miflar bugungi kunda ham (kim uchundir ko‘proq, kim uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida faol rol o‘ynab, har qanday inson dunyoqarashining tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi jadal suratlarda o‘sib borayotgan sharoitda mif televidenie, radio, vaqtli matbuot vositasida sifatida ham qo‘llanilmoqda.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin