Boshqa fizik xavfsizlik choralari: energiya manbalari.
Energiya
manbalari nafaqat tashkilotning axborot texnologiyalari tizimiga, balki
fizik xavfsizlikni ta’minlash tizimlariga ham katta ta’sir qiladi.
Energiyaning yetarli darajada bo‘lmasligi yoki tez-tez uzilib qolishi
natijasida jixozlarga zarar yetishi mumkin. Tashkilotlarda energiya
manbaining uzilishi natijasida yuzaga keladigan zararni kamaytirish
uchun quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim:
- energiya tebranishlariga tayyor turish;
- energiya uzilishi kuzatilganida uzluksiz energiya manbalaridan
(UPS - Unintrruptible power supply) foydalanish;
- vositalarni tahdidlardan himoyalash tizimlarini o ‘rnatish;
- ish joylarida statik elektr ta’siridan himoyalash tizimlarini
o ‘rnatish;
- elektr energiyasida ishlaydigan vositalardan to ‘g ‘ri foydalanish.
Ish joyining xavfsizligi: qabulxona.
Tashkilotning qabulxonasi har
doim mehmon va tashkilotlar orasida o ‘zaro aloqa o ‘rnatishda muhim
joy hisoblanadi. Tashkilot qabulxonasida deyarli har kuni turli
mehmonlar, hamkorlar, xodimlar va h. bo‘lishadi. Shu sababli,
qabulxonadagilar ularning har birini tanib olishga harakat qilishlari va
qaydlashlari lozim.
Ish joyining xavfsizligi: Server/ zaxira nusxalash qurilmalarining
xavfsizligi.
Har bir tashkilot o ‘z serverining va zaxira nusxalash
vositalarining fizik xavfsizligini ta’minlashga e’tibor berishi lozim.
Ushbu vositalarga nisbatan fizik ruxsatlarning cheklanganligi bois,
ulardan faqat ruxsat etilgan shaxslar foydalana olishlari mumkin. Server
va zaxira nusxalash qurilmalarining fizik xavfsizligini ta’minlash uchun
quyidagilar amalga oshiriladi:
126
- server va zaxira nusxalash qurilmalarini alohida xonada saqlash.
Bu chora ushbu qurilmalarning noma’lum shaxslar yoki xodimlar
tomonidan ruxsatsiz boshqarilishini cheklaydi;
- server va zaxira nusxalash vositalari joylashgan xonaga yoki
muhitga kuzatuv kameralarini va smart karta yoki biometrik
parametrlarga asoslangan autentifikatsiyani joriy etish;
- serverlarni, o ‘g‘irlanishidan va zararlanishidan himoyalash
uchun, maxsus tagliklarga o ‘rnatish;
- turli energiya o ‘zgarishidan himoyalash uchun serverlarni zaxira
UPS vositasiga ulash;
- qurilmalarni qulflanuvchi xonalarda saqlash;
- xodimlar tomonidan ruxsatsiz zaxira nusxalamasligini va server
vositalarini olib chiqib ketilmasligini ta’minlash.
Ish joyining xavfsizligi: Muhim aktivlar va olib yuriluvchi
qurilmalar.
Tashkilot har doim o ‘zining server va zaxira nusxalash
vositalari bilan bir qatorda, boshqa muhim aktivlar, ishchi stansiyalar,
routerlar va svitchlar,
printerlar,
olib yuriluvchi vositalar va
boshqalarning xavfsizligiga e ’tibor berishi lozim. Tashkilotga kiruvchi
va
chiquvchi
barcha
m a’lumotlar
axborot
tarmog‘i
orqali
harakatlanganligi sababli, tashkilot tarmoq kabellarining joylashuvi va
ularning xavfsizligiga ham jiddiy e’tibor berish lozim.
Ish joyining xavfsizligi: olib yuriluvchi vositalar.
Hozirgi kunda
har bir tashkilotda turli olib yuriluvchi vositalardan foydalanilmoqda.
Ularga leptoplar, planshetlar, proyektorlar va boshqalar misol bo‘lib,
ular osonlik bilan o ‘g ‘irlanishi, yo‘qolishi va ularga zarar yetkazilishi
mumkin. Ushbu vositalarni fizik xavfsizligini ta’minlashda turli
mexanik qulflardan foydalanish yoki ularni xavfsiz xonalarda saqlash
choralarini ko‘rish talab etiladi (4.24-rasm).
4.24-rasm.
N outbuklarni stolga qulflash vositasi
127
|