Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#204346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
masuliyati cheklangan jamiyatlarda hisoblashuv muomalalari hisobi

(O’zbekiston Respublikasining 
 
Konstitutsiyasi 54-modda).
-
Fermer xo’jaligining mulk huquqi davlat
 
himoyasidadir. 
("Fermer x
o’
jaligi to’g’risida "gi 
Qonun 19 
-
modda)
-
fermer xo’jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag’larini saqlab turish uchun bank 
muassasasida hisobvaraqlar ochish va bu mablag’larni erkin tasarruf etish huquqiga ega. Fermer 
xo’jaligining hisob-kitob varag’idan mablag’larni faqat fermer xo’jaligi boshlig’ining roziligi bilan 
yoki sudning qaroriga binoan hisobdan chiqarish mumkin. 
("Fermer x
o’
jaligi to’g’risida "gi Qonun 
20
-
 modda)
-
Fermer xo’jaliklarining xo’jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va 
tashkilotlar, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yo’l qo’yilmaydi. Davlat 


10 
organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning g’ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor 
shaxslarining va fuqarolarning g’ayri qonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fermer 
xo’jaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda qoplanadi. 
("Fermer xo’jaligi mo’g’pucuda "gi Qonun 22-modda).

Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng 
huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk 
boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor mulkiga o’z hohishicha egalik 
qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Tadbirkorlarga o’z huquq va erkinliklarini sud 
orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining g’ayri qonuniy qarorlari, ularning 
mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi 
kafolatlanadi. 
("Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari mo’g’pucuda "gi Qonun 18-
modda).
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga, bu 
sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va 
boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart. Axborot olish erkinligi qonun 
hujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo’li bilan taminlanadi. Tadbirkorlik 
sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi. 
"(Tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolatlari mo’g’pucuda "gi Qonun 31-modda).
- 2008 yilning 1 iyulidan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan faoliyatni tugatish, 
faoliyatni to’xtatib qo’yish, banklardagi hisobvaraqlar bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib kuyish, 
moliyaviy sanktsiyalarni qo’llash va huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o’tkazish 
ta’sir choralari faqat sud orkali qo’llaniladi; 
-
tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) 
belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi; 
-nazorat organlarining raxbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub’ektlarini o’z 
vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar bo’yicha har qanday tekshiruvlar 
o’tkazganligi uchun shaxsan javobgar, xatto jinoiy javobgar ham bo’ladilar; 
- faqat kuzg’atilgan jinoiy ish yuzasidan tekshirishni tayinlash to’g’risidagi qaror yoki 
shunday tekshiruvlarni o’tkazish to’g’risida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish 
bo’yicha maxsus vakolatli organning qarori mavjud bo’lgandagina, qonunda ko’zda tutilgan 
hollarda, tadbirkorlik sub’ektining tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan o’zaro 
munosabatlarinigina muqobil tarzda tekshirishga yo’l qo’yiladi; 
-muqobil tekshirishlarni o’tkazish chog’ida tadbirkorlik sub’ektlariga borish va ulardan 
tekshirishga taalluqli bo’lmagan moliya- buxgalteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man 
etiladi; 
-mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jalik larining moliya-xo’jalik faoliyatini har to’rt 
yilda ko’pi bilan bir marta reja asosida tekshirish o’tkaziladi; 
- yangi tashkil kilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya-
xo’jalik faoliyatini ular davlat ro’yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja 
asosida tekshirish o’tkazilmaydi; 
- xududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlarda ro’yxatga olingan tadbirkorlik 
sub’ektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shaxobchalari qaerda joylashganidan va xizmatlar 
ko’rsatiladigan joydan qat’i nazar, ularning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga 
yo’l qo’yilmagan holda, tadbirkorlik sub’ekti ro’yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan 
bir vaqtda amalga oshiriladi; 

tadbirkorlik 
sub’ektlari tekshirish natijalari bo’yicha nazorat organlarining 
taqdimnomalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararni belgilangan muddatda va to’liq 


11 
xajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penyani to’lagan takdirda ularga nisbatan 
moliyaviy jazo choralari qo’llanilmaydi; 
- nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub’ektlari ruxsatsiz 
tekshirilganligi va ularning xo’jalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun, yetkazilgan 
iktisodiy zararning o’rni qoplangan holda, javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham 
tortiladilar. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin