Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#204346
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
masuliyati cheklangan jamiyatlarda hisoblashuv muomalalari hisobi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimiz iktisodiyotiga ta’siri sezilarli 
bo’lsada o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu asosan mamlakatimizda eksport qiluvchi korxonalarda mahsulot sotish 
bahosi ancha pastga tushdi. Bu esa mamlakatimiz korxonalari iqtisodiy-moliyaviy barqarorligiga o’z 
salbiy ta’sirini ko’rsatdi. Lekin mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev va hukumatimiz tomonidan olib 
borilgan ishlar, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish” dasturining ishlab chiqilishi bunday salbiy 
natijalarning o’z vaqtida oldini olishga erishildi. Hozirgi kunda butun jaxon iqtisodchi olimlari, yetakchi 
mutaxasislar tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarga ijobiy baholar berilib, O’zbek modeli 
qanchalik to’g’ri ekanligini tan olmoqdalar, hamda mamlakatimiz tajribasini o’rganish muhim 
ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqdalar.
Korxonalarda har doim ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxini takomillashtirish va uni 
pasaytirishga qaratilgan ishlar olib borilgan. Chunki bugungi kunda bozor iktisodiyoti sharoiti ekan, 
korxonalar nafaqat ichki bozorlarda balki tashqi bozorlarda, o’z raqobatbardoshligini oshirishga harakat 
qiladi. Lekin bu ishlar, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishning ahamiyati bozor raqobati 
sharoitida tobora oshdi. Buning uchun mamlakatimizda korxonalarni, ayniqsa xorijga mahsulot eksport 
qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozlar, rag’batlantirishlar berildi.
Mamlakatimizda Davlat dasturlarida eng ahamiyatli ishlardan biri, mamlakatimiz banklarining 
moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, davlatimiz tomonidan ularning ustavini keskin oshirildi.
Bu esa banklarning korxonalar bilan o’zaro moliyaviy munosabatlarini juda yaxshiladi. 
Korxonalarning banklardagi pul mablag’larining tez va o’z vatida aylanishi ta’minladi. Bu esa 
korxonalarning ishlab chiqarishini o’z vaqtida bo’lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari banklarning 
zaxirasi oshirilishi, korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera olish imkoniyatini oshirdi. Natijada 
mamlakatimizda juda ko’p korxonalar, ayniqsa xorijga mahsulot eksport kiluvchi korxonalar banklarda 
imtiyozli kreditlar olishga muvaffaq bo’ldi. Buning natijasida esa korxonalar ishlab chiqarish xajmi hamda 
sifati oshirildi. Eksportyor korxonalarda mahsulot sotilishida pul mablag’lari o’z vaqtida kelib tushmasligi 
natijasida vaqtinchalik ishlab chiqarishning uzilishi oldi olindi. Buning natijasida esa mahsulot 


43 
unumdorligi oshirildi, korxona o’z aktivlaridan samarali foydalanib ularning rentabelligi darajasi 
yanada oshirildi. Bu esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy 
ya’ni o’zgarmas xarajatlar xajmi kamaytirilishi natijasida umumiy mahsulot tannarxi kamaytirilishiga 
erishildi. 
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona moliyaviy holatining 
yuqoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo’lgan 
zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi mahsulot sifatini hamda hajmini oshirib, juda ko’p ijobiy 
natijalarni keltirib chiqaradi. Bulardan eng asosiysi mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda mahsulot 
ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri mehnatga haq to’lash xarajatlaridir. Ayrim korxonalarda, 
masalan kompyuter dasturlari ishlab chiqaruvchi va uni tuzatuvchi korxonalarda eng katta xarajat 
mehnatga haq to’lash xarajatlari hisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan samarli 
foydalanib, ular ishlab chiqarishini ko’paytirish hamda mahsulot sifatini oshirish juda katta ahamiyat kasb 
etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada tushadi. 
Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amortizatsiya hisoblash uchun ham ahamiyatlidir. Bugungi 
kunda bozor iqtisodiyotining tez o’zgaruvchan bir sharoitida amortizatsiya hisoblashning tezlashtirilgan 
usulining o’ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amortizatsiya 
usulini qo’llash, bir tomondan vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin 
amortizatsiya hisobi natijasida korxonaga ko’p pul mablag’lari kelib tushadi. Bu esa yuqorida aytib 
o’tganimizdek ko’p ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa tomondan esa boshlang’ich yillarda 
tezlashtirilgan usulda kup miqdordan amartizatsiya hisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi 
yillarda kam amartizatsiya hisoblaydi va mahsulot tannarxi kamayadi. 
Mehnat unumdorligi oshirilishi natijasida mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi ijtimoiy sugg’urta 
fondiga ajratmadan xam samarali foydalangan bo’ladi. Bu ajratma xam korxona uchun asosiy 
xarajatlardan biri bo’lib, mehnatga xak to’lash xarajatlariga to’g’ri proportsional hisoblanadi. Agarda 
korxona mehnatga xak, to’lash xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, uz navbatida mazkur xarajatning 
xam samaradorligigaerishgan bo’ladi. 
Demak korxonalar xar qanday vaziyatda, jumladan jaxon moliyaviy inkirozi sharoitida mahsulot 
sifati hamda xajmini oshirishi, turli davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan okilona foydalanishi, 
ishchi va xodimlaridan yanada samarali foydalanishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini 
kamaytirishi mumkin ekan. Bu esa korxonaning moliyaviy barkdrorligini yanada oshiradi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin