Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Statistik hisobot deyilganda



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə7/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

Statistik hisobot deyilganda Davlat statistika qo’mitasi yoki uning mahalliy tashkilotlari hamda Moliya vazirligi tomonidan tasdiklangan tegishli ko’rsatkichlarga ega bulgan, mustaqil balansda turuvchi barcha korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda qonuniy tartibda uyushtiriluvchi, statistika va yuqori tashkilotlarga yuborilib turiladigan hisobot shakllari tushuniladi.
Statistik hisobot turlari:

  1. Harakteri va mazmuniga qarab: umumdavlat; vazirliklar va mahkamalar ichidagi hisobot; namunaviy hisobot; ixtisoslashgan hisobot.

  2. Topshirilish muddatiga qarab: joriy hisobot; yillik hisobot.

  3. Yuborish usuliga qarab: telegraf hisoboti; pochta hisoboti.

  4. Umumlashtirish darajasiga qarab: boshlang’ich hisobot; yig’ma hisobot.

Statistik kuzatish turlari:

  1. Voqealar sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab: uzluksiz kuzatish; fursatli kuzatish; bir yo’la kuzatish.

  2. Boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab: bevosita kuzatish; xujjatli kuzatish; savol-javob usuli.

  3. O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab: yoppasiga kuzatish; qisman kuzatish.

Statistik kuzatish o’tkazilgandan so’ng uning natijalarini qabul qilish boshlanadi. Qabul qilish jarayonida ma’lumotlar uch nuqtai nazardan tekshiriladi:

  1. Tashqi nazorat;

  2. Mantiqiy tekshirish;

  3. Arifmetik tekshirish.

Statistik kuzatish materiallarini tekshirish va qabul qilish davomida ikki tipdagi xatolar aniqlanishi mumkin: qayd qilishdagi xatolar va reprezentativ (vakolatli) xato.
Qayd qilishdagi xatolar o’z navbatida tasodifiy va muntazam xatolarga bo’linadi. Muntazam xatolar ham ikki turda bo’lishi mumkin: bila turib yo’l qo’yilgan xatolar va bilmasdan yo’l qo’yilgan xatolar.
Tasodifiy xatolar har xil ko’rinishda bo’lib, yozuvdan tushirib qoldirish va sanashda xatolikka yo’l qo’yish, kuzatuvchining toliqishi, charchashi natijasida yuzaga chiqadi.
Muntazam xatolar har doim bir yo’nalishda bo’ladi va umumiy ko’rsatkichlarga kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Natijada ular haqiqatdan yiroqlashadi.
Reprezentativ xato deb bosh to’plam bilan tanlama to’plam natijalari o’rtasidagi tafovutga aytiladi. Bu xato faqat tanlama kuzatishga xosdir.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin