Irsiyatning xromosoma ta’limoti



Yüklə 62 Kb.
səhifə3/4
tarix16.06.2023
ölçüsü62 Kb.
#131357
1   2   3   4
XUSNIDDIN RAXMONQULOV 2

Jinsni aniqlash balansi. Ma’lum bo‘lishicha jinsni aniqlash faqat jinsiy xromosomalar emas, balki autosoma xromosomalar kompleksida 8 ta xromosoma (diploid - juft sonda) bo‘ladi. Erkak va urg‘ochi pashshaning 3 juft (autosoma) xromosomasi bir-biridan farq qilmaydi. Faqatgina 1 jufti farq qiladi. Urg‘ochi pashshada 2 ta bir xil tayoqchasimon xromosoma (XX) bo‘lsa, erkak pashshasining 1 ta xromosomasi tayoqchasimon (X), ikkinchisi ilgaksimon (U) dir. Pashshalarda farq qiladigan shu xromosomalar jinsiy xromosomalar deyiladi. Shunday qilib pashshada 6 autosoma va 2 tasi jinsiy xromosomadir.
Diploid xromosomali ya’ni XY+2A erkak va 2X+2A urg‘ochi pashsha bilan birga, triploid xromosomali 3X +3A urg‘ochi pashsha ham mavjud. Triploid pashsha diploid pashsha bilan chatishtirilsa, diploid xromosomali erkak (XY+2A) va urg‘ochi (2X+2A) pashsha bilan birga triploid urg‘ochi (3X+3A) pashsha ham hosil bo‘lgan. Shu triploidli urg‘ochi pashsha erkak (XY+2A) pashsha bilan chatishtirilsa germofradit formalar hosil bo‘ladi. Buni interseks deyiladi. Interseks to‘liq triploid bo‘lishi uchun X xromosoma yetishmaydi. Pashshalarda jins indeksi birdan ko‘p bo‘lib ketsa, urg‘ochi; 0,5 dan, ya’ni yarimdan kam bo‘lsa, erkak; yarim bilan bir (0,5:1) oralig‘ida interseks pashshalar hosil bo‘ladi.
Autosoma xromosomalarida jinsiy belgilarini aniqlaydigan genlar joylashgan. Odamda xromosomalarning diploid soni 46 ta, ya’ni 22 juft (erkak va urg‘ochida bir xil) va 2 tasi esa jinsiy xromososma. Odamda xromosomaning normal balansi urg‘ochi organizm uchun XX+2A yoki XX+44, erkak organizm uchun XY+2A yoki XY+44 bo‘ladi. Meyoz bo‘linishda xromosomalar qutblarga teng taqsimlanmasa, bu balans buzilib, har xil (axloqiy) kasalliklar kelib chiqadi. Misol: presomiya sindromi (44+XXX) qiz bolalarda uchrab, ularning tuxumdoni bo‘lmaydi, 2 darajali jinsiy belgilar rivojlanmaydi, naslsiz bo‘ladi, past bo‘yli aqli zaif, tez qariydi. Ternir - Shershevskiy sindromi- (44+X) trisomiyaga o‘xshaydi. Klayn Felter sindromi - (44+XXY) erkaklarda uchrab, jinsiy belgilar rivojlanmaydi. Spermatozoid hosil bo‘lmaydi, naslsiz bo‘ladi. Aqli past, qo‘l va oyoq uchlari notekis rivojlanadi.



Yüklə 62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin