Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning


 Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanlik



Yüklə 126,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix25.12.2023
ölçüsü126,11 Kb.
#195201
növüReferat
1   2   3   4   5   6
iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning ragbatlantiruvchanlik

3. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanlik 
rolini oshirish 
 
Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor 
qaratish lozimligi ko’p bora ta’kidlanmoqda. Bunda birinchi navbatda ularning 
daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog’ini kamaytirish 
lozimligi alohida ahamiyatga ega. Buning natijasida korxonalar ixtiyorida 
qoladigan mablag’lar ulushining ko’payishi evaziga uning aylanma mablag’lari 
miqdorini ko’paytirib borish va optimal darajasini saqlash, ishlab chiqarishni 
zamonaviylashtirish, 
uning 
samaradorligini 
oshirish 
maqsadida 
ko’proq 
investitsiya kiritish, xodimlar mehnatini yanada rag’batlantirish imkonini beradi.
Bevosita soliqlar bo’yicha soliq yukini izchil kamaytirish soliq siyosatining 
samaradorligini YaIM ga nisbatan ular tushumining barqaror kamayishi 
tendentsiyasi ham isbotlaydi. Soliq tizimini takomillashtirishda ustuvor ahamiyat 
bilvosita soliqqa tortishga qaratilgan. Bilvosita soliqlar tovarlarga nisbatan 
qo’shimcha bo’lgani holda, pirovard natijada ishlab chiqaruvchining moliyaviy 
holatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatmaydi hamda ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga to’sqinlik qilmaydi. 
Soliq tizimi ho’jalik yurituvchi sub’ektlarni, jumladan, chet el sub’ektlarini, 
ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnologiyalar sotib olish 
uchun mablag’ yo’naltirishni, ya’ni kapital jamg’arish va shu yo’l bilan 
texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni 
rag’batlantirishi lozim. 
Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga to’sqinlik qilmasligi 
hamda xo’jalikni mustaqil yuritish omillarini cheklab qo’ymasligi lozim. Agar 
soliqlar katta bo’lgani uchun tadbirkorlarning ishlab chiqarishni kengaytirishdan, 


15 
boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdan manfaatdorligiga putur etkazsa, 
mamlakat iqtisodiyoti pastga qarab ketishi xavfi tug’iladi. Soliqlar miqdori haddan 
tashqari katta qilib belgilansa, ishlab chiqarish hajmlari kamayib ketadi, bu jarayon 
zahiralar, banklardagi pul mablag’larining barakasi uchishiga, ilgari to’plangan 
mablag’larning eyilib ketishiga olib keladi. 
Soliqqa tortish, agar u, birinchidan, ishchi kuchini ishlab chiqarish uchun talab 
qilinadigan darajada saqlab turishga zarur bo’lgan iste’molning minimal 
hajmlariga salbiy ta’sir etsa, ikkinchidan, mehnatga nisbatan iqtisodiy va moddiy 
rag’batlarning harakat doirasini toraytirib qo’ysa, uchinchidan, jamg’arma 
miqdorini kamaytirsa va mablag’ning to’planish jarayonini sekinlashtirsa, ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini yomonlashtirib yuborishi mumkin. 
Soliqqa tortishning keyingi ikki salbiy omilini batafsil ko’rib chiqaylik. 
Moddiy rag’batlantirishlarga nisbatan soliqqa tortishning noxush ta’sir etishi ish 
haqi tizimida salbiy alomatlar paydo bo’lishida ko’zga tashlanadi. 
Yuqori darajada tabaqalashtirilgan soliq stavkalarining qo’llanilishi natijasida 
xodim tomonidan ana shu moddiy rag’batni qabul qilishdagi oddiylik va maqbullik 
ko’lami torayib qoladi. 
Soliqqa tortish bazasi va uning hajmlarini noto’g’ri belgilash xodimlarning 
malaka oshirishga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyati bilan shug’ullanishga 
va boshqa sohalarga bo’lgan intilishiga salbiy ta’sir etadi, boisi - mehnatga 
to’lanadigan haq miqdori, haqiqiy mehnat harajatlarining murakkabligi va 
xususiyati o’zgarishi befarq bo’lib qoladi. 
Soliqqa tortishning iqtisodiy omillarga ta’siri ikki xil ko’rinishda bo’ladi 
hamda qiyosiy oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi. Qiyosiy oqibat 
mehnat natijalari, jamg’arish, investitsiyalash, yangi g’oyalarni joriy etish va ishlab 
chiqarish faoliyatining boshqa xil ko’rinishlari bilan shug’ullanish uchun nisbatan 
kamroq darajada rag’batlantirishda namoyon bo’ladi. Ayniqsa progressiv (oshib 
boruvchi) soliqqa tortishda bunday oqibatning rag’batlantirishga zid ta’siri yaqqol 
ifodalanadi. 


16 
Dunyodagi bir qator mamlakatlarda kapitaldan kelgan daromad va iste’molga 
qarab soliqqa tortishni ko’zda tutgan soliq islohoti o’tkazilmoqda. Soliqqa 
tortishning salbiy ta’sirini silliqlash maqsadida ishchi kuchini taklif etish sohasida 
ish haqi ko’rinishidagi daromadlardan olinadigan soliqlarning eng yuqori qilib 
belgilangan stavkalari pasaytirilmoqda. Jamg’arish va investitsiyalashga 
soliqlarning ta’sir etishi borasida ham muayyan yutuqlarga erishildi. 
Soliqlarning ta’siri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol seziladi. Turli 
ko’rinishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq tartiblari investitsiya 
imkoniyatlari va sarmoyadorlarning portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq 
tizimidagi kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy o’sish sur’atlarining pasayib ketishiga 
olib kelishi mumkin, bu hol pirovard natijada davlat byudjeti daromadlarining 
o’zgarishiga ham ta’sir etmay qolmaydi. 
Soliqqa tortishdagi og’irlikni kapitaldan shaxsiy jamg’arishga o’tkazishning 
umumiy ta’sirini bir xil ma’noda baholash qiyin, jamg’armaning umumiy hajmi 
uchun kelib chiqadigan oqibatlar soliq tushumlarining hukumat tomonidan 
ishlatilish xususiyatiga bog’liq bo’ladi. 

Yüklə 126,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin