Kichik nashriyot tizimlari –”kompyuterli nashriyot faoliyati” axborot taxnologiyasini ta’minlaydi, matnni formatlash va tahrir qilish, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshilarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va hokazolarni bajaradi.
5.6-rasm. Multimedia ADT
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlar tarmoqli texnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllanadi.
Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish mumkin:
ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar. Ushbu yo’nalish komputerda o’yinlarni (shaxmat, shashka va h.k.), avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi;
bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar. Ushbu yo’nalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlari ma’lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin;
kompyuter texnikasining yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod kompyuter texnikasi)ni yaratish muammolarini o’rganadi;
Intellektual robotlar. Bu yo’nalish oldindan belgilangan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi.