Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar



Yüklə 77,26 Kb.
tarix03.02.2023
ölçüsü77,26 Kb.
#82565
2 5337292696950152540




SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI “IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR“ FANIDAN
MUSTAQIL ISH

Mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning roli.


Bajardi: Abduxalikov Alisher


Tekshirdi: Jamankulova Fazilat

Samarqand-2021

Mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotni roli.
Reja:
1. Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning roli.
2. Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.
3. Raqamli iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonlari.

Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni oʻz ichiga oladi:


1. Axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish.
2. Uni qayta ishlash, joyiga uzatish.
3. Ma‘lumotlarni kodlashtirish.
4. Ma‘lumotlarni saqlash va izlash.
5. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash.
6. Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.
7. Qaror qabul qilish va boshqaruv ta‘sirini ishlab chiqish. Ma‘lumki, iqtisodiy axborot hamma jarayonlarning yuzaga kelishida ishtirok etadi, lekin qator holatlarda ba‘zi jarayonlar ishtirok etmaydi. Ularning amalga oshirilishi har xil boʻladi. SHu oʻrinda ba‘zi jarayonlar qaytarilishi mumkin.
O‘arayon tarkibi, ularning shakllanishi va muhim xususiyati koʻp jihatdan iqtisodiy ob‘ektga bogʻliq. Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlarning bajarilish xususiyatlarini koʻrib chiqamiz:
1. Axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish; axborotlarni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish har xil iqtisodiy ob‘ektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq xoʻjaligi ob‘ekti faoliyatini aks etgan boshlangʻich iqtisodiy hisobotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish, amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir.
Shu oʻrinda boshlangʻich ma‘lumotning ishonchli, toʻliq va zamonaviy boʻlishiga katta e‘tibor beriladi. Korxonada axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish har xil xoʻjalik operaöiyalarini bajarish vaqtida sodir boʻladi. (Masalan: tayyor mahsulotlarni qabul qilish, materiallarni qabul qilish, yuborish va boshqalar). Avval axborot yigʻiladi, keyin mustaxkamlanadi. Keltirilgan hisobotlar, misol uchun, ish joylarining oʻzida ishlab chiqarilgan detallar, brak detallarning soni va boshqalar hisoblash natijasida kelib chiqadi. Haqiqatdan axborotni yigʻish uchun oʻlchash ishlari, hisob-kitob, material ob‘ektlarini taqqoslash, alohida bajaruvchilarning vaqtinchalik va sonli harakterdagi ishlarini hisob-kitob qilish kabilar amalga oshiriladi.
Axborotni yigʻish uni roʻyxatdan oʻtkazish bilan birga olib boriladi. Boshlangʻich hujjatlarga yozish asosan qoʻlda bajariladi, shuning uchun yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari hozircha mehnat talab etadigan ishligicha qolmoqda. Korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan sharoitida asosiy e‘tibor axborotlarni roʻyxatdan oʻtkazishning texnik asosidan foydalanishga qaratiladi. Axborotlarni roʻyxatdan oʻtkazishning texnik asosi oʻz ichiga quyidagilarni oladi: sonli oʻlchov operaöiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, EHM aloqa kanallari orqali axborotlarni yigʻish, uzatish va boshqalar.
Iqtisodiy axborotlarni uzatish har xil iqtisodiy ob‘ektlarda turlicha amalga amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish koʻpincha uni qayta ishlashdan ajratilgan holda olib boriladi. Ma‘lumki, axborotlarni yigʻish va uzatish ish joylarining oʻzida amalga oshiriladi, uni qayta ishlash esa - hisob-kitob markazida olib boriladi.
2. Axborotlarni uzatish. Axborotlarni uzatish turli usullar bilan amalga oshiriladi, kurer yordamida, pochta orqali yuborish, transport vositalari bilan etkazish, uzoq masofalarga aloqa kanallari orqali uzatish va boshqalar.
Uzoq masofaga axborotni aloqa kanallari orqali uzatish vaqtni va harajatni qisqartiradi. Uni amalga oshirish uchun esa turli maxsus texnik vositalar kerak boʻladi. Ba‘zi axborotlarni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazishning texnik vositalari ish joylariga oʻrnatilgan datchiklardan olinayotgan axborotlarni yigʻib, EHMga uzatadi. Boshlangʻich axborot paydo boʻlgan joyidan uzatilgani kabi natijaviy axborot ham teskari yoʻnalishda uzoq, masofaga (distanöion) uzatilishi mumkin. Bu holda natijaviy ma‘lumot har xil asboblarda aks etadi.
Axborotlarning qayta ishlash markaziga aloqa tarmoqlari orqali etib kelishi asosan ikki usulda amalga oshiriladi:
1) elektron tashuvchilarda
2) bevosita kompyuter maxsus dasturli va apparatli vositalar yordamida masofadan amalga oshiradi.

Agarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi shartli ravishda 1990 yildan boshlangan deb qabul qilsak, u holda uning quyidagi bosqichlari borligini qayd qilishimiz mumkin: 1990-2005 yillar: Raqamli iqtisodiyotning vujudga kelish davri bo‘lib, bu davr to‘rt qismdan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin – dotkomlar davri, yangi elektron hizmatlar ko‘rsatish bozorlarining rivojlanishi, elektron biznesning yuzaga kelishi va elektron tijorat. 2005-2010 yillar: Raqamli iqtisodiyotning o‘sish davri – bu davrda elektron xizmat ko‘rsatish boshlandi va yangi hildagi elektron mahsulotlar yaratildi. 2010-2015 yillar: Raqamli iqtisodiyotning yetilish davri bo‘lib, unda onlayn imkoniyatlar yuzaga keldi va raqamli texnologiyalar an‘anaviy biznesga ham asta sekinlik bilan kirib kela boshladi. 2015-2020 yillar: Raqamli texnologiyalarning kutilmagan sohalarga kirib kelishi va an‘anaviy biznes modellarning transformatsiyasi hamda bir qancha yangi elektron biznes modellarining paydo bo’lishi. 2020-2030 yillar: Raqamli texnologiyalarning tizimli transformatsiyasi amalga oshirilishi, ya‘ni, raqamlashtirishni tizimli yondoshuv asosida amalga oshirib, ularni kriptotizimlarga suyangan holda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish. 4.0-Industriya biznesning va mamlakatning global miqyosdagi raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqaruvda raqamli texnologiyalar texnik va dasturiy ta‘minotlari vositasida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishdir. Demak, 4.0-Industriya o‘zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo‘lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma‘lumot almashinishdir. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko‘rinishdagi ma‘lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bu mamlakatning global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, iqtisodiy o‘sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ta‘minlab beradi. Raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga izchil tadbiq qilish quyidagilarga erishishga imkon beradi: Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to‘siqlarni yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to‘liq bartaraf qiladi; Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan, tarmoqlar, ma‘lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy ta‘minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi; Ta‘lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini ta‘minlaydi; Mamlakatdagi turli-tuman kompaniyalarning, firmalarning, davlat korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi; Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko‘rsatadigan tashkilotlar hosil bo’lishiga olib keladi va boshqalar. Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak: O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish; Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini yaratish; Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat tashkil qilish uchun kerakli bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish; Global miqyosda va global bozorlarga respublikaning raqobatbardoshliligini oshirish. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotnning asosiy ko‘rsatgichlariga quyidagilarni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin: Raqamli mahsulotlar va elektron hizmatlarning paydo bo‘lishi; Turli tashkilot va korxonalarning tabiatini o‘zgartirishga erishish va shuning asosida ularning faoliyatini ham raqamlashtirish; Raqamli iqtisodiyotning asosi sifatida xizmat qiladigan raqamli platformalar yaratish; Raqobat kurashining tabiatini raqamli iqtisodiyotga moslagan holda o‘zgartirish; Iste‘molchilarning tabiatini ham raqamli iqtisod jarayonlariga moslashtirish; Ishlab chiqarishning yangi progressiv modellari va mexanizmlarining paydo bo‘lishi; Yangi turdagi biznes modellarning hosil bo‘lishi va rivojlanishi; Yuqorida tilga olingan 4.0 Industriyaning texnologiyalari ta‘siri ositida an‘anaviy kompaniyalar biznes modellarining transformatsiya bo‘lishi. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi davrda internetdan foydalanuvchilarning soni to‘rt millarddan oshib ketdi. Mobil telefonlarning soni esa insoniyat sonidan ham ko‘payib ketdi. Kompaniyalar orasidagi raqobat va ularning tabiati ham tubdan o’zgarmoqda.
Mamlakatimizning ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar kabi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi. Jamiyatning raqamli texnologiyalar tomon burilishi ro‘y berishiga butun jahon internet tarmog‘ining sifati oshishi hamda aloqa tizimlarining rivojlanishi sababchi bo‘ldi. Natijada katta hajmdai ma’lumotlar almashinish va ularni to‘plash imkoni paydo bo‘ldi, bu esa, o‘z navbatida, to‘plangan axborotni qayta ishlashga, bashorat qilishga, asoslangan qarorlar qabul qilishga va xilma-xil usullarda foyda olishga imkon beradi. Bularning barchasi uchun esa mos keluvchi infratuzilma, boshqacha qilib aytganda, global axborot platformalari ekotizimini yaratish zarur bo‘ladi.Biroq bunda ma’lumotlarni yo‘qotish, biznesni yo‘qotish, ish o‘rinlarining qisq‘arishi, havfsizlikka putur yetishi riski va modernizatsiya qilish zarurati vujudga keladi. Bu masalalarni tezda hal qilish zarur, chunki bu borada kechiqish jiddiy risklarga olib kelishi mumkin. Hozirda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarda raqamli iqtisodiyotning afsona yoki haqiqat ekanligi emas, balki bu o‘zgarishlarning jamiyatga qanday hizmat qilishi muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi davrda biz texnologiyalar qanday qilib ommaviy hizmat ko‘rsatish sohasini tubdan o‘zgartirayotganini ko‘ryapmiz. Vositachilarni olib tashlaydigan, mijoz va ta‘minotchi o‘rtasidagi aloqalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilishiga olib keladigan Uber kabi yangi biznes-modellar paydo bo‘lmoqda. Avvalroq xuddi shunga o‘xshash o‘zgarishlar moliya sektori va telekommunikatsiyalarda ham ro‘y bergan edi.Sanoatda ham bir qancha printsipial o‘zgarishlar kuzatilmoqda, chunki raqamli korxona va insonning raqamli qiyofadoshi – robotlar paydo bo‘lishi butun insoniyat funktsional modelini jiddiy ravishda o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, axborot texnologiyalari asta-sekinlik bilan odamlarning o‘rnini egallab boradi. Huddi mana shu holat raqamli iqtisodiyotning namoyon bo’lishi hisoblanadi.To‘g‘ri, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot tufayli qanday keskin o‘zgarishlar ro‘y berishi hozircha hech kimga ma’lum emas. Hozirgi texnik- texnologik qoloqlik sharoitlarida sanoatning raqamli o‘zgarishi tez ro‘y berishiga ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, bir qancha shubha-gumonlar mavjud.Raqamli platformalarning rivojlanishga yorqin misollardan biri sifatida Alibaba elektron savdo tizimiga ega bo‘lgan Xitoy kompaniyasini keltirib o‘tish mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotlar to‘plash jarayoni iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o‘ta raqobatli ustunliklar yaratadi. Alibaba bu –oddiygina raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir. Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida platformalar kuchidan katta bo‘ladi. Xatto AQSH ham hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, chunki u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga to‘g‘ri keladi, Xitoyda esa bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga – bir platformadan boshqa platformaga qarab o’tish asta-sekinlik bilan ro‘y berdi.Raqamli iqtisodiyotga o‘tish kabi global bir ishda ko‘p narsa davlatning tutgan pozitsiyasiga ham bog‘liq, albatta. Barchasi hamma narsani birlashtiradigan va «raqam»ga o‘tkazadigan yagona davlat platformasiga borib taqalmasligi muhim,ya’ni, «Davlatning vazifasi, biznesning o‘rniga biron bir narsa qilish emas, balki oddiygina - biznesga halal bermaslikdir».Xitoyda ham Alibaba tizimi davlat uning uchun qandaydir platforma yaratgani tufayli paydo bo‘lmagan. U bunday platforma paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratdi, xolos. Garchi davlat Alibabaga yordam beragan bo‘lsada, buni davlat korporatsiyasisifatida emas, balki tijorat korxonasi sifatida yordam berdi va uning xizmatlaridan u raqobatbardosh ekanligi uchungina foydalaniladi. Davlatning vazifasi–umumiy qoidalar yaratish, biznes esa shu umumiy qoidalar asosida o‘zgara va rivojlana boshlaydi, chunki qonunlar ta’sirida ishbilarmonlik muhiti o‘zgaradi va raqobat o‘sadi. Jiddiy kumulyativ samarayangi umumiy platforma yaratish tufayli emas, balki har biri o‘z ishi bilan shug‘ullanadigan ko‘plab mustaqil tashkilotlar va mahsulotlar yig‘indisi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan infratuzilma paydo bo‘lishi tufayli vujudga kelishi mumkin. Lekin bunda kerakli standartlar va protokollarni eng yuqori sifat darajasida ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


R.H. AYUPOV, G.R. BOLTABOEVA “RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLARI“ DARSLIK. 2019-yil. 29-bet.
TEXNOMAN.UZ
ARXIV.UZ



Yüklə 77,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin