"iqtisodiyot va turizm" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali №2(2) 2021 67



Yüklə 355,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü355,89 Kb.
#166847
1   2   3   4   5
IQTISODIYOT VA TURIZM №2-68-73

 
Mavjudlik
real, interaktiv, hammaga 
yaqin kontent yaratish va 
boshqarish
Munosabatlar 
aloqalar tarmog'idagi 
strukturaviy va oqim 
xususiyatlarini boshqarish
Obro' 
foydalanuvchilar va 
brendlarning kuchi, 
ishtiyoqi, hissiyotlari va 
imkoniyatlarini kuzatish
Guruhlar 
a'zolik qoidalari va 
protokollari
Suhbatlar
suhbat tezligi, boshlash va 
qo'shilish xavfi
Ulashish
kontentni boshqarish 
tizimi va ijtimoiy grafik
Identifikatsiya(shaxs)
maʼlumotlar maxfiyligini 
boshqarish elementlari va 
foydalanuvchining oʻzini 
oʻzi reklama qilish 
vositalari


№2(2) 2021 "IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali
70 
Suhbatlar. 
Suhbatlar bloki foydalanuvchilarning ijtimoiy media platformalari orqali 
boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish darajasini ifodalaydi. Ko'pgina ijtimoiy 
media saytlari asosan shaxslar va guruhlar o'rtasidagi suhbatlarni osonlashtirish uchun 
yaratilgan. Bunday suhbatlar har xil sabablarga ko'ra sodir bo'ladi: hamfikrlar bilan 
tanishish, haqiqiy sevgini topish, o'ziga bo'lgan hurmatini oshirish yoki yangi g'oyalar va 
zamonaviy mavzulardan xabardor bo’lish. Ba’zilar esa ijtimoiy mediani insonparvarlik
ekologik muammolar, iqtisodiy muammolar yoki siyosiy munozaralarga ijobiy ta'sir 
ko'rsatish va o'z xabarlarini eshitilishining bir usuli deb bilishadi. Shunga ko’ra, ijtimoiy 
media platformalari turli xil suhbat qilish imkonini beradi. Masalan, ba’zi platformalar 
qisqa xabar almashishdan iborat bo’lsa, ba’zilar esa uzoq suhbatlarni xarakterlaydi. 
 Ulashish. 
Ulashish foydalanuvchilar tomonidan kontentning almashish, tarqatish 
va qabul qilish darajasini ifodalaydi. "Ijtimoiy" atamasi ko'pincha odamlar o'rtasidagi 
almashinuv juda muhim ekanligini anglatadi. Biroq, ko'p hollarda, ijtimoiylik odamlar 
o'rtasidagi bu aloqalarga vositachilik qiladigan obyektlar va onlayn uchrashuvlar hamda 
bir-birlari bilan muloqot qilishlari sabablari. haqidadir. Faqatgina almashishning o’zi 
ijtimoiy mediada o'zaro ta'sir qilish usulidir, ammo almashish foydalanuvchilarni 
suhbatlashish yoki hatto bir-biri bilan munosabatlar o'rnatish istagini uyg’otishi ijtimoiy 
media platformasining funksional maqsadiga bog'liq. Masalan, ba’zi ijtimoiy media 
platformalarining obyekti rasm bo’lsa, ba’zi platformalarniki qo’shiq, ba’zilariniki esa 
kasblar hisoblanadi.
Mavjudlik. 
Ushbu blok ijtimoiy mediada foydalanuvchilar boshqalarning 
mavjudligini bilish darajasini belgilaydi. Bu insonlarning mediada mavjud yoki yo’qligi 
hamda virtual dunyoda va/yoki real dunyoda qayerdaligini bilishni o'z ichiga oladi. Virtual 
dunyoda bunday holat "mavjud" yoki "yashirin" kabi qatorlari orqali sodir bo'ladi. 
Harakatda odamlarning ulanishi ortib borayotganligi hisobiga, mavjudlik funksiyasi 
haqiqiy va virtual hayotni bog'laydi. Ba’zi mavjudlikka asoslangan platformalarda 
foydalanuvchilar o’zlari borgan lokatsiyani belgilashlari va bu orqali ularga ergashuvchilar 
ularni oson topishlari mumkin. Ayrim ijtimoiy media platformalari aynan lokatsiyani 
emas, balki, foydalanuvchilar yashaydigan geografik makonni o’z ichiga oladi. Ba’zi 
platformalar esa foydalanuvchining platformadagi “onlayn” holatini ham mavjud 
geolokatsiyani ham aks ettirmaydi. Bundan tashqari, mavjudlik funksional bloki suhbatlar 
bloki bilan juda bog’liq hisoblanadi. Mavjudlik bloki bor ijtimoiy media platformalarida 
suhbatlar bloki oshishining ehtimoli juda yuqori hisoblanadi.
Munosabatlar. 
Munosabatlar bloki foydalanuvchilarning boshqa foydalanuvchilar 
bilan bog'liqlik darajasini ifodalaydi. “Munosabat” deganda, biz ikki yoki undan ortiq 
foydalanuvchini suhbatlashishga, ijtimoiy mediada obyektlarni ulashishga, uchrashishga 
yoki shunchaki bir-birlarini do'st yoki muxlis sifatida ro'yxatga olishga olib keladigan 
qandaydir birlashma shakliga ega ekanligini tushunamiz.
Natijada, ijtimoiy media 
platformasi foydalanuvchilari qanday bog'langanligi ko'pincha ma'lumot almashinuvining 
nima va qandayligini aniqlaydi. Ba'zi hollarda, bu munosabatlar juda rasmiy va tartibga 
solingan. Ayrim ijtimoiy media platformalarda foydalanuvchilar bir-birlari bilan qay 
darajada bog’liqligi ko’rsatiladi. Buning uchun har bir foydalanuvchi o’zining shaxsiy 
ma’lumotlarini ko’rsatgan bo’lishi kerak, masalan, o’qish yoki ish joyi, ishlash sohasi, ish 
beruvchilari va hokazo. Mana shu rekvizitlar orqali platforma avtomatik tarzda tegishli 
insonlarni topadi. Ayrim ijtimoiy media platformalari faqat foydalanuvchilarning kontakt 
raqamlaridagi shaxslar bilan aloqa qilishga imkon bersa, ba’zilari esa aloqa qilish uchun 
foydalanuvchilardan hech qanday bog’liqlik taalb etmaydi. 


"IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali №2(2) 2021
71 
Obro’. 
Obro' - bu foydalanuvchilar ijtimoiy media muhitida boshqalarning, shu 
jumladan o'zlarining mavqeini aniqlay olish darajasi. Ijtimoiy media platformalarida obro' 
har xil ma'noga ega bo'lishi mumkin. Aksariyat hollarda obro ‘-e’tibor ishonch masalasidir, 
biroq axborot texnologiyalari bunday yuqori sifat mezonlarini aniqlashda hali yaxshi 
bo’lmagani uchun ijtimoiy media saytlari “mexanik vosita”ga tayanadi: ishonchlilikni 
aniqlash uchun foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ma’lumotlarni avtomatik tarzda 
jamlovchi vositalar. Ba’zi ijtimoiy media platformalarida foydalanuvchilar obro’si ular 
tomonidan yaratilgan kontentga bog’liq, ba’zilarida esa ularga ergashuvchilar soniga 
bog’liq, ayrim platformalarda esa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan obyektga ovoz 
berish, ulashish hamda ko’rish soniga bog’liq hisoblanadi.
Guruhlar. 
Guruhlar funksional bloki foydalanuvchilarning jamoalar va kichik 
hamjamiyatlarni tashkil qilish darajasini ifodalaydi. Tarmoq qanchalik "ijtimoiy" bo'lsa, 
do'stlar, ergashuvchilar va kontaktlar guruhi shunchalik katta bo'ladi. Antropolog Robin 
Dunbar tomonidan taklif qilingan Dunbar soni ko'p muhokama qilinadigan munosabatlar 
guruhi bo'lib, u odamlarning boshqa odamlar bilan bo'lishi mumkin bo'lgan barqaror 
ijtimoiy munosabatlar sonini taxminan 150 tagacha cheklaydigan kognitiv chegaraga ega 
ekanligini ta'kidlagan. Ijtimoiy media platformalari ko'plab jamoalar bu raqamdan ancha 
oshib borayotganini tan oldi va foydalanuvchilarga a'zolikni boshqarish imkonini beruvchi 
vositalarni taklif qiladi. Guruhlarning ikkita asosiy turi mavjud. Birinchidan, odamlar 
o'zlarining kontaktlarini saralashlari va do'stlari, izdoshlari yoki muxlislarini o'zlari 
yaratgan turli guruhlarga joylashtirishlari mumkin. Ikkinchidan, onlayn guruhlar oflayn 
dunyodagi klublarga o'xshash bo'lishi mumkin: hamma uchun ochiq, yopiq (tasdiqlash 
kerak) yoki yashirin (faqat taklifnoma bilan). 

Yüklə 355,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin