MEHNAT BOZORI- ish kuchiga talab va taklif asosida bo’lgan munosabatni shakllanishi. Mehnat bozori mamlakatdagi ishchi kuchiga bo’lgan talab uni taklif etilishi o’rtasidagi mutanosiblik nisbatini ifodalaydi. Mehnat bozori shakllanishi mumkin, agarda ishchi kuchi o’zining mehnatini egasi bo’lsa. Mehnat bozori orqali ishchi kuchi ma’lum muddatga sotiladi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab uni taklifidan ortiq bo’lsa, uning bahosi ko’tariladi yoki aksincha.