Iqtisodiyot fakulteti


Kurs ishini himoya qilish



Yüklə 158,43 Kb.
səhifə7/12
tarix14.12.2023
ölçüsü158,43 Kb.
#177107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Молия бозори курс иши УК (2)

Kurs ishini himoya qilish
Dekanat tomonidan kafedra bilan kelishilgan holda kurs ishlarini topshirish va himoya qilish reja jadvali ishlab chiqiladi va kurs ishini topshirish va himoya qilish muddatlari kafedra mudiri tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Talaba tayyor bo‘lgan kurs ishini «Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi” kafedrasi kotibasiga topshiradi. Kotiba ushbu kurs ishini ro‘yxatdan o‘tkazib, kurs ishi titul varag‘iga ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana va ro‘yxat tartib raqamini yozadi. So‘ng u ilmiy rahbarga topshiriladi. Ilmiy rahbar kurs ishini ro‘yxatdan o‘tgan sanadan boshlab bir hafta ichida, kurs ishi talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni o‘z taqrizi (6-ilovaga qarang) bilan birga kafedraga taqdim etadi. Ilmiy rahbar tomonidan taqdim qilingan taqrizda talabaning faolligi, mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifasi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar, keltirilgan ma’lumotlar tahlili, chiqarilgan xulosa va takliflarning asoslanganligi va kurs ishining boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Shu bilan birga, xato va kamchiliklari ham ko‘rsatiladi. Natijada, taqriz oxirida xulosa qilinadi, ya’ni kurs ishi himoyaga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Kurs ishida unga qo‘pol bo‘lmagan xato va kamchiliklar bo‘lsayu, u himoyaga tavsiya etilsa, talaba ko‘rsatilgan xato - kamchiliklarni asoslash yoki to‘g‘rilash uchun kurs ishi himoyasigacha tayyorlanish kerak. Agarda kurs ishida xato-kamchiliklar ko‘p bo‘lsa, ularni bartaraf etgandan so‘ng, himoyaga tavsiya etilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, u holda xato va kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, ikkinchi marta yana himoyaga tavsiya etish taqrizi yoziladi.
Agarda talaba sababsiz ravishda kurs ishini o‘z vaqtida topshirmasa, kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar kurs ishi himoyaga qo‘yilmaydi deb yozib xulosa beradi.
Kotiba taqriz yozilgan kurs ishini topshirilgan kun bilan ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Kurs ishilarini ro‘yxatga olish kitobida har bir guruhni alohida betga rasmiylashtirish tavsiya etiladi.
Kurs ishini himoya qilish kuni va himoyada qatnashuvchi komissiya tarkibi kafedra majlisida belgilab beriladi. Kurs ishi himoyasida qatnashuvchi komissiya tarkibi 3-5 ta a’zodan iborat bo‘ladi. Kurs ishini himoyasida, albatta, komissiya tarkibidan kamida 3 ta a’zosi bo‘lishi talab etiladi.
Har bir talaba uchun kurs ishi himoyasi 15-20 daqiqa (10 daqiqagacha talaba ma’ruzasi, 5-10 daqiqa savol-javob) davom etadi. Talaba o‘z ma’ruzasida mavzu to‘g‘risida qisqacha tushuncha berishi, ya’ni mavzuning dolzarbligi, muammosi, xulosa va taklif haqida to‘xtalishi kerak. Shuningdek, taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklar haqida ham alohida to‘xtalinadi.
Himoyadan so‘ng, komissiya a’zolari yopiq majlis o‘tkazib, talabalarning kurs ishini baholash bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Komissiya a’zolari quyidagicha qarorni qabul qilishi mumkin:
– kurs ishini himoya qilganligini bildiruvchi baho qo‘yilishi mumkin;
– himoyaga kiritilmagan bo‘lishi mumkin;
– “himoyaga kelmadi” bo‘lishi mumkin;
– himoyada qoniqarsiz baho olgan bo‘lishi mumkin;
– qayta himoya qilish uchun muddat berishi mumkin;
– boshqa mavzuda qayta ishlab himoya qilish tavsiya etilishi mumkin.
Uzrli sabab bilan kurs ishini belgilangan muddatda himoya qilolmagan talabalarga dekanning ruxsati bilan, komissiyaning ishi yakunlanishiga qadar, boshqa muddatlarda himoya qilishga ruxsat beriladi.

Yüklə 158,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin