Iqtisodiyot asoslari


Milliy valyutaning konvertlanganligi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
iqtisodiyot asoslari

Milliy valyutaning konvertlanganligi
ichki va tashqI, shuningdek
joriy amallar hamda kapitalning harakati bo‘yicha bo‘lishi mumkin. 
Kapitalning harakati bo‘yicha konvertlanishni joriy qilish mamlakat 
tashqarisidan resurslarni jalb qilishga yordam berishi mumkin. Xorijliklarn-
ing u yoki bu mamlakatga kapital qo‘yishga (kirishga) tayyorligi bu mamla-
katdan soliqlar ushlab olingandan so‘ng foyda, daromadni olib chiqib keta 
olish, shuningdek, dastlabki kiritilgan kapitalni repatriatsiya qilish (vatanga 
qaytarish) mumkin yoki mumkin emasligiga bog‘liqdir. Bu to‘g‘ridan-
to‘g‘ri va portfel investitsiyalari (kapitalning mamlakat tashqarisidagi istal-
gan korxonalarga uzoq muddatga qo‘yilishi)ning hamma shakllariga 


142 
taalluqlidir. Ular xorijiy kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish shaklida 
amalga oshiriladi. Bu investitsiyalar investorlarga korxona faoliyati ustidan 
to‘liq nazorat qilish huquqini beradi. 
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasida tegishli choralar 
ko‘rilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining va xorijiy davlatlarning 
jismoniy shaxslari banklardagi o‘z valyuta hisoblari va jamg‘armalaridan 
mablag‘larni va ular bo‘yicha foizlarni chet el valyutasida yoki so‘mlarda 
olish huquqiga egadir. Valyuta birjalarida respublikada xalq iste’moli 
mahsulotlarini ishlab chiqarish va respublikaning ichki bozorini to‘ldirish 
bilan shug‘ullanuvchi yoki iqtisodiyotning bazaviy va yetakchi tarmoqla-
ridagi ustuvor loyiha-larni amalga oshirishda qatnashuvchi, jismoniy 
bo‘lganidek, huquqiy xorijiy shaxslarning kapitali ishtirokidagi qo‘shma 
korxonalar valyutalarini konvertlashda ustun, imtiyozli huquqqa ega ekanli-
klari belgilab qo‘yilgan. 
Erkin konvertlangan valyutadagi kreditni hukumatning qaroriga ko‘ra 
yoki uning kafolati orqali olgan erkin konvertlangan valyutada olingan kre-
ditni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlagan shaxslar ustun huquqqA ega. 
Bunday toifaga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining summalarini erkin konvertlangan valyuta imtiyozli konvertlashtirish 
huquqiga berilgan potentiga ega bo‘lgan shaxslar ham kiradilar. Va nihoyat, bu-
lar qatoriga eksportga mahsulot va tovarlar Ishlab chiqarish bilan 
shug‘ullanuvchilar ham shunday imtiyozlardan foydalanadilar. 
Xorijiy investitsiyali korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin