26
xususiy mulk va erkin xo`jalik tashabbusiga o`rin yo`q. U aholini uch
toifaga ajratgan:
1. Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar;
2. Harbiylar - davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo`lib,
ular biror mulk egasi bo`lish huquqiga ega emas, iste'mol qilish esa ijti-
moiy xarakterga ega bo`lishi kerak.
3. "Qora" toifa - dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo`lib, ular
mulk egasi bo`lishi kerak.
Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va
savdogarlarning
ajralib
chiqishi
o`rtasidagi
aloqadorlik to`g`risidagi fikrini o`sha davr uchun
buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo,
Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo`jalikni
himoya qildi, pul funksiyasini muomala doirasi-
dagina deb bilishga harakat
qildi,
pulni
jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb
bildi; u sudxo`rlik operatsiyalarini inkor etdi va
baholarni
me'yorda
saqlash
yo`li
bilan
savdogarlarning foydasini chegaralashni talab
qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga
kiritmadi (demak, ular mulk egasi ham bo`lishi mumkin emas). qullar
mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-toifa ahlining
cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to`la-to`kis qondirishlari kerak edi.
Shunday qilib, Aflotun o`zining ideal, ya'ni bekamu ko`st davlatini barpo
etar ekan, qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi.
Dostları ilə paylaş: