369
suriladi. Shunday qilib, iqtisodiy integratsiya zarurati tashqi bozorning
qayta ishlab chiqarishga hal qiluvchi ta'siri tufayli yuzaga keladi (ya'ni ak-
sincha emas).
Iqtisodiy integratsiya bo`yicha ta'limotlarda asosiy e'tibor "bojxona
ittifoqi"ga berilib, unda o`zaro savdo bo`yicha har qanday cheklashlar be-
kor qilinishi va "uchinchi mamlakatlar" uchun yagona bojxona tarifi joriy
qilinishi kerak bo`ladi. Bunda ayrim iqtisodchilar - B.Belash (AQSH),
V.Rebke (Shveytsariya) va boshqalar bu jarayonni ideal erkin bozor mu-
nosabatlariga qaytish shaklida qaraydilar va avvalgi davr voqealarini
hozirgi monopolistik davrga ko`chiradilar. Boshqalari esa, masalan
Ch.P.Kindleberger (AQSH), P.Striten (Angliya), A.Marshall va F.Perru
(Fransiya)lar yirik korporatsiyalar mavjudligini tan oladilar, ularning fik-
richa, jahon bozorini o`zaro bo`lib olib, "bojxona ittifoqi" kartellarga qar-
shi siyosat tufayli ularning faoliyatidagi salbiy tomonlarni neytralizatsiya
qiladi, go`yoki xalqaro integratsiya antimonopol yo`nalishga ega. Amali-
yotda bu jarayonlar har doim ham nazariyadagidek emas, masalan Yevropa
iqtisodiy hamjamiyati (umumiy bozor, hozir Yevropa ittifoqi)da kartel-
lashtirishni taqiqlash to`g`risida qonun bo`lishiga qaramasdan, bu jarayon
aksincha tezlashdi, bugungi kunda ko`ptarmoqli kompaniya-konsernlar vu-
judga kelmoqda.
Olimlarning fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-
siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo`ladi: ishlab chiqarishning do-
imo o`sishi va iqtisodiy inqirozlarning bo`lmasligi ta'minlanadi; iqtisodi-
yotning doimo o`sishi tufayli aholining turmush darajasi ko`tariladi; ishchi
va kapitalistlar o`rtasidagi sotsial sheriklikni rivojlantiradi; turli mamlakat-
lar o`rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy nifoqlar tugatiladi. Demak,
iqtisodiy integratsiya kapitalistik jamiyatga xos bo`lgan illatlarni kamayti-
rish vositasi sifatida qaraladi.
Dostları ilə paylaş: