To‘rtinchidan,
milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan kredit mablag„lari
hisobidan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoni yaratiladi.
Beshinchidan,
xususiy sektorning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvi
amalga oshadi.
Demak, investitsiyalar, xoh u makro (xususiy sektor) darajasida, xoh mikro
(korxonalar miqyosida) darajada bo„lsin iqtisodiy o„sishni ta‟min etuvchi muhim
omil ekan, milliy ishlab chiqaruvchi sub‟ektlar ularni jalb etish uchun nima
qilishlari lozim degan savol tug„iladi.
Milliy ishlab chiqaruvchi sub‟ektlar iqtisodiy faoliyatiga investitsiyalarni
jalb etish uchun korxonalar miqyosida quyidagi ishlarni bajarishlari kerak.
Birinchidan,
puxta ishlab chiqilgan va istiqbolga ega bo„lgan biznes-rejaga
ega bo„lishlari lozim. Investorlar hamma vaqt ularning qo„yilmalari kelajakda
foyda keltirishini bilishga intiladilar.
Ikkinchidan,
investorlar faqat o„zlari ishonch qozongan korxonalarga
investitsiya loyihalarini moliyalashtiradilar. Yashirin va gumonli korxonalarga
investitsiya qo„yish, foydadan ajralish bilan barobar, shuning uchun, milliy
korxonalarning moliya-xo„jalik faoliyati bo„yicha iqtisodiy reytingi yuqori bo„lishi
zarur.
Uchinchidan,
ular shaffof va ochiq faoliyat yuritishlari lozim. Buning uchun
buxgalteriya hisobi hujjatlari ularga qo„yilgan talab darajasiga javob berishi lozim
va korxonaning moliya-xo„jalik faoliyati hujjatlari bo„yicha yakuniy natijalari
ommaviy axborot vositalari orqali jamiyat a‟zolariga ochiq e‟lon qilinishi zarur.
Yuqoridagi aytilgan fikrlar bilan birga, ta‟kidlash joizki, investorlarning
xususiy sektorga kapital mablag„lari kiritishi ko„p jihatdan nafaqat korxonalar
reytingi yoki xo„jalik faoliyati natijalariga, balki mamlakatning geosiyosiy
joylashuvi va davlat tomonidan yuritilayotgan ichki siyosatiga ham bog„liq.
Investorlar kapital mablag„ yo„naltirish uchun eng barqaror mamlakatlarni
tanlaydilar.
Shuning uchun dunyoning barcha mamlakatlari imkon qadar investitsion
riskni kamaytirishga oid ishlarni bajarishga harakat qiladilar. Jahondagi barcha
davlatlar singari bizning mamlakatimizda ham xususiy sektorda investitsiya
muhitining jozibadorligini oshirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
3
O„zbekistonda xorijiy investorlarni jalb etish uchun qator shart-sharoitlar
yaratilgan. Xususan:
- mamlakatdagi siyosiy barqarorlik;
- xususiy mulk va raqobatni himoyalaydigan qonunchilik bazasining
shakllanganligi;
- investitsiya jarayonini qo„llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning barpo
etilganligi;
- mamlakatning qulay georafik joylashuvi;
-
agrosanoat
sektorini
rivojlantirish
salohiyatining
yuqoriligi
va
mamlakatning mineral-xomashyo resurslariga boyligi;
- yuqori malakaga ega mehnat resurslarining mavjudligi;
- savdo uchun ichki bozor hajmining yetarli darajada kengligi.
Xorijiy investorlar uchun berilgan imtiyozlar va moliyaviy-iqtisodiy
rag„batlantirish tizimi, investitsiyaviy jozibadorlikning muhim omili hisoblanadi.
Bular esa, to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni ishlab chiqarish sohasida,
xususan, eksport salohiyati yuqori bo„lgan sanoat tarmog„iga yo„naltirilishini
ta‟minlaydi.
Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes
sub‟ektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferentsiyalar berishni tashkiliy va
huquqiy jihatdan tartibga solish lozim.
Birinchi navbatda, eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion va yuqori
texnologik ishlab chiqarishni yo„lga qo„ygan tadbirkorlarga va chet ellik
investorlarga shunday imkoniyat yaratish kerak”
2
.
Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalarni xususiy sektorga jalb qilishning
muhim yo„nalishlaridan biri - maxsus iqtisodiy zonalarni shakllantirish
hisoblanadi. Mamlakatimizda Navoiy, Jizzax, Angren, G„ijduvon, Qo„qon, Urgut,
Xazarasp, erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilib, ular bugungi kunda o„z
faoliyatlarini samarali yuritishmoqda.
XXI asrning birinchi o„n yillikdan keyingi iqtisodiy rivojlanish davrida
mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo„naltirilgan kapital mablag„lar hajmi va uning
tarkibidagi o„zgarishlarga e‟tiborimizni qaratsak, unda investitsiyalar hajmining
keskin ortganligini va tarkibi sifat jihatidan yaxshilanganligini ko„rishimiz
mumkin.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2010 yilda 15 338,7 mlrd.
so„m bo„lib, moliyalashtirish manbalari bo„yicha – korxonalar va aholi mablag„lari
49 % ni, bank kreditlari va boshqa qarz mablag„lari 9,7 % ni, chet el
investitsiyalari va kreditlari 28,3 % ni, davlat byudjeti 5,6 % ni va byudjetdan
tashqari jamg„armalar (tiklanish va taraqqiyot jamg„armasi, sug„oriladigan
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg„armasi mablag„larini qo„shgan
holda) 7,4 % ni tashkil etgan edi.
2019-yil uchun investitsiya dasturlariga kapital qo„yilmalarning hajmi
112251 mlrd so„mni tashkil etgani holda, uning 69,2 foizini moliyalashtirish
2
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28-dekabr
2018-yil.// https://president.uz/uz/lists/view/2228
4
manbalarining markazlashmagan investitsiyalari tashkil etadi. Bunda to„g„ridan-
to„g„ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar (30,5 foiz) hamda korxonalarning
mablag„lari (16,2 foiz) yuqori ko„rsatkichlarga ega. Shuningdek, so„nggi yillarda
mamlakatimiz amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning bir yo„nalishi bo„lgan,
ya‟ni aholini arzon uylar bilan ta‟minlash uchun, “Har bir oila tadbirkor” dasturi
asosida aholiga tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar
hisobiga kapital qo„yilmalarning asosiy parametrlari tarkibida tijorat banklarining
kreditlari va boshqa qarz mablag„lari (15,3 foiz) salmoqli ulushga ega bo„lgan
3
.
Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan sarmoyalar
tarkibida xorijiy investitsiyalar ulushi muntazam oshib bormoqda (1-jadval).
1-jadval.
Dostları ilə paylaş: |