YAngi texnologiyalarni
qo’llash uchun bir loyiha bo’yicha
uskunalami import qilish ikkinchi loyiha uchun bu jarayonlar arzon va
oson kechishiga olib kelishi mumkin. Bunga birinchi loyihada ishtiroq
etgan mutaxassislami jalb etish orqali erishiladi. Tashqi manfaatlarga
shuningdek ta’lim darajasi ortishi natijasida tug’ilish sur’atlarining
pasayishini, transport tizimining rivojlanishi natijasida ishchi kuchi
harakatchanligining kuchayishini va hokazolami misol qilib keltirish
mumkin.
Loyihalarning barcha tashqi samaralarini hisobga olib o ’lchab
bo’lmaydi, shu sababli ularning eng muhimlarini hisobga olish hamda
ichki samaralar qatoriga kiritishga harakat qilish zarur. Masalan, to ’g ’on
qurilishi er osti suvlari sathi ko’tarilishiga olib kelsa, loyihaga drenajlar
qurish vazifasini ham kiritish zarur.
Ayrim loyihalarning tashqi samarasi tarkibiga xalqaro samara ham
kiradi. Masalan, eksportni oshirishga qaratilgan loyiha natijasida mahsulot
narhi jahon bozorida pasayishi mumkin. Bundan import qiluvchilar
manfaat ko’rsa, shu turdagi mahsulotni eksport qiluvchi boshqa davlatlar
zarar ko’radilar va hokazo. Iqtisodiy tahlilda asosan mamlakat ichidagi
manfaat va xarajatlargina ko’rib chiqiladi. Xalqaro loyihalarda esa barcha
ishtirokchi davlatlaming foyda-zararlari hisobga olinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: