“INTERNATIONAL СONFERENCE ON EDUCATIONAL INNOVATIONS AND APPLIED SCIENCES 2022/12”
122
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari darslarni tashkil etishda, matn bilan ishlashda
ana shu jihatlarga alohida e’tiborini qaratishi zarur. “Ona tili va o‘qish savodxonligi”
darsligida oʻquvchini bemalol chiroyli va mazmunli matn tuzishiga yordam beradigan
topshiriqlarning borligi oʻquvchilarni yanada oʻz fikrlarini yozma va ogʻzaki bayon eta
olishga oʻrgatmoqda. Quyidagi topshiriqlar oʻquvchining matn tuzishiga beminnat
yordam beradi deyishimiz mumkin.
“Men ishlab chiqaradigan dori” mavzusida kichik matn yozing. Matnda
quyidagi maʼlumotlar boʻlishiga ahamiyat bering:
dorining nomi;
qanday kasallikka davo boʻlishi;
nima uchun bu dori kerak boʻladi deb oʻylashingiz;
u dorini birinchi kimga berishingiz.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘quvchining zamon bilan hamnafas
faollashuvi, ruhiy olamining murakkablashuvi metodika ilmi oldiga badiiy asar ustida
ishlash yo‘llarini boyitish va kengaytirish talabini qo‘yyapti. Har bir o‘qituvchi matn
ustida ishlashda ana shu talablardan kelib chiqqan holda, ko‘proq izlanishi va
o‘quvchini olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishi uchun kompetensiya ega shaxs
sifatida shakllantirishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES)
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi
“Umumiy o‘rta va o‘rta –maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori. –lex.uz.
2. Azimova I va boshqalar. Ona tili va o‘qish savodxonligi. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining 2-sinfi uchun darslik. –T.: Respublika ta’lim markazi, 2021
3. Husanboyeva Q., Shodiyev F., Hazratqulov M. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarlar
bilan ishlash metodikasi. –Samarqand. 2019y. 173-174 betlar.
4. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona
tili o‘qitish metodikasi. Boshlang‘ich ta’lim talabalari uchun darslik. –T.: “Nosir”
2009y. 89-b.
Dostları ilə paylaş: |