4
SO‘Z BOShI.
Intellektual tizimlar fani bugungi kunda eng rivojlanayotgan fan hisoblanadi.
Chunki zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida barcha
ishlab chiqarish korxonalarida, transportni boshqarish tizimida, meditsinada va halq
xo‘jaligidagi barcha sohalarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari sun’iy
intellektlar yordamida yaratilmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda aqlliy
ko‘chalar, xaydovchisiz o‘zi yurar transport vositalari, ishlab chiqarishda robotlar
yordamida tayyor mahsulotlar chiqarilayotgani misol bo‘la oladi.
Afsuski, bugungi kunga qadar o‘zbek tilida yozilgan o‘quv qo‘llanmalari
yo‘qligi bizlarning yosh talabalarimizga ancha qiyinchilik keltirmoqda. Shuning
uchun ushbu qo‘llanma o‘sib kelayotgan yosh farzandlarimizga, yoki ishlab
chiqarish korxonalarida ishlayotgan injener texnik xodimlarga katta foyda beradi
deb o‘ylaymiz.
Muallif
Dostları ilə paylaş: