54
di - qoida qo‘llash natijasi.
Maxsuliy (produktsiya) qoidalar asosidagi bilim modellari, freym modellari
birgalikda, keng tarqalgan modellar deb hisoblanadi. Ular bilimlarni “AGAR - U
XOLDA” shaklda tasvirlaydi. Qoidani “AGAR” qismi qoidani qullanish qator
shartlarni, “U XOLDA” qismi esa - shartlar bajirilgan xolda amalga oshiriladigan
tegishli xarakat, xulosani shaklllaydi.
Masalan:
AGAR teletasvir kontrasti(yorug‘ligi) past bo‘lsa VA vaqti bilan pasaysa
VA u negativ(teskari) tasvirga ayna boshlasa,
U XOLDA kineskop ishdan chiqdi, uni almashtirish kerak.
Misol:
AGAR patsiyent gripp bilan kasallangan bo‘lsa VA kasallik darajasi = boshlang‘ich,
U XOLDA 0,95 extimoli bilan uning xarorati baland VA 0,85 extimoli bilan bosh
og‘rig‘i
Maxsuliy tizimlar 3 asosiy komponentdan tashkil topgan:
1. qoidalar to‘plami ( bilimlar bazasi),
2. ishchi xotira (xulosa natijalari va aniq masalalarni yechishga taxminlar saqlanadi),
3. mantiqiy xulosa mexanizmi (qoidani ishchi xotiraning ma’nosiga mos tarzda
qo‘llaydi).
Ishchi xotirada simvollar to‘plami ko‘rinishida namunalar saqlangan bo‘lsin.
Masalan, “bajarishga xarakat (namereniye) - dam (otdix)”, “dam olish joyi - tog‘lar”
va xokazo.
Qoidalar bazasida yig‘ilgan qoidalar ishchi xotiraning mazmunini tashkil
etadi. Ularning shartli qismlarida yoki bittalik namunalar yoki VA bilan
birlashtirilgan bir qancha namunalar joylashgan, yakuniy qismida esa ishchi xotirada
qo‘shimcha kiritilgan namunalar joylashgan.
Dostları ilə paylaş: