Instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratishish



Yüklə 434,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix03.02.2023
ölçüsü434,88 Kb.
#82641
  1   2   3   4
Instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratishish



2-AMALIY. ADOBE PHOTOSHOP DASTURIDA 
INSTRUMENTLAR YORDAMIDA MAXSUS EFFEKTLAR 
YARATISHISH.
 
Kompyuter grafikasida har bir dyumdagi pikselllar soni (ppi) asosiy shart bo`ladi. Pikselllar soni qancha ko`p bo`lsa, 
shuncha tasvir sifatliroq bo`ladi. Masalan, agar ppi=72 bo`lsa, u holda 1 kvadrat dyumga 5184 piksell joylashadi va uning 
hajmi 6 Kb ga teng bo`ladi. Agar ppi=144 bo`lsa u holda 1 kvadrat dyuymga 20736 piksell joylashadi va uning hajmi 21 Kb ga 
teng bo`ladi. Shu bilan birga monitorning ko`rsatish va printerning chiqarish sifati har bir dyumga to`gri keladigan (dpi, 72 
yoki 96 dpi) bilan va chiziqlar soni esa lazer printerlari uchun (Lpi) 300-2400 gacha to`ђri keladi.
Adobe Photoshop redaktori professional grafik redaktorlarga kiradi. Dastlab bu redaktor rastrli grafika bilan ishlashga 
mo`ljallangan edi, ammo oxirgi versiyalarida rastrli va vektorli grafika bilan ishlash integratsiyasi ishlatila boshlandi. Ad obe 
Photoshop ning instrumentlari CorelDraw yoki Adobe Illustrator larning yordamisiz juda keng miqyosdagi grafik ishlarni 
bajarishni ta’minlaydi. 
2. Vektorli formatlarda ishlashi
Adobe Photoshop vektorli forma va matnlarni yaratish va chop qilishning vositalariga ega. Bu vositalardan foydalanib vektorli 
rasmlarni va shriftlarni rastrli rasmlar bilan birlashtirish, ularga ulash va juda chiroyli dizayn tasvirlar hosil qilish imk oniyati 
yaratiladi. Uning yangi instrumentlari masalan, «to`g`ri to`rtburchak», «burchaklari yoy bilan almashtirilgan to`g`ri 
to`rtburchak», «ellips», «ko`pburchak» va «chiziq») juda ko`p vektorli formalarni yaratish imkoniyatini beradi.
Bu instrumentlar nafaqat maxsus ob’ektlar, balki butun qatlamlarni yaratish uchun ham ishlatiladi. Shuningdek, 
Adobe Illustrator kabi, Photoshop (7.0 va 8.0 versiyalari) vektorli ob’ektlar bilan manipulyatsiya qilishni ta’minlaydi: qo`shish 
(Add), ayirish (Subtract), cheklash (Restrict) va invertirlash (Invert). Bu amallar tezlikda vektorli ob’ektlarni murakkab 
ob’ektlarga birlashtirish imkoniyatini yaratadi.
Matnlar bilan ishlash
Photoshop 7.0 va 8.0 versiyalari sifatli matnli elementlar yaratish va ularni sifatli formatlash ishlarini amalga oshirish uchun 
yangi juda ko`p instrumentlar terilmasiga egadirlar. Masalan, deformatsiya qilishning yangi opsiyalaridan foydalanib 
shriftlarni burash va cho`zish mumkin. Shu holda ham shriftlar tahrirlanuvchi holatlarda qolaverishadi. Vektorli matnlarni 
bevosita chop qilish yoki ulardan PDF-fayllar yaratish mumkin.
PDF formatiga chiqarish opsiyalari 
Kompaniya Adobe kompaniyasi o`z mahsulotlari integratsiyasini davom ettirib, Photoshop da yanada Adobe Portable 
Document Format (PDF) formati ishlatilishi yaxshilandi. 
Qatlamlar stili 


 Photoshop 8.0 da qatlamlarda maxsus effektlar yaratish uchun intiutiv interfeys yaratilgan. Maxsus qatlamlar uchun 
effektlar tanlash bo`limii kiritilgan.
Tasvirlarni deformatsiya qilish
Photoshop dagi Liquify buyrug`i bilan tasvirni deformatsiya qilish mumkin. Masalan, interaktiv cho`zish, burash, qisish, 
sohaning ba’zi qismlarini kichraytirish va kengaytirish hisobiga tasvirlarni deformatsiyalash mumkin.
Photoshop8.0 ning Adobe Image Ready dasturi bilan integrallashuvi 
Adobe Photoshop 8.0 da Adobe Image Ready dasturi bilan integrallashuvi natijasida Web uchun o`z instumentlari 
kengaytirilgan. Grafika yaratish uchun vektorli vositalar bilan integrallashuv va yangi «Qatlam uchun stil» tushunchasi 
kiritilishi bilan Web uchun juda real tasvirlar yaratish imkoniyati yaratilgan. ImageReady dasturi Web uchun animatsiyalar 
yaratish va har xil grafik effektlar yaratish uchun xizmat qiladi.

Yüklə 434,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin