INSONNING FIZIOLOGIK VA PSIXOLOGIK TAVSIFLARINING XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI.
Reja:
1. Ochiq axborot kommunikativ tizimlarida shaxsning kо‘nikmalarini
shakllantirish
2. Shaxsning ma’naviy – axloqiy takomili va о‘zini о‘zi himoya qilish
3. Shaxs, jamiyat, davlat axborot psixologik xavfsizligi himoya usullari
Xulosa
Mavzuning dolzarbligi: Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodning qalbi va onginig turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlanish va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Insoniyatning kо‘pming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zо‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki millatni о‘ziga tobe qilib, bо‘ysundirmoqchi, uning boyliklarni egallamoqchi bо‘lsa, avvalombor, eng buyuk boyligi bо‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Chunki, har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, о‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid о‘z-о‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta ma’naviy yo’qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin.
Shaxsning ma’naviy – axloqiy takomili va о‘zini – о‘zi himoya qilish
“Axborot jamiyati" — alohida izoh talab etadigan so’z birikmasi. U hozir nafaqat olimlar davrasida, balki matbuot sahifalarida ham bot-bot tilga olinmoqda — jamiyatning kelajagi shu tushuncha bilan bog‘lanayotir. Lekin jamiyat rivojida axborot texnologiyalari roli yanayam ortib borishi haqidagi ba’zi va’zlar inobatga olinmasa, bu borada hali ilgari siljish ko’zga tashlanayotgani yo’q. Qolaversa, "axborot jamiyati" atamasini har kim o’zicha tushunib, istifoda qilmoqda.
Vaholanki, axborot jamiyati shundoqqina bo’sag‘ada turibdi va uning qanday kutib olinib, qanday talqin etilishi XXI asr tamadduni mazmuniga ko’p jihatdan ta’sir ko’rsatadi. Biz hali ko’p bor bu hodisa mag‘zini chaqishga urinishimizga to’g‘ri keladi. Lekin hozirdanoq shuni aniq aytish mumkinki, axborot jamiyati insoniyatning aqlga tayangan say-harakatisiz Yer yuzida o’z-o’zicha qaror topa olmaydi. Ax-borotlashtirishning zaxira imkoniyatlari sayyoraviy hamjamiyat baxt-saodati yo’lida xizmat qilmog‘i uchun bu hamjamiyat tuzilmasidagi ba’zi bo’g‘inlar, ayniqsa, ongimizdagi qoliplar isloh etilishi lozim.
Bunday jamiyatni barpo etishga doir umumiy rejani ishlab chiqishga chog‘lanishdan avval "axborot jamiyati" tushunchasining o’zini anglab va bu boradagi tasavvurlarni bugungi ijtimoiy rivojlanish tamoyillari bilan bog‘lab olish zarur. Modomiki, ushbu tushunchaga turlicha, ba’zan hatto qarama-qarshi ma’no yuklanayotgan ekan, ishni shu haqda bahsu munozara ochib, nuqtai nazarlarni qiyoslab olishdan boshlash eng maqbul yo’ldir. Faqat shu yo’l bilan muammoni jamoatchilik ongi va qalbiga yetkaza olish mumkin. Ushbu maqola ham jamiyatning ijtimoiy va texnologik tadrijidagi hozirgi bosqichga doir ko’plab nuqtai nazarlardan biri bilan tanishtiradi.
Ayni vaqtda bizni qiziqtirayotgan masala bo`yicha ikkita qarama-qarshi fikr mavjud. Dastlabkisiga ko’ra, insoniyat o’z taraqqiyotida "axborot jamiyati" deb atash mumkin bo’lgan bosqichga qadam qo`ydi va u halizamon postindustrial jamiyat o’rnini ishg‘ol etadi yoki hozirdanoq bu o’rinni egallay boshladi. Kompyuter texnikasi, fazoviy aloqa, axborot texnologiyalari va hokazolarning bemisl rivoj topgani shundan dalolat beradi. Bundan tamoman farq qiluvchi keyingi qarashga ko’ra esa, axborot jamiyati faqat uzoq kelajakka daxldor hodisa. Shuning uchun uning xususiyatlari haqida bahs yuritishga ham hali erta. Bu nuqtai nazar bo`yicha, axborot sohasida biz guvoh bo’lib turgan jarayonlar aslida post-industrial jamiyatning anchayin takomilidan o’zga narsa emas.
Menimcha, axborot jamiyati haqida bahs ochishning mavridi allaqachon kelgan. Chunki, boya aytganimizdek, insonlar bu jamiyatni qanday tasavvur etishi ijtimoiy munosabatlar shakllanishiga va alal-oqibat sivilizatsiya taqdiriga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Qolaversa, bu faqat mutaxassislargina muhokama etadigan masala bo’lmay, butun insoniyat bosh qotirishi zarur sanalgan muammodir. Axborot jamiyatiga hozirgi voqelik deb qarab, fikr yuritish uchun esa hali ancha-muncha kuch-g’ayrat sarflashga to’g’ri keladi.
Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish jadal o’smoqda, ekologik vaziyat o’zgarib bormoqda, iqtisodiy integratsiya quloch yoymoqda. Texnika yutuqlari sayyoraviy hamjamiyatning jug’rofiy-siyosiy va ijtimoiy tabiati yangilanish sari yuz tutishiga sabab bo’lmoqda. Shunday vaziyatda ertangi taraqqiyotning muqobil yo’llarini bashorat qila bilish hamda bizni o’z bag’riga tortayotgan jarayonga ta’sir ko’rsata olish salohiyatimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, inson hayotining barcha sohalarini axborotlashtirish barobarida bu hodisaning ijtimoiy taraqqiyot bilan aloqasini muhokamaga tortish bugunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Axborot jamiyatiga qadam qo’yishni faqat elektron va kompyuter muhandisligiga bog’lab qo’yish to’gri emas. Menimcha, uning tarix sahnasiga chiqishini jamoaviy umumsayyoraviy aql qaror topishi va tamaddun yangi sifat bosqichiga ko’tarilishi bilan bog’liq holda tushungan ma’qul. Axborot jamiyatini barpo etish shu qadar mushkul vazifaki, uni ado etish jarayonida har qanday tasodifga shay turish lozim. Bu yo’lda katta-kichik xavf-xatarga duch kelishimiz aniq va, ayni chog`da, ularni yengish uchun bizda yetarlicha aql va iroda ham mavjud.
Men axborot jamiyati haqidagi o’z qarashlarimni ifodalab berish uchun dastavval fan-texnika taraqqiyotining so’ngi holatini, uning dunyodagi iqtisodiy-siyosiy va jug’rofiy-siyosiy vaziyatga ta’sirini hamda jamoaviy umumsayyoraviy aql istilohining ma’no-mohiyatini qanday tushunishim xususida so’zlab berishim kerak bo’ladi.
Bugun jamiyatni axborotlashtirish va kompyuter texnikasidan foydalanishda yutuqlar garovi bo’lgan dasturiy vositalar majmui — sun’iy intellekt haqida ko’p gapirilmoqda. Ishlab chiqarish sohasida axborotlashtirish bilan bog‘liq butun boshli tarmoq vujudga keldi. U ilmiy izlanishlarning yangi yo’nalishlari va, hatto, yangi madaniyat paydo bo’lishiga zamin hozirladiki, oqibatda ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ma’naviy hayot ham tubdan o’zgarmoqda. Bu jarayon borgan sari jadallashib boryapti, ayni choqda u barcha tadrijiy jarayonlar kabi stixiyali ro’y bermoqda.
Hozirda ishlab chiqarish sohasini axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmay qoldi. Bu holni XVIII asrda kishilik jamiyatiga suron solib kirib kelgan va tarix yo’nalishini tubdan o’zgartirib yuborgan bug’ mashinasiga qiyoslash mumkin. Mazkur ixtiro tufayli yuz yilning nari-berisida butun hayotiy andozalar o’zgarib ketgan edi. Hozir ham shunga o’xshash jarayon sodir bo’lmoqda va uning XVIII asrdan yagona farqi — hayotimizda yuz berayotgan o’zgarishlar yanada tezkorligidir. Keling, o’zimiz shohidi bo’layotgan jarayonlarning ayrim jihatlariga nazar tashlaylik.
Bugun ishlab chiqarishda har xil aniq texnologiyalar yuksak mavqe egallamoqda va ular orqali sun’iy intellekt hamda axborot texnologiyalari (shu jumladan, kompyuterning zaxira imkoniyatlari) mahsulot yaratishga jalb etilmoqda. Bunday texnologiyalar samarasi hozirdanoq ko’zga yaqqol tashlanib qoldi. Misol tariqasida detallarni biriktirish aniqligi olinsa, bu zamonaviy kompyuter va elektron o’lchov asboblarisiz erishish dushvor bo’lgan yuqori aniqlikdir. Yoki materiallar chastotasi olinsa, bu ham shunday vositalarsiz tasavvurga sig‘maydigan o’ta yuqori chastotadir. Mabodo endi inson aybi bilan biror falokat ro`y bersa ham, bu bemisl bir falokat bo’ladiki, uni jilovlab olish va bartaraf etish ertangi kunning og’ir va dolzarb muammosiga aylanadi. Qolaversa, bunday falokatlarni ham axborot texnologiyalaridan foydalanmay turib hal etib bo’lmaydi.
Ilg’or mamlakatlarda qaror topgan hozirgi tuzum "postindustrial jamiyat" deb atalayotgani bejiz emas. Ushbu davlatlarda energiya resurslari ishlab chiqarishning o’sishi va ishlab chiqarish hajmining orti-shidan mag‘rurlanish kabi industrial jamiyatga xos asosiy belgilar sekin-asta yo’qolib bormoqda. Hattoki energiyadan yuqori tejamkorlik bilan foydalanish, kam energiya talab etuvchi texnologiyalarni joriy etish evaziga bunday resurslarni ishlab chiqarish kamayishi kuzatilmoqda.
Texnika va texnologiya sohasida roy berayotgan yuksalishlar jamiyat taqdiriga jiddiy ta’sir ko’rsatadi, uning ustun yo’nalishlari, hattoki ijtimoiy tabiatini o’zgartirib yuboradi. Malakali mutaxassislar tayyorlash zarurati yuzaga keladi va "ishchi"larning bunday toifasi soni ortib boradi. Tabiiyki, ishlab chiqarish sohasida muvaffaqiyatni ta’minlovchi mutaxassisni tayyorlashga ko’p vaqt va mablag’ sarflashga to’g’ri kelsa hamda butun jamiyat taqdiri alal-oqibat ularga chambarchas bog’liq bo’lib qolsa, bu toifa jamiyat uchun alohida ahamiyat kasb eta boshlaydi. Buning ustiga, u mehnatga yaroqli aholining ko’pchiligini tashkil etsa, butun ijtimoiy jarayonlarni jadallashtirib yuboruvchi ijobiy aks ta’sir ham yuzaga keladi.
Aynan shu omillar jamiyatning taraqqiyot yo’li va tashkiliy tuzilmasini o’zgartirib yuboruvchi bir talay oqibatlarni keltirib chiqarishi hozirdanoq ko’zga tashlanib qolmoqda. Bunday o’zgarishlarni, avvalo, jamiyatning taraqqiyot yo’li borasida ko’rish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda milliy mahsulotning uchdan bir qismini davlat markazlashgan holda taqsimlashining o’ziyoq men boya tilga olgan shart-sharoitlar mahsulidir. Bundan liberal iqtisodiyot barobarida ijtimoiy yo’naltirilgan liberal iqtisodiyot haqidagi tasavvur yuzaga qalqib chiqadi.
Qolaversa, bunday taraqqiyot yo’li siyosiy yoki ijtimoiy doktrina emas, balki ilgarilab borayotgan texnikaviy sivilizatsiya taqozosidir, ya’ni tadbirkor "ishchi sinfi"ni o’qitish, davolatish va keksaligida nafaqa bilan ta’minlashdan manfaatdor, tamom-vassalom. Shu o’rinda bundan yuz yil avval kapitalizm rivojlanib borishi bilan uning bag‘rida yangi ijtimoiy munosabatlar kurtak yozadi, degan fikrni aytgan E.Bernshteynni eslab o’tish joiz. Marksistlar ayni shu qarashi sababli uni "opportunistlar va renegatlar" ro`yxatiga tirkagan edi.
Yuqorida tilga olingan jarayonlar Yer yuzidagi jug’rofiy-siyosiy vaziyatni ham o’zgartirib yuboradi. Endilikda davlatlarning sayyoraviy ehromi cho’qqisini hozirgidek eng ko’p qurol-yarog‘ ishlab chiqarayotgan ham, yer bag’ridan eng ko’p boylik qazib olayotgan ham, hattoki, eng ko’p hisoblash va boshqa elektron asboblari ishlab chiqarayotgan mamlakatlar ham ishg’ol etolmaydi. Bugun fan-texnika sohasida yuzaga kelgan ahvol quyidagicha: har qanday nou-hau bir necha yil ichida butun yer yuzi aholisi mulkiga aylanadi.
Bundan buyon oldingi marrani yangi ilmiy va texnikaviy g’oyalarni qo’llab-quvvatlash va hayotga tatbiq etishga layoqatli, batamom yangi va mukammal sanoat mahsuloti yarata oladigan hamda bu mahsulotni bozor, avvalo, ichki bozor bilan ta’minlay biladigan davlatlar egallay boshlaydi. Buning uchun esa ushbu davlatlar yuqori malakali hamda intizomli minglab olim, muhandis va, ayniqsa, "ishchi sinfi"ga ega bo’lishi lozim. Men "ishchi sinfi" atamasini iloji boricha kam ishlatishga harakat qilyapman. Chunki bevosita mahsulot yaratuvchi bu "ishchi"larning aksariyati, bugungi kun mezoni boyicha, oliy texnik ma’lumotga, qolaversa, yirik ichki bozorni yaratish uchun mo’may mablag’ga ega bo’ladi. Zero, mahsulot ishlab chiqaruvchi qatlamning o’ziga to’qligi postindustrial jamiyatning sarmoya aylanishini keskin tezlashtiruvchi "zarurat"lardan biridir.
Ta’lim bilan bab-baravar texnologik intizom ham anglana boradi, zotan, "chap-dast" ishlab chiqarish alal-oqibat shu texnologik intizomga qat’iy rioya etishga tayanadi. Texnologik intizom esa texnik niyatni royobga chiqaruvchi usta haqidagi tasavvur bilan chambarchas bog’liqdir. Ustalarni (ommaviy mahoratni) tarbiyalash postindustrial jamiyatda muhim milliy vazifaga aylanadi.
Tayvan hozir postindustrial stivilizastiyaning oldingi marrasini egallab turgan mamlakatlar safiga qo’shilib olgani tasodif emas. Bu davlatda bir necha o’n yillar davomida maktab bitiruvchilarining 30 foizdan ziyodrog‘i universitetlar qoshidagi kollejlar talabasiga aylandi. Demakki, gap mazkur xalqqa (shuningdek, Tinch okeani mintaqasining boshqa xalqlariga ham) xos bo’lgan har bir vazifani vijdonan bajarish an’anasidagina emas. Albatta, an’analarning ahamiyatini yerga urish yaramaydi, ammo boshqa bir masala ham borki, bir necha o’n-yigirma yil ichida har qanday xalq xotirasidan ko’p asrlik an’analarni o’chirib tashlash ham, unga qo’l uchida ish bajarishni "o’rgatish" ham mumkin. Qolaversa, oqilona siyosat yuritishga qodir bo’lgan hukumatsiz, hozirgi taraqqiyotning texnikaviy va jug’rofiy-siyosiy tamoyillarini ilg’ay biladigan vazirlarsiz ham biror narsaga erishish malol. Gomindan hukumatining millat oldidagi buyuk xizmati dunyo taraqqiyoti yo’nalishini to’g’ri aniqlay olgani, 1940-50 yillardagi og’ir iqtisodiy va siyosiy sharoitda ham ta’limga bosh milliy vazifa deb qaragani bo’ldi.
Zikr etilgan fikrlar MDH davlatlariga ham taalluqli, albatta. Axborotlashtirish va mehnat madaniyatiga tayangan aniq texnologiyalarni keng joriy etish bizni uchinchi dunyo xarobalariga tushib qolishdan asrovchi yagona imkoniyatdir. Takror aytaman, bizning birdan-bir imkoniyatimiz xalqning aql-zakovati va ilm-ma’rifatiga tayanish, shuningdek, hukumat e’tiborini ham shunga qaratishdir. Iqtisodiy bo`hronlar sharoitida ham ta’lim va tarbiyadan, qo’li gul ustalarni etishtirishdan muhimroq masala yo’q. Postindustrial jamiyat oldimizga qo`yayotgan bugungi talab ana shu, Binobarin, amaliy faoliyatga kirishmay turib, axborot jamiyati haqida safsata sotish befoyda.
Hisoblash texnikasining keng miqyosda qo’llanilishi va yuksak texnologiyalarning taraqqiy topishi, ijtimoiy tuzilmaning isloh etilishi va jug‘rofiy-siyosiy vaziyatning o’zgarib borishi — insoniyatning bugungi hayoti va tamadduni qurilmasida yaqin kelgusida roy berajak tub sifat o’zgarishlarining hozirdanoq ko’zga tashlanayotgan alomatlaridir. Lekin bunday xususiyatlarga ega jamiyatni ham hali axborot jamiyati deb bo’lmaydi. Hozircha uni vujudga keltiruvchi texnik, texnologik va ijtimoiy asoslarni yaratish jarayoni davom etmoqda, xolos. Bugungi voqelikni "postindustrial jamiyat" atamasi aniq ifodalaydi.
Bizningcha, axborot jamiyati deb atashga loyiq ijtimoiy tuzilmaning yuzaga kelishida Jamoaviy Intellekt (yoki jamoaviy aql) etakchi rol o`ynaydi. Inson intellekti uning tanasi hayot faoliyatida qanday rol oynasa, jamoaviy aql ham umumsayyoraviy organizm hayot faoliyatida xuddi shunday rol oynay boshlaydigan vaqt kelishiga hali bir muncha bor. Teyyar de Sharden, ayniqsa, Vladimir Vernadskiy ta’limotlarida, umumsayyoraviy aqlning hukmronlik roli haqida ba’zi fikrlar mavjud. Olimning ta’kidlashicha, XX asr boshidanoq insoniyat yer kurrasining asosiy yaratuvchi kuchiga aylandi va ayni sababga ko’ra, u biosferaning ham, odamzodning ham keyingi taraqqiyoti uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga majbur. Demak, jamoaviy intellekt g’oyasi tasodifiy bir xomxayol emas, aksincha insoniyat omon qolishining zaruriy shartidir.
Bundan kelib chiqadiki, inson yer yuzida umrguzaronlik qilishining yangi tartiboti o’rnatilishi lozim. Lekin bunday hodisa yaqin yillarda o’z-o’zidan roy berib qolmaydi. Ayni maqsad yo’lida butun insoniyat aql va irodasi birlashmog’i zarur. Demak, jamoaviy aql va jamoaviy iroda o’zini namoyon etgandagina yangilanish sodir bo’ladi.
Bunday qayta qurish jamiyatning aniq maqsadni ko’zlagan aralashuvisiz yuz bermaydi va hatto umuman sodir bo’lmasligi ham mumkin. U holda insoniyat kelajak borasida har qanday imkoniyatdan bebahra qoladi. Shu bois men axborot jamiyatiga homo sapiens bundan buyon ham biologik tur sifatida rivoj topishining eng maqbul istiqboli deb qarayman. Bu — kishilik jamiyati noosfera asri tomon taraqqiy etishi yo’lidagi zaruriy bosqichdir. Noosfera asrida esa inson va tabiat uyg’un yashashi uchun barcha shart-sharoit muhayyo bo’ladi.
Biz tusmollab fikr yuritadigan barcha noyob jarayonlar singari kishilik tarixi ham hech qachon silliq kechmaydi, shuningdek, unga izchil ta’sir ko’rsatish ham imkonsiz. Ayni choqda inson butunlay chorasiz, deyish ham mantiqqa zid. Inson rivojlanishning turli yo’llari haqida fikr yuritish va ularga rioya etish layoqatiga ega. Binobarin, hozirgi ijtimoiy jarayonlarga doir imkoniyat darajamizni belgilab olish va ularga ozmi-ko’pmi ta’sir ko’rsatish qo’limizdan keladi. Bu haqda so’z yuritishdan avval "Jamoaviy Intellekt" tushunchasiga izoh berishim zarur.
Sun’iy intellekt bilan jamoaviy intellekt mutlaqo boshqa-boshqa tushunchalar, biroq ikkisining ham insoniyat taqdiriga ko’rsatadigan ta’siri beqiyos. Sun’iy intellekt inson ixtiro etgan va barpo qilgan tizimdir. Jamoaviy intellekt esa tabiiy hodisa, shaxs va jamiyatning aniq maqsadni ko’zlagan aralashuvisiz hozirgacha davom etib kelayotgan murakkab tadrijiy jarayon mahsulidir.
Oliy nerv tizimi, ya’ni miyaning rivojlanib va antropoidlar hayot faoliyatining murakkablashib borishi bilan ular o’rtasida axborot ayirboshlash alohida rol oynay boshladi. Antropogenez jarayonida bilimni boyitish, mahoratni oshirish muttasil davom etdi, jamoaviy xotira vujudga keldi. Sekin-astalik bilan atrof-tevarakni jamoa bo’lib o’rganishga kirishildi. Boshqacha qilib aytganda, jamoaviy aql nomi bilan yuritiluvchi tizim paydo bo’ldi. Uning olam hodisotlarini idrok etish va jamoa xo’jaligini yo’lga qoyish borasidagi imkoniyati yakka kishi va hatto barcha odamlar aqlining yig‘indisi imkoniyatidan bir necha karra ortib ketdi. Darhaqiqat, alohida individlar o’zaro munosabatga kirishib, uzluksiz axborot almashishi tufayli Jamoaviy Intellekt va Jamoaviy Xotira paydo bo’ldi. Qolaversa, bilim olish, uni saqlash va uzatish imkoniyati bois "aqlli" maxluqlar to’dasi kishilik jamiyati bo’lib shakllandi. Uzoq ajdodimiz mehnatni hayot sharti sifatida ozmi-ko’pmi anglay olgani uchungina emas, balki jamoaviy aqlni takomillashtira borgani uchun ham insonga aylandi.
Odam miyasi rivojlanib borishi bilan oila, qabila va xalqning jamoaviy aqli ham taraqqiy eta borgan. Negaki, axborot almashish ham, chamasi, asab tolalari bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Oliy nerv faoliyati murakkablashuvi, asosan, axborot uzatish vositalari, birinchi galda esa axborotni ifoda etuvchi til, aniqrog’i, tillar takomillashuvidir. Bundan 30-40 ming yillar avval (balki undan ham ilgariroq) mushtarak ajdodimiz — kramanon paydo bo’lgach, odamning biologik rivoji amalda to’xtagan. Biroq jamoaviy aql rivoj topishda davom etibgina qolmay, hatto bu jarayon yanada tezlashmoqda — fan-texnika taraqqiyoti buning yaqqol dalilidir.
Haligacha kishilik jamiyatining axborot tarixi bitilmagan, ammo bugun shusiz ham insoniyat bilimining boyish va texnika taraqqiyotining o’sish sur’ati ijodiy jarayonga jalb etilgan kishilar soni ortishi bilan birga ular o’rtasida axborot almashinuvi tezlashishiga (bunga imkon beruvchi texnologiyalar yaratilishiga) ham bog’liq ekani ayonlashmoqda. Biror kishi yoki biror guruhning (butun boshli xalqlarning ham) o’z qobig’iga o’ralib, axborot almashish tizimidan uzilib qolishi ularning tanazzulga yuz tutishi, bilim, malaka va xotirasini boy berishiga sabab bo’ladi.
Xullas, jamoaviy intellekt odamlarni axborot rishtalarini bog’lovchi shunday bir tizimki, uning sharofati bilan har bir kishiga insoniyat yiqqan barcha bilimlardan bahramand bo’lish uchun ham, shu bilan birga, uning borliq haqidagi mavjud tasavvurlarni yanada boyitishga hissa qo’shishi uchun ham keng yo’l ochiladi. Bunday tizim olamda yuz berayotgan voqealarga nisbatan umumiy nuqtai nazarni shakllantiradi. bu esa, o’z navbatida, odamlar kuch-g’ayrati va say-harakatini bir maqsad sari yo’naltiradi, umuminsoniy mentalitet paydo bo’lishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Jamoaviy Intellekt jamoaviy qarorlarni shakllantirishga imkon beruvchi tizimdir.
Jamoaviy aql va jamoaviy xotira jamiyatning barcha a’zolari undan foydalanish jarayonida yanayam ortib, yanayam ko’payib boradigan birdan bir jamoaviy mulk shaklidir. Darvoqe, ingliz dramaturgi Bernard Shou bu xususida juda topib aytgan: "Sen men bilan olmani baham ko’rsang, ikkalamizda bitta olma bo’ladi. Lekin men bilan g’oyani baham ko’rsang, ikkalamizda bittadan g‘oya bo’ladi". Bunday "mulkdor"lar toifasi shu xildagi jamoaviy boylikni qancha ko’p tasarruf etsa, insoniyat bundan shuncha ko’p naf ko’radi.
Faqat ushbu jamoaviy mulk — hikmat va bilimni qadimgi Misrdagidek bir hovuch "kohin"lar "xususiylashtirib olishi"dan xudo asrasin.
Inson ongi va chunonchi, tafakkuri qanday paydo bo’lgani uning o’ziga-da ko’pam ayon bo’lmagan jumboq hisoblanadi. Darhaqiqat, odam miyasi ham barcha hayvonlarniki kabi neyronlardan iborat, biroq faqat u tafakkur yuritishga layoqatli, faqat ugina ong deb ataluvchi fenomenga ega. Antropogenezning qaysidir bir bosqichida ajdodimiz atrof muhitdan ajralib chiqdi. "men"ning "men emas"dan, "biz"ning butun borliqdan farqlanishi sodir bo’ldi. Xo’sh, bu hodisa qanday roy berdi?
Miya deb ataluvchi neyron tizimi murakkablasha borishining yuqori bir bosqichida u sifat o’zgarishiga yuz tutdi, degan faraz menga joyali tuyuladi. Ilmiy til bilan aytganda. bifurkatsiya (ikkiga bo’linish,tarmoqlanish) hodisasi roy berdi. Moddalarda ham bir bosqichdan boshqasiga o’tayotganda ana shunga o’xshash holat sodir bo’ladi. Faqat inson miyasiga tatbiqan harorat yoki bosim singari tashqi omillar emas, balki neyronlarning ko’payishi va aloqalarning murakkablashishi kabi ichki omillar bosh mezon bo’lib xizmat qiladi.
Darhaqiqat, jamoaviy aql deganimiz nima o’zi? U nafaqat axborotni yig‘ish va uzatish, balki tahlil etish va xulosa yasashga ham layoqatli bo’lgan ayricha tizimdir. Bir qarashda uni miyaga o’xshatish mumkin, faqat bunda neyronlar o’rnini insonlar egallaydi. Zotan, jamoaviy aql har biri yakka-yakka mavjud bo’lgan intellektlarning uyushmasidir. Biroq odam aqli miyadagi neyronlarning oddiy hosilasi bo’lmagani kabi, jamoaviy aql ham barcha odamlar aqlining oddiy hosilasi emas. Fikr qiluvchi kishilar o’rtasidagi aloqa murakkablashadi va bunday kishilar soni orta borishi bilan jamoaviy aql xususiyatlari ham o’zgaradi, imkoniyatlari kengayadi.
Bu tizimning zahira imkoniyatlarini yuzaga chiqarish muttasil tezlashib boradi va hozir biz jamoaviy aql takomilida shunday bir marraga juda yaqin turibmizki, bu marrani hatlab o’tib, u sifat jihatidan yangi xususiyatlar kasb etishi mumkin.
Rosti, kishilik jamiyati bugun ulkan falokat arafasida turibdi. Bu falokatga dosh berish uchun bashariy hamjamiyat qaytadan tashkil topishi, uning yangi texnologik asosi barpo etilishi, qolaversa, yangi qadriyatlar tizimi vujudga keltirilishi lozim. “Global ekologik inqiroz" deb nom olgan bu xavf-xatar svilizastiya kuch-qudrati jadal ortgani, aholi mislsiz sur’atda o’sgani, oqibatda esa nufus behad ko’payib ketgani va an’anaviy resurslar sarflab bo’lingani sabab yuzaga keldi va insoniyat bugungidan tamoman farq qiluvchi boshqa taraqqiyot dasturiga muhtoj bo’lib qoldi. Agar ta’bir joiz ko’rilsa, Yer yuzida odam biologik tur sifatida omon qolishi va rivoj topishiga imkon beruvchi boshqacha yondashuvlar, boshqacha tamoyillar kerak bo’lyapti. Bugun postindustrial deb atalgan an’anaviy tamaddun zaxira imkoniyatlarini qariyb sarflab bo’lgani ayonlashmoqda. Bu tamaddun insoniyatga cheksiz kuch-qudrat tuhfa etdi, biroq, afsuski, undan foydalanish yo’lini o’rgata olmadi. Iste’mol bilan uni qondirish imkoniyatlari orasidagi nomutanosiblik hozirgi davrning asosiy ziddiyatidir.
Bugun insoniyat yangi taraqqiyot istiqbolini tanlash zarurati bilan yuzma-yuz kelmoqda. Odam naslining tubsiz jarlik sari telbalarcha chopishini ayrim hududlardagi say-harakati bilan to’xtatib qolish dargumon. Najot yo’li, najot chorasi butun sayyora uchun yagona, umumiy bo’lmog’i lozim. Bunday vaziyatda faqat jamoaviy umumsayyoraviy aqlgina ko’plab nuqtai nazarlarni bir butun, yaxlit faoliyat dasturiga aylantiruvchi asos rolini oynashi mumkin.
Jamoaviy aql ayni chog’da inson ongini tubdan qayta qurish va odamzod neolit asrida dehqonchilik, chorvachilik hamda xususiy mulkni kashf etgandek hozirgi davrda ham sayyoraviy tamaddunning yangi texnologik asosini izlab topishni o’z zimmasiga oluvchi jamoaviy "Murabbiy" ham bo’ladi. U shuningdek, xavf solib yaqinlashayotgan inqirozlardan ogoh etuvchi va muqobil rivojlanish yo’llarini ishlab chiquvchi jamoaviy "Boshqaruvchi" bo’lib ham xizmat qiladi. Jamoaviy aql ana shu vazifalarni ado eta boshlashi bilan insoniyat axborot jamiyatiga qadam qoygan hisoblanadi. Xullas, axborot jamiyati — insoniyat omon qolish uchun yangi choralar topishiga imkon beruvchi o’zini o’zi rivojlantirish qobiliyatiga ega umumsayyoraviy tizimdir.
Biroq axborot jamiyati bugungi sayyoraviy tartibotga muqobil tuzum bo’lmog‘i uchun kompyuter texnikasi va aloqa vositalari yutuqlarigagina tayanib qolmay, ijtimoiy qurilmasida ham tub sifat o’zgarishlari yasashi lozim.
Mz’lumki, hozir tamaddunlar, asosan, texnogen va an’anaviy degan ikki turga bo’lib tasniflanadi. Texnogen stivilizatsiya resurslardan yuksak samara bilan foydalanishga, yangidan-yangi texnik echim va tashkiliy innovatsiyalarni qidirib topishga intilishi bilan ajralib turadi. An’anaviy sivilizatsiya mohiyati esa mazkur tamaddun o’zini o’zi takror va takror qayta yaratishida namoyon bo’ladi. Shuningdek, texnogen jamiyatga shaxs mustaqilligi va individualizm xos bo’lsa, an’anaviy jamiyatda jamoa va oila manfaati ustunlik qiladi. Texnogen stivilizatsiyaga Yevroamerika tamaddunini, an’anaviy stivilizatsiyaga butun Sharq tamaddunini misol qilib keltirish mumkin. Bunday tasnif shartli, albatta. Zero, har bir stivilizastiya ichida o’ziga xosliklar bir talay. Biroq bunday dixotomiya haqiqatga zid emas, butun tarix shunday deyishga asos beradi.
Lekin hozirda bunday tasnif kifoya qilmasligi va turli xalqlar madaniyatidagi o’ziga xosliklarni yanada teran taxlil etish zarurligi ayon bo’lib qolmoqsta. Yaponiya, Tayvan yoki Koreyadagi kabi an’anaviy jamiyatlar bugun texnikaviy taraqqiyot "cho’qqi"siga ko’tarildi, hech bir mubolag‘asiz postindustrial jamiyat etakchisiga aylandi va dunyo ahli ham ularga texnogen stivilizatsiya namunasi deb qaramoqda. Ayni chog`da bu davlatlar shaxs bilan jamiyat shaxs bilan shaxs munosabatlari, ustun qadriyatlar hamda taraqqiyot yo’li sohasida milliy o’zlikni va turmush tarzini saqlab qolishiga ko’ra an’anaviy jamiyatlar sirasiga kiradi.
Demak, postindustrial jamiyat faqat evropacha andozadan iborat emas: uning yuqoridagi kabi xususiyatlari barcha rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Endi axborot jamiyati va uning tamadduni sari yana bir qadam tashlash lozim. Bu qadam Sharq va G‘arb tamaddunlari sintezidan iborat bo’ladi. Mazkur stivilizastiyalar bir-biridan farq qilsa-da, bir-birini taqozo etadi va to’ldirib turadi. Bunday sintez barcha millatlar madaniyati bir xillashuviga olib kelmaydi — u tamaddunlar majmuida rang-baranglikni saklab qolgdi. Sharq va Garb madaniyatlari sintezisiz dunyo hamjamiyati omon qolishi uchun zarur bo’lgan umumiy dasturni ishlab chiqishga umid bog‘lash qiyin.
Xullas, bizningcha, axborot jamiyati eng muhim alomatlardan biri mavjud stivilizastiyalar yagona tizimga, takror aytaman, yagona stivilizastiyaga xos emas, yagona tizimga aylanishi hisoblanadi va shu tizim ichida har bir tamaddun butun insoniyatga asqotadigan afzal jihatlarini saqlab qoladi. Zotan, tashqi qobiq ichki ma’noga putur etkazmasligi lozim.
Yana bir dolzarb muammo Yer yuzi boylab demokratik tuzumni qaror toptirish masalasidir. Faqat demokratik idora usuligina Jamoaviy Aql bir hovuch xudbin kishilar qo’liga o’tib ketmay, butun insoniyat manfaatiga xizmat etuvchi shart-sharoitni yaratishga qodir.
"Kompyuter dini"ga oid asosiy fikrim mana shulardan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning hozirgi holati va rivojlanish sur’ati butun hayotimizni va, avvalo, iqtisodiyot sohasini chuqur liberallashtirishni taqozo etmoqda. Bugun biz guvohi bo’lib turgan tamoyillar postindustrial jamiyat taraqqiyotining asosiga aylanib borishi muqarrar. Liberallashtirish tashkiliy tuzilma va mulk shakllarining xilma-xilligi, rang-barangligini anglatadi, biroq ijtimoiy hayotning barcha sohalarini demokratlashtirmay turib, bunday talabni bajarish ilojsiz.
Tashvishli tomoni shundaki, iqtisodiy hayotni demokratlashtirish va liberallashtirish raqobat munosabatlari o’ta keskin tus olishiga sabab bo’ladi. Chunki demokratlashtirish va liberallashtirish odamga ta-shabbuskor bo’lish uchun erkinlik tuhfa etadi. Oqibatda kishilar hayoti har qachongidan tarangroq bo’lib qoladi. Faoliyat erkinligi va, ayniqsa, ekologik tangliklar yuzaga keltirgan cheklov va taqiqlar sababli tengsizlik yuzaga kelishi muqarrar. Kelgusida o’z ishining ustasi, serg‘ayrat va intizomli xodim va ishchilar alohida qadr-qimmat topadi. XX asrdagi dastlabki fan-texnika inqilobidan so’ngo’qish va yozishni bilmaganlar "issiq joy"idan benasib qolgani kabi yangi o’n yillikning o’zidayoq boshlang‘ich kompyuter savodxonligiga ega bo’lmagan kishilar jamiyat hayotidan chetga surilib qoladi. Axborot texnologiyalaridan bexabar yoki ulardan foydalanishga uquvi yo’q xalqlarni ham ana shunday qismat kutib turibdi
Ha, axborot jamiyatini "hamla bilan zabt etish" og‘ir kechadi. U tarixning urush qasirg‘asidan xoli bo’lsada, shafqatsizlikda undan qolishmaydigan keskin raqobat bosqichini boshlab beradi. Bunday "hamla bilan zabt etish" oqibatlarini yumshatish zarur, bunga imkoniyat topish xam shart. Ammo bu imkoniyat butun Er kurrasida fuqarolik jamiyati qaror topsagina vujudga keladi.
Men axborot jamiyatiga o’tish bosqichini tahlika va tavakkal pallasi deb atagan bo’lar edim. Chunki bu bosqichda kelgusi jamiyatning ayrim belgilari ko’zga tashlanib qoladi, biroq odamlar xali uni qabul qilishga tayyor bo’lmaydi. Qolaversa, biz har on falokat girdobiga tushib qolishimiz mumkin. Zotan, har birimizning qalbimiz faqat o’z davlatimizda, shuningdek, to’liq milliy suverenitet sharoitida yashash istagi bilan to’lib toshgan bo’ladi. Vaholanki, insoniyatni umumiy taraqqiyot dasturiga amal qiluvchi davlatlar uyushmasi shaklidagi sayyoraviy hamdo’stlik kutib turibdi...
O’z umrini qariyb yashab bo’lgan tamaddun doirasida ajdodlardan meros tutumlar bilan hozirgi davr talablarini murosaga keltirish oson kechmaydi. Har bir millatning "biz" tuyg‘usi butun insoniyatning xavfsizlikka doir tasavvurlari kabi bugungi vaziyat talablaridan orqada qolmoqda. Qachonlardir kishilarning tutumlarini ham o’zgartirib yuboradigan g‘oyalar almashinuvi ro`y berishi shart. Chunki buningsiz tarix o’zanini boshqa tomonga burib yuborish mumkin emas. Hayotiy meyorlarda yangilanish roy berishiga aminman — jamiyat qursog‘idagi homila borgan sari kattalashib bormoqda. Biz faqat "to’lg‘oq" jarayonini birmuncha yumshatish va falokatlarni chetlab o’tish chorasini topsak kifoY.
Jamoaviy Intellekg rivoji hozirgacha, har qanday evolyustiya jarayoni kabi, mutlaqo stixiyali tarzda kechdi va avvaldan ko’zlangan muayyan maqsadga yo’naltirilmadi. Jamiyat bundan buyon ham borliqning o’zini o’zi rivoj toptirish qonuniyati ostida taraqqiy etadi va, bino-barin, inson bu jarayonni boshqarib borishga qodir emas. Ammo mazkur xulosa Odam zuryodi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarining faqat kuzatuvchisi bo’lib qolaveradi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki insoniyat tarix davomida ba’zi taqiqlarni o’rnatgan, qonunlarni kuchga kiritgan, axloq meyorlarini joriy etgan va ana shu dastaklar evaziga tarixiy jarayon birmuncha o’zgartirilgan. Bu choralar insoniyat taraqqiyotini boshqarishga imkon bermagan bo’lsada, lekin goyo evolyustiya daryosining qirg‘og‘ini shibbalab, unga yo’nalish baxsh eta olgan.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlana borishi bilan stivilizastiya qudrati ham, inson aqlining yo’naltiruvchilik roli ham ortadi. Bu hol, avvalo, ayni kezda jamiyat taqdiri ko’proq hal bo’layotgan faoliyat sohalarida kuzatiladi. Jamoaviy Intellektsiz kelgusi jamiyatning insoniyat ijodiy kuch-g‘ayratini uning omon qolishiga safarbar ettiruvchi hech qanday asosi yuzaga kelishi mumkin emas ekan, bu Intellektning o’zini barpo etish ham stixiyali jarayondan sayyoraviy hamjamiyat tasarrufida hozir mavjud bo’lgan vositalarda yo’naltirib turiluvchi jarayonga aylanmog‘i lozim. Jamoaviy Intellektni barpo etish axborot jamiyati sari tashlangan dastlabki qadam bo’ladi. Jamoaviy Aql ishtkrokisiz umumsayyoraviy fuqarolik jamiyati ham, uning axloq meyorlarini kundalik turmush va kishilar ongiga singdiruvchi ijtimoiy institutlar ham yuzaga kelmaydi.
Jamoaviy Intellektni barpo etish borasidagi say-harakatlar bugun Er yuzida keng quloch yoyayotgan integrastiya jarayonlariga hamohangdir. Integrastiya tamoyillarining namoyon bo’lishida BMTga asos solinishi alohida o’rin tutadi. Biz bu tashkilot faoliyatini tanqid qilishga har on shay turamiz-u, lekin uning vujudga kelishi naqadar olamshumul voqea bo’lganidan negadir hayratga tushmaymiz. Axborot jamiyatini bunyod etish yo’lidagi ko’plab muammolarni hal etish aynan shu tashkilot zimmasiga yuklanishi turgan gap. Menimcha, hozirdanoq BMT doirasida Jamoaviy Intellektning ayni choqstagi imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beruvchi kompyuter ta’minoti, yo’ldoshli va boshqa aloqa tizimlari, notijorat elektron pochtasi haqidagi masalalarni muhokama etishga kirishish mumkin.
Axborot jamiyatiga o’tish masalasiga kelsak, bu uzoq yillarga mo’ljallangan ijtimoiy dastur ishlab chiqilishini taqozo etadi.
Ayni dastur barcha ekologik muammolar echimini qamrab olish, ijtimoiy sohadagi qator gumanitar masalalarni hal etish barobarida postindustrial jamiyatning texnologik asoslarini rivoj toptirishga yo’naltirishi lozim.
Mazkur dastur xalqaro ahamiyatga molik bo’lishi va BMT doirasida hayotga tatbiq etilishi zarur. Menimcha, u avvaliga ma’rifiy ahamiyat kasb etadi va etuk aql egalarining maslahat anjumani shaklida bo’ladi. Hozirgi eng asosiy masala odamlar bugungi davr xususiyatlarini, ijtimoiy taraqqiyot tamoyillarini, roy berishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlarni aniq-ravshan ko’ra bilishi va tabiat bu sohada bizga ato etgan bor imkoniyatni to’g‘ri baholay olishi bo’lsa, ajab emas. Teleko’p-riklar, maxsus nashrlar, yozgi maktablar va boshqa ma’rifiy tadbirlarning roli ana shu omillar bilan belgilanadi.
Axborot jamiyatini vujudga keltirish muammolari ustida olib borilayotgan tadqiqot natijalarini hozirdanoq mujassamlashtirishga kirishish mumkin. Shu mavzuga doir axborot va ma’lumotlar bankini yaratish, elektron pochta vositasida ularni birlashtirish, kompyuter va televidenie anjumanlari o’tkazish — bu ishlarni bugun bemalol amalga oshirsa bo’ladi.
Axborot jamiyatining barpo bo’lishi stivilizastiya asoslari va ijtimoiy munosabatlar sifat jihatidan o’zgarishi tarzida ro`y beradi. Biz har qanday ijtimoiy "muhandislik"ni qat’iyan rad etish bilan birga tamadduniy yangilanish oqibatlarini, roy berishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlarni tasavvur etmaslikka, chamalab ko’rmaslikka ham haqli emasmiz.
Har qanday inqilobiy jarayon kabi axborot jamiyatiga o’tish ham ba’zi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Binobarin, jamiyatning keyingi rivojini rejalashtirish emas, balki shunday oqibatlar oldini olish haqida qayg‘urish muhimdir (yo’naltirib boriledigan taraqqiyot aynan shunisi bilan boshqarib boriladigan taraqqiyotdan farq qiladi). Voqealar silsilasida xavfli burilishlar kuzatilishi xam ehtimoldan xoli emas Shu o’rinda sayyoraviy axborot tizimi monopoliya qilib olinishi va bir hovuch kishilar manfaatiga boysundirilishi mumkin ekanini xayolga keltirishning o’zi kifoya. Shu nuqtai nazardan ham axborot jamiyatini shakllantirish butun insoniyatga daxldor masaladir. Ushbu muammoni esa BMTni takomillashtirish masalasidan ayri tasavvur etib bo’lmaydi.
Shaxs, jamiyat , davlat axborot psixologik xavfsizligi himoya usullari.
Milliy ma’naviyatimizning ildizlari uzoq o’tmishimizga borib taqaladi va u o’z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Yurtimizda stivilizatsiyalar ancha ilgari shakllangan, ya’ni Termizning 2500 yilligi, Qarshining 2700 yilligi va Samarqandning 2750 yilligi xalqaro miqyosda nishonlanganligi fikrimizning dalilidir
Demak, yurtimizda eng qadimiy shaharchilik turmush tarzi, yozuv madaniyati (o’rxun-enisey yozuvlari, Shumer sopol kulchalaridagi yozuvlar, Qadimiy Xorazm yozuvi va boshqalar) shakllangan. Jahondagi eng muhim ilmiy yo’nalishlarning, texnik-texnologik kashfiyotlarning ildizlari ham (irrigastiya, shishasozlik, magnitli qurilmalar, quyosh energiyasini jamlash, lupa va oynalar, bo`yoq tayyorlash va dori texnologiyasi, to’qimachilik dastgohlari va boshqalar) yurtimizda o’tgan mutafakkirlarning ilmiy merosi bilan bog‘langandir. Chunonchi, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek va boshqalarning ilmiy kashfiyotlarini ko’rsatish mumkin.
Eng qadimiy diniy ta’limot tangrichilik, zardo’shtiylik g‘oyalari hamon xalqimiz qalbida yashamokda. Barcha mutafakkirlarimizning ijodida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish muhim o’rin egallab kelgan. Islom dinining ma’naviy-axloqiy jihatlari ham markaziy osiyolik olimlar tomonidan takomiliga etkazilgan. Abu Lays Samarqandiyning axloqiy o’gitlari, Imom al-Motrudiyning iroda erkinligiga asoslangan Kalom ta’limoti, Imom Buxoriyning va at-Termiziyning hadislari, Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya»si, tasavvuf namoyandalari Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqalarning ta’limotlari tom ma’noda islom falsafasining mag‘zini tashkil etadi.
Milliy ma’naviyatimiz ham mazmunan, ham shaklan boydir. Ammo uni kamsitishga, qadr-qimmatini erga urishga intilishlar mavjud. Bunday xatti-harakatlar ichki va tashqi ma’naviy tahdidlar shaklida namoyon bo’lmokda. Ichki tahdidlarni takabburlik (manmanlik), noprofessionallik, ta’lim-tarbiyaga yuzaki yondashish, tarixiy qadriyatlarga e’tiborsizlik va milliy nigilizm tashkil etadi. Tashqi tahdidlar esa yo’naltirilgan mafkuraviy xurujlar tarzida bo’lib, turli shakl va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
Avvalo tashqi tahdidlarg to’xtalib o’taylik. Hozirgi kunda O’zbekistonda millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va ijtimoiy hamjihatlikni barbod qilish asosida mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga intiluvchi kuchlar mavjud. Bu kuchlar bir tomondan millatlararo nizo chiqarishni maqsad qilib olishgan. Buning uchun ular birinchi navbatda o’zbek va qoraqalpoq xalqi orasiga, o’zbek va tojik, o’zbek va qozoq, o’zbek va qirg‘iz o’rtasiga nizo solishga va bu millat vakillarini bir-biriga qarshi gij-gijlashga urinishadi. Bundan tashqari, turli viloyatlarda yashovchi kishilar orasida " nizolar uyg‘otishga, ayrim hududlarimizni (masalan, Farg‘ona vodiysi yoki Qoraqalpog‘istonni) O’zbekistondan ajratib tashlashga, hududimizda ilgari mavjud bo’lgan xonliklarda yashovchi kishilar orasiga nizo solishga, «Turkiy xalqlar birligi», «Islom diniga e’tiqod qiluvchilar birligi» shiorlari ostida mahalliy millatlarni mahalliy bo’lmagan millat vakillariga, musulmonlarni boshqa din vakillariga qarama-qarshi qo`yishga intilishmoqda. (Bu borada «Turkiston islom harakati», «Hizbut tahrir» singari diniy-ekstremistik partiyalar ig‘vogarlikni avj oldirishmokda).
Mafkuraviy muxoliflarimiz mahalliy xalqning diniy e’tiqodini va tilini kamsitish asosida ularni G‘arbga yoki Sharqqa tobe qilishga urinishadi. Shu asosda bu xalqlar va dinlar orasiga nifoqsoluvchi, ularning tarixini ataylab buzib ko’rsatuvchi adabiyotlar nashr etilmokda. Masalan, tojikistonlik Rahim Masov tojik va o’zbek xalqlarining manfaatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo`yuvchi maqola va kitoblar yozgan. Markaziy Osiyo xalqlarini turkiylar va forsiylarga ajratib, ular orasiga nifoq solib, har ikkala tomon ustidan hukmronlik qilishga da’vat etuvchi rejani rossiyalik politolog Aleksandr Dugin o’zining «Geopolitika asoslari» («Osnovi geopolitiki») nomli asarida ro`y-rost ilgari suradi. Bunday xatti-harakatlar O’rta Osiyo respublikalari orasida vujudga kelgan suv mojarasida ham yaqqol sezilmoqda. Bu haqda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 2009 yil 28 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo’lib o’tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvida so’zlagan nutqida «Bu borada «bo’lib tashla va hukmronlik qil!» degan prinsip - eskidan ma’lum bo’lgan savdo amalga oshgudek bo’lsa, biz kimlarningdir qo’lida arzimas tangaga aylanib qolishimiz mumkin», - deb juda to’g‘ri ta’kidladi.
Shuningdek, xalqimizning tarixiy xotirasini buzishga intilish diniy qadriyatlarini oyoqosti qilish, ma’naviy merosini qadrsizlantirishga intilishlar ham ma’naviy taxdidlar jumlasiga kiradi. 2005 yili «Bi-Bi-Si» teleradiokompaniyasi islom tarixiga oid «Islom - e’tiqod saltanati» deb nomlangan hujjatli film yaratdi. Unda islom dini va falsafasi ravnaqiga beqiyos hissa qo’shgan va bizning yurtimizdan chiqqan olimu fuzalolar haqida lom-mim deyilmagan. O’nlik sanoq sistemasini, algebra fanini arab olimlari yaratgan, deyilgan-u, ammo al-Xorazmiy va al-Farg‘oniy nomlari tilga olinmagan. Go`yoki Islom tarixida Markaziy Osiyoning hech qanday o’rni yo’qday. Vaholanki, islom dini va ta’limoti taraqqiyotini Markaziy Osiyoda o’tgan mutafakkirlarning ilmiy merosisiz tasavvur etish mumkin emas (kalom ta’limotida - Imom al-Motrudiy, Abu Lays Samarqanday; tasavvuf ta’limotida - Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband; hadisshunoslikda - Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy; fiqh ilmida - Burhoniddin Marg‘inoniy, Hakim Termiziy va boshqalar alohida mavqega egadir).
Bir qator tahdidlar xalqimizning diniy qadriyatlariga, muqaddas Islom dinining qadr-qimmatini pasaytirishga yo’naltirilgandir. Keyingi paytlarda Markaziy Osiyo respublikalarida prozelitizm kasalligi, ya’ni mahalliy dindorlarning boshqa dinlarga o’tib ketish hodisasi paydo bo’ldi. Bu hodisaning ildizida bir tomondan aholining ayrim dindor qatlamlarida diniy e’tiqodning yuzakiligi, diniy bi-limlarning sayozligi va iqtisodiy etishmovchiliklar sababchi bo’lsa, ikkinchi muhim omil bo’lib Respublikamizda har xil dinlarga mansub missionerlarning ochiq va yashirin faoliyatlari sabab bo’lib keladi.
Bunday tahdidlarga zarba berish uchun ilm-ma’rifatni yanada yuksaltirish, raqiblarning asossiz da’volarini puchga chiqaruvchi asarlar yozish, xalqning diniy va dunyoviy ma’lumotini takomillashtirish zarur bo’ladi. Prezidentimiz, «G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» deganida aynan shu yo’lni nazarda tutgan.
Xalqning ko’pchiligida diniy tasavvurlar sayozligidan foydalangan turli mafkuraviy markazlar Islom dinini bir yoqlama aqidalashtirishga yoki uni o’ta radikallashtirish maqsadida uni mutaassiblashtirib tasvirlovchi adabiyotlar tarqatishga zo’r berish-moqda. Bunday taxdidlardan himoyalanishda xalqning an’anaviy islomiy qadriyatlariga tayanib ish ko’rish maqsadga muvofikdir. Bunday qadriyatlar insoniy, ya’ni gumanistik mohiyatga ega bo’lib, xalq ongida asrlar davomida saqlanib kelmokda. Ular Islom dinini aqidalashish va radikallashishdan asraydi hamda insof va adolat, iymon va e’tiqod, nomus va oriyat, sharm va hayo, saxovat va muruvvat, sadoqat va diyonat, ilm va ma’rifat, soflik va to’g‘rilikmi qadrlash, halollikka intilish va haromdan jikanish kabi insoniy tuyg‘ulardan iborat bo’lib, bu tuyg‘ular inson kamolotida muhim o’rin egallab kelgan.
Taxdidlarning yana bir- yo’nalishi xalqning tarixiy xotirasini buzishga qaratilgandir. Buning uchun ayrim mafkuraviy markazlar rus va o’zbek tillarida o’zbek xalqining kelib chiqish tarixini buzib ko’rsatuvchi kitob va darsliklar nashr etib, Respublikamizda arzon narxda yoki tekinga tarqatishga intilishadi.
Mafkuraviy tahdidlarning bosh maqsadi mustaqil davlat fuqarolarini o’z qadriyatlaridan begonalashtirib, turli «yaltiroq» g‘ilofparga o’ralgan begona mafkuraviy ideallarni ularning qalbiga singdirishdan iboratdir. Bu hodisa axborot xavfsizligi bilan, axborot xurujlari bilan ham chambarchas bog‘langandir. Bu haqda mutuxassislar «axborot neokolonializmi» (D.Frolov), «informastion fashizm» (K. Byord), «axborot urushi» (G. Pochepstov) degan atamalarni ishlatishadi. Axborot xurujlari avj olayotgan globallashuv sharoitida o’zligimizni saqlab qolish, o’z qadriyatlarimizga sadoqatni tarbiyalash biroz mushkullashib boradi. Bu esa o’z navbatida bizning qadriyatlarimizdan begonalashuvimizga olib keladi. Bu ma’naviy taxdidning o’zidir. Bunday sharoitda sog‘lom ma’naviyatga ehtiyoj tug‘iladi. Prezidentimiz I.Karimov shunday sharoitni nazarda tutib, «...odam o’z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o’tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo’lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol»-deb yozadi.
Ma’naviy tarbiyada unga qanday shaklda yondashishning ahamiyati juda katta. Masalan, o’qituvchining o’z o’quvchilarini boshqa tillarni o’rganishga rag‘batlantirish maqsadida «Siz ingliz yoki rus tilini puxta egallab olmasangiz - mahallangizdan (yoki qishlog‘ingizdan) chetga chiqa olmaysiz!» - degan da’vati ham mafkuraviy immunitetni «sindirishi (buzishi)» mumkin. Bunday gap, ya’ni uni eshitgan o’quvchida, «demak, mening ona tilim hech narsaga arzimas ekanda»,- degan nigilistik kayfiyatni uyg‘otadi. Ikkinchidan, tilga bunday munosabat, o’zbek tilining davlat tili sifatidagi qadrini erga urish shaklida namoyon bo’ladi. Shu o’qituvchining yuqoridagi sovuq gapi o’rniga «Sen ona tiling bilan bir qatorda rus, ingliz tillarini ham chuqur egallab olsang, yurtingning qadriyatlarini butun dunyoga yoyishing mumkin!» - degan da’vati esa uning vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirgan bo’lar edi. Milliy qadriyatlarni targ‘ib etishni «millatchilik» deb baholovchilar hozirgi paytda ham topiladi. Chunki, sobiq Ittifok, davrida milliy qadriyatlar haqidagi har qanday gap «millatchilik» deb qoralanar edi. Afsuski, bunday baholash me’zoni ayrim kishilar ongida hamon saqlanib qolmokda. Bu holat ko’pincha milliy ma’naviyat taraqqiyotiga g‘ov bo’lmoqda.
Xullas, yuqoridagi holatlar yoshlarimizning milliy qadriyatlarimizni to’g‘ri anglab etishiga jiddiy to’siq bo’lmokda. Natijada yoshlar orasida «milliy nigilizm» degan mafkuraviy kasallik yoyilmokda. Buning ma’nosi quyidagicha: «nigilizm» lotincha nihil «hech nima» so’zidan olingan bo’lib, o’zining yoki yurtining kuch-qudratiga ishonmaslik, ularga past baho berish, ertangi kunga ishonchsizlik, umidsizlikni anglatadi. Milliy nigilizm esa muayyan millat vakillarining o’z millati imkoniyatlarini kamsitib, pasaytirib baholashi, o’z yurtining qadriga etmaslik, mamlakatida roy berayotgan o’zgarishlar miqyosini anglay olmaslik tarzida namoyon bo’ladi. Milliy nigilizm kasalligiga yo’liqqan yoshlarning mafkuraviy immuniteti zaif bo’lib, ular begona g‘oyaviy ta’sirlarga tez beriluvchan, o’z yurtining manfaatlarini himoya qila olmaydigan, o’z yurtining har qanday yutug‘iga nisbatan befarq va ularni o’ta negativ baholovchi, «qildan qiyiq axtaruvchi” nochor kimsalarga aylanib qolishadi. Bunday kishilar mafkuraviy opponentlarimiz uchun yaxshigina «emish»dir.
Milliy nigilizmdan qutulishning asosiy yo’li yoshlarga respublikamizda bugungi kunda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning mazmuni va mohiyatini to’g‘ri hamda muntazam ravishda tushuntirib borishdir. Shu yo’nalishda kitoblar nashr etish, ko’chalarga behayo va bema’ni ko’rinishdagi suratlar osish o’rniga milliy taraqqiyotimiz yutuqlarini aks ettiruvchi ijtimoiy reklamalar qoyilishiga e’tiborni kuchaytirish muhimdir.
Bu yo’nalishda respublikamizda juda ko’p ishlar amalga oshirilmokda: o’tmishda o’tgan buyuk allomalarimizning yubileylarini nishonlash, shaharlar yubileylarini, milliy qadriyatlarimiz va bayramlarni o’tkazish, muzeylar, ziyoratgoxlar tashkil etish va bosh-qalar. Bularning barchasi xalqimizning milliy g‘ururini ko’taradi. Lekin, bunday tadbirlarning targ‘iboti hanuzgacha ko’ngildagidek emasligini ham ta’kidlash lozim. Masalan, 2001 yili Beruniyning «Qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar» («Osori al-boqiya») asarining yaratilganligiga roppa-rosa ming yil to’ldi. Shu munosabat bilan qadimgi ma’naviyatimiz tarixiga oid bu qimmatli asarni qayta nashr etish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Mamlakatimizning muhim atributlaridan biri davlat tili - o’zbek tilini rivojlantirishga bo’lgan e’tiborni qoniqarli deb bo’lmaydi. Shu choqqacha o’zbek tilining tom ma’nodagi elektron lug‘ati hamon ishlab chiqilmagan. O’zbek tilining elektron tarjima mexanizmi ham haligacha yaratilmadi. Bu yo’nalishdagi ishlar faqat ayrim tashabbuskorlarning qiziqish doirasidagina qolmokda. Ularni markazlashtirish, davlat tilining elektron modelini tayyorlash ishlarini bir tizimga solish, bu yo’nalishdagi izlanishlarni yuksak darajada rag‘batlantirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bunday ishlar ayni paytda ma’naviy xavfsizligimizga bo’lgan taxdidlarning oldini olish uchun ham muhim vosita bo’lar edi.
Xulosa qilib aytganda, biz o’zimizning axborot fazomizni turli xil ichki va tashqi ma’naviy-mafkuraviy tahdidlardan asrashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz ongida o’z ona tilida mafkuraviy immu-nitetning shakllanishiga sharoit yaratishimiz va ularda milliy-ma’naviy qadriyatlarga sadoqat ruhini tarbiyalashimiz, bilim doirasi va dunyoqarashini kengaytirishimiz zarur bo’ladi. Bu ma’naviy tarbiyaga taalluqli masaladir. Ma’naviy tarbiyagina ma’naviy taxdidlarga bas kela oladi. «Bunday tahdidlarga qarshi, - deb yozadi I.A.Karimov, - har tomonlama chukur oylangan, puxta ilmiy asosda tash-il etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin». Bu yuksak g‘oya hammamiz uchun dastur-ko’rsatma bo’lib qolishi kerak.
Insoniyat axborot oqimi tobora tezlashgan, Yer shari aholisi kayfiyatini, ruhiyatini, maqsad va intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini o’gartirishga qodir bo’lgan axborot texnologiyasi vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu hozirgi zamon sivilizatsiyasining o’ziga xos yutug‘i bo’ib, xalqlar, mamlakatlar, davlatlar o’zaro munosabatlarini toboro yaqinlashtirishga, jahon ijtimoiy- siyosiy jarayonlarini boshqarishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruhiyat va maslakning vujudga kelishiga xizmat qiladigan mo’jizakor xodisa.
Biroq sivilizatsiyaning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug‘idan kim qanday maqsadlarda foydalanayapti? Uni beqiyos va qudratli kuchi nimalarga ishlayapti?- degan haqli savol ham muammoga aylanmokda.
Umuman olganda insoniyat tafakkuri kengayib, Fan-texnika taraqqiyoti jadallashgani sayin insoniyat o’zining buyuk yaratuvchilik qudratini namoyon etmoqda. Shu bilan birga o’zining boshini o’zi og‘ritadigan, o’z hayotiga o’zi tahdid soladigan, o’z istiqbolini mavhumlashtiradigan holatlarga ham duch kelmoqda.
Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil og‘zaki aloqa qilgan bo’lsa, undan ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o’rgandi. Undan besh yuz yil o’tib telefon, radio va televideniyaga ega bo’ldi. An’anaviy eshituv-ko’ruv vositalaridan kompyuterlarga o’tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo’ldi, xolos. Ana shu tarixiy haqiqatning o’zi inson tafakkuri taraqqiyoti, fan-texnika rivoji bilan bo’lgan olamshumul o’zgarishlar dinamikasini ko’rsatadi.
Kompyuterlarning yuzaga kelishi esa butun Er sharini yagona axborot makoniga aylantirdiki, natijada har bir mamlakat takdiri bilan ham, butun dunyo taqdiri bilan bog‘liq bo’lgan voqelik yuzaga keldi.
Butun O’zbekiston ana shu yagona axborot tizimining faol sub’ektiga aylandi. Uning dunyo bilan aloqasi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ishtiroki, davlatlararo munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, xuquqiy va madaniy aloqalari umumjahon axborot tizimi tarkibida amalga oshirilmoqda. Bu bevosita elektron pochta, elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy xarajatlarning keskin kamayishida, qolaversa, zamonaviy axborot apmashtirish saloxiyatini namoyon qilishda katta samara bermoqda.
Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas.Jumladan, jahon axborot tizimidan foydalanish darajasining pastligi (5%), internet tizimining keng rivojlanmaganligi, undan foydalanish darajasining pastligi ko’zga tashlanmoqda.
Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Bu bevosita axborot bozoridan foydalanayotganda qanday axborotlarni qabul qilish, qanday axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham taqozo etmoqda. Chunki bozorning oddiy haqiqati shundaki, har kim topganini savdoga chiqaradi. Sifati, mazasi, rangi, ta’mi, yoki foydasi jihatidan tanlash xaridorning ixtiyorida. Ana shu hayotiy qonuniyat nuqtai nazaridan qaraganimizda jahon axborot bozorida bizning manfaatlarimizga zid bo’lgan, milliy xususiyatlarimizni, an’analarimizni, turmush tarzimizni mensimaydigan axborotlar xuruj qilmokda, hayotimizga shiddat bilan kirib kelmokda.Bu o’z o’zidan axborot soxasida milliy xavfsizlikni ta’minlash muammosini ko’ndalang qilib qoymoqda.
Hozirgi zamon axborot tizimi, uning juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, O’zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umummilliy manfaat va umummilliy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini yaratish, uning mohiyati va unsurlarni chuqur anglash zarur bo’lib qolmokda.Ana shu hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimini yaratishning quyidagi usullarini qo’llash zarur deb hisoblaymiz:
Birinchidan, sostiologik yo’nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat taraqqiyotida axborotning ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib jamiyatda shakllanayotgan ijtimoiy ong yo’nalishlari, ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o’rganishni yo’lga quyish kerak. Aholi turli qatlamlari qarashlari, kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikrlash tarzini aniqlab borish zarur.
Ikkinchidan, statistik yo’nalish. Ko’pmillatli mamlakatda, xususan, 130 dan ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko’rsatayotgan O’zbekistonda millatlararo va dinlararo mojarolarni, turli siyosiy manfaatlar va buzg‘unchi g‘oyalar ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo’lgan siyosiy nizolarni o’rganib borish.Bu borada aniq hisob-kitoblarga, tahliliy echimlarga ega bo’lish.
Uchinchidan, siyosiy konfliktologiya va psixologiya. Axborot-psixologik xavf avj olayotgan bir paytda, turli buzg‘unchi g‘oyalar inson ongi va tafakkuriga o’z ta’sirini o’tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojarolar kelib chiqishi mumkin bo’lgan jamoatchilik fikri, siyosiy qarashlari, ruhiyati-ijtimoiy-siyosiy psixologiya izchil ravishda o’rganib borilmog‘i lozim.
To’rtinchidan, mantiqiy -tizimiy va funksional tahlil. Axborot tizimi, xususan, axborot-psixologik ta’sir axborot siyosati tizimi va vositasining muhim qismi sifatida baholanishi lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondoshib, ilmiy -tahlil, nazariy va amaliy xulosalar chiqarish kerak. Tig‘iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta’sirida shakllanayotgan ijtimoiy fikr fan nuqtai nazaridan izchil o’rganilmog‘i, uning predmeti va metodologiyasini ishlab chiqish muhim bo’lib qoldi.
Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlol g‘oyasining ustuvorligi.Har qanday fuqaro axborot bozoridan "mahsulot" tanlash jarayonida uning qalbida, ruhiyatida, kayfiyatida, fe’l-atvorida, bularning barchasining oqibati sifatida hatti-harakati va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta’minlash.
Albatta, Uzbekistonda mustaqillikning o’tgan 15 yili mobaynida ommaviy axborot kommunikastiyasi soxasida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi.Eng avvalo, har bir fuqaroning so’z va fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitustiya bilan kafolatlandi.Ommaviy axborot vositalari to’g‘risidagi bir qator qonunlar yaratildi va amalda qo’llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko’paydi. Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot tizimining o’ziga xos taraqqiyotidan dalolat beradi.
Shu bilan birga O’zbekiston jahon axborot tizimidan foydalanishning eng zamonaviy va tezkor texnologiyasini joriy etdi.Bu nafaqat davlat va hokimiyatning, rasmiy idoralarning, balki nodavlat-notijorat tashkilotlar, hatto, alohida fuqarolarning dunyo axborot bozoriga bemalol kirishi va undan bemalol foydalanish imkonini beradi.
Axborot sohasida milliy tahdid, taraqqiyotga to’g‘anoq sifatida baholanmog‘ini va unga qarshi kuchli mexanizmini yaratishni taqozo etadi. Bunda davlat axborot siyosati alohida ahamiyatga ega. Albatta, Uzbekistonda axborot tizimi, uni boshqarish, undan foydalanish borasida qator qonunlar bor. Jumladan, axborot olish kafolatlari, elektron raqamli imzo to’g‘risidagi qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Biroq bular etarli emas. Chunonchi, zamonaviy axborot texnologiyalari toboro takomillashib, rivojlanib, axborot olish, saqlash, uni ishlash va tarqatishning shakllari, usullari, uslublari toboro kengayib bormoqdaki, bu butun ko’lami bilan amaldagi qonunlarda o’z ifodasini topmagan.
Masalaning ikkinchi tomoni ham bor.O’zbekistonda hozirgi mavjud ijtimoiy fikr, jamiyatning umumiy siyosiy- ma’rifiy darajasi zamonaviy axborot xurujiga va uning shiddatiga dosh berolmaydi. Aniqrog‘i, uning butun ko’lamini, mohiyatini, axborot ostidagi yashirin g‘oyani va axborot tarqatuvchi manba maqsadini etarli darajada baholay bilmaydi. Natijada axborot bozorida mavjud bo’lgan asosli, jiddiy, fikrlashga chaqiradigan,taraqqiyotga yordam beradigan axborotlarni etarlicha qabul qila olmaydi. Aksincha engil-yelpi, shov-shuvli, hayotimizdagi mavjud o’tkinchi kamchilik va nuqsonlarni bo’rttirib ko’tarib chiqqan xabarlarga berilib ketadi. Natijada jamiyatda yalpi o’rtacha kayfiyat, ozurda ruhiyat paydo bo’lishiga imkoniyat yaratiladi. Bunday vaziyatda milliy axborot tizimini har tomonlama qo’llab- quvvatlash, uning faoliyatini takomillashtirish, ta’sir doirasini oshirish zarur bo’lib qolmoqda. Bu muammolarni hal etish uchun qoyidagilarga e’tibor bermoq lozim.
-Ommaviy axborot vositalarida hozirgacha shakllangan til, uslub va ifoda usulini o’zgartirish lozim. Jozibador, ayni paytda hayotga yaqin, eng oddiy fuqaro qalbi va ruhiyatiga mos keladigan xalqchil ifoda usulini shakllantirish lozim. Boshqacha qilib aytganda, axborot makonini hayotga, odamlarga, ularning kundalik tashvishu iztiroblariga, yangilanayotgan jamiyat muammolariga yuksak mahorat bilan moslashtirish kerak.
-Jamiyatni, uning har bir a’zosini axborot vositalariga qiziqishini orttirish yo’li bilan yuzaga kelayotgan ruxiy tanglikka, chek qoyish lozim.G‘oyaga qarshi g‘oya, jaxolatga qarshi ma’rifat tamoyilining ustivorligiga erishmoq kerak.
-Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida fuqarolik jamityati institutlari- jamiyat tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ular so’zi va fikrining ta’sirchanligini oshirish kerak. Toki har qanday umummanfaat va umumtaraqqiyot yo’lida aytilayotgan so’z har bir tinglovchi qalbiga kirsin, onggiga singsin. Uni rag‘batlatirsin, ruhlantirsin, milliy yakdillikka, milliy birlikka da’vat etsin.
Albatta, axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlashning eng samarali yo’llaridan biri to’g‘ridan-to’g‘ri har qanday buzg‘unchi g‘oyalarga, jamoatchilik fikrini buzadigan xabarlarga asosli tarzda qarshi tura bilish. Ikkinchi tomondan ayni ana shu qarshi targ‘ibot mexanizmini samarali boshqarishni ta’minlash.
Hozirgi zamon axborot tizimida shunday xodisalar mavjudki, unga qarshi chiqish u yoqda tursun, uni boshqarish, tartibga solish ham mumkin bo’lmay qolmoqda. Demak, bunday sharoitda eng maqbul va samarali usullarni ishlab chiqish zarur. Jumladan:
Birinchidan, jamoatchilik fikrini o’zgartirayotgan, chalg‘itayotgan vayronkor axborotlar tashqaridan, o’ziga xos himoya qalqoniga ega bo’lgan makonlardan kelayotganligini nazarda tutib, axborot tarqatish borasidagi mojarolarga yo’l qoymay, ularga yuksak siyosiy va kasbiy madaniyat orqali yondashish. Befarqlik, sukut saqlash, kayfiyatiga barxam berib, milliy oriyat, milliy nafsoniyat bilan bog‘liq xoldagi targ‘ibotchilik imkoniyatimizni namoyon etish yo’lidan borish.
Ikkinchidan, shuni nazarda tutish kerakki, har qanday hujumkor va buzg‘unchi g‘oyaga qarshi o’z vaqtida, mo’ljalni aniq olib munosabat bildirishda ehtiroslarga berilmaslik, ortiqcha shov-shuvlarga yo’l qo`ymasdan siyosiy vazminlik va bosiqlik, ayni paytda kuchli ta’sir o’tkazish usullarini o’zlashtirmoq lozim.
Axborot sohasida axborot xuruji qizg‘in avj olgan bir paytda ayni shu xurujlar mohiyatini, uning manbalarini, rivojlanish omillarini, ilmiy til bilan aytganda konfliktogen jixatlarini chuqur o’rganish lozim. Buzg‘unchi va hujumkor axborotlar maqsadi, muddaosi, ularning tagida yotgan manfaatlar qanchalik to’g‘ri o’rganilsa, ularga shunchalik to’g‘ri va ishonchli zarba berish mumkin bo’ladi.
e’tibor berish lozim, deb oylaymiz:
-insonning shaxs va fuqaro sifatidagi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish va uni shakllantirish;
-insonning o’zini o’zi himoya qila olish instinktini, o’zini o’zi boshqarish salohiyatini shakllantirish;
-alohida odamlar, guruhlar, qatlamlararo munosabatlarni yana ham barqarorlashtirish;
- jamoalar birligini, umumiy xonadon-yaxlit mamlakat taqdiri uchun javobgarlik hissini kuchaytirish;
-millatidan va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar O`zbekiston fuqarosi bo’lgan har bir shaxsning kelajak uchun ma’sulligini ta’minlash;
-kelib chiqishi mumkin bo’lgan mojarolar, kelishmovchiliklar asoslarini, yo’nalishlarini, ularning rivojlanish omillarini va dinamikasini doimiy tarzda, uzluksiz ravishda o’rganib borish.
Ana shu tarzda, albatta, axborot soxasida milliy xavfsizlikni
ta’minlashning O’zbekiston tajribasi takomillashib bormokda. Bu bevosita axborot huruji avj olayotgan, axborot tarqatish texnologiyalari toboro takomillashib , uning usul va uslublari yangilanib borayotgan bir paytda O`zbekiston ayni ana shu sivilizatsiyaviy jarayonning eng samarali, eng insonparvar usullaridan yana ham kengroq foydalanish imkoniyatlarini qidirmoqda.
X U L O S A V A T A V S I YA L A R.
Ochiq axborot xurujlari vaziyatida shaxsning о‘zini о‘zi himoya qilishni boshqarishda ayrim jihatlarga alohida e’tibor berish lozim. Avvalo, har bir inson uchun mustaqil fikr zarurligini ta’kidladik. Mustaqil fikrga ega bо‘lgan insongina о‘ziga nisbatan qaratilgan yaxshi yoki yomon ma’lumotning mohiyatiga yetishi va unga nisbatan adekvat reaksiya kо‘rsatishi, himoya mexanizmlarini ishga solishi mumkin.
Ikkinchidan, yoshlar turli yot va bemaza axborot xurujlariga berilmasligi uchun biz ularda milliy g‘ururni tinmay tarbiyalashimiz va bunda har bir fan predmeti va tarbiyaviy muloqotlardan oqilona foydalanishimiz zarur..
Milliy g‘ururni ahamiyati shundaki, bunday sifati bor inson boshqalarga qul bо‘lishni, jumladan, axborot xurujlariga tobe bо‘lmaydi.
Uchinchidan, milliy g‘ururi bor insonda imon, insof va diyonat tushunchalarini shakllantirish mumkin. Chunki inson qalbi bilan bog‘liq bu qadriyatlar internet va ochiq axborotlar olamida adashtirmaydigan «kompas» rolini о‘ynaydi. Bir rus olimi ta’kidlaganidek, «Internet» shunday о‘rmonki, unda kompassiz yurib bо‘lmaydi». Tо‘rtinchidan, oliy о‘quv yurtlarida professor-о‘qituvchilarning avtoritetini, ular aytadigan har bir sо‘zning aniq mо‘ljalli bо‘lishini ta’minlash zarur. Domla aytadigan fikrlardan biri-axborot qayday bо‘lishidan qat’iy nazar, u qabul qiluvchi insonning izmida bо‘lishi, uning manfaatiga xizmat qilishi kerak. Buning uchun yovuz niyatli, yot g‘oyalarni targ‘ib etuvchilarning asl niyatlarini, ular say’i - harakatlarining oxir-oqibati nima bilan tugashini ochiq aytaverish lozim.
Shunday qilib, axborot xurujlariga qarshi turishning psixologik yо‘llarini har bir murabbiy va talabaga yetkazish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun quyidagilarni yodda tutish lozim:
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
1. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. - T.: «О‘zbekiston», 2000.
2. Karimov Islom Abduganiyevich. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida / I.A. Karimov. - T.: «О‘zbekiston», 2011 — 440 b.
3. Andreyeva G.M. Sotsialnaya psixologiY.. Uchebnik dlya visshix uchebnix zavedeniy / G.M. Andreyeva. - 5-ye izd., ispr. i dop. - M.: «Aspekt Press», 2003. - 364 s.
4. Bodalev A.A. Vospriyatiye i ponimaniye cheloveka chelovekom. — M.: 1982.
5. Bodalev A.A. Psixologiya obsheniY. - M., Voronej, 1996 - S. 10-98.
6. Bodalev A.A. Lichnost i obsheniye. - M.: 2003.
7. Deyl Karnegi. О‘z-о‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida sо‘zlash san’ati. - T.: "Yangi asr avlodi", 2010 - 224 b.
8. Karimova V., Berdiyev G. Murosa qilish odobi yoki konf-liktlarni bartaraf etish mumkin - T.: 2003. - 44 b.
9. Karimova V.M. Oilaviy hayot psixologiyasi: О‘quv qо‘llanma. -T.: 2006. - 142 b.
10. Platonov Y.P. Sotsialnaya psixologiya pokoleniya: Uchebnoye posobiye. - SPb.: Piter, 2006. - 464 s.
11. Saifnazarova F. Kelajak tо‘grisida gamhо‘rlik // Demokrat-lashtirish va inson huquqlari. - 2007 -3-son, 19-20 b.
12. Salayeva M. Uzbek oilalarida ota-ona va farzandlar о‘zaro munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari: psixol.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss.avteoref. – T., 2005 – 18 b.
13.Uzandze D.N. Psixologicheskiye issledovaniY. – M., 1966
14. Xariss R. Psixologiya massovix kommunikatsiy. – SPB.: praym – YEVROZNAK, - 2003 – 448 s.
15.Shixarev P.N. Sovremennaya sotsialnaya psixologiY. – M.: 1999.
16. Hayot kitobi: Yoshlar uchun ensiklopedik qо‘llanma. – T.: “Sharq”, 2011 – 272 bet.
Dostları ilə paylaş: |