Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə3/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Afrika materigi-eng issiq materik. Maydoni orollar bilan birgalikda 30,3 mln. kv.km. deyarli o`rta qismida Ekvator chizig`i kesib o`tgan. Afrika materigi shimolda O`rta dengiz, g`arbda Atlantika okeani, sharqda Hind okeani va Qizil dengiz bilan o`raglan. Afrika uzunligi 120 km bo`lgan Suvaysh kanali bilan Osiyo bilan tutashgan. Aholisining asosiy qismi qora tanlilar. Afrikaning o`simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Ayrim hayvonlarni faqat Afrikada uchratish mumkin.
Afsonak- ko`p yillik o`simliklar turiga kiradi. Asosan Osiyo va Shimoliy Amerikada o`sadi. O`zbekistonda 3 turi tarqalgan. Afsonak zaxarli o`simlik. Barglari uch yaproqli, poyasi tukdor, gullari sariq shingil to`pgulga yig`ilgan, dukkaklari tasmasimon cho`ziq, bir oz bukilgan, tukdor. Urug`lari jigarrang, ba`zan ko`kimtir bo`ladi. Yozda gullaydi. Afsonakning ba`zi turlarida tibbiyotda balg`am ko`chiruvchi va nafas markazini qo`zg`atuvchi dori sifatida foydalaniladi.
Aholi-Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson)lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan – Demografiya shugʻullanadi. Aholini ifodalovchi asosiy koʻrsatkichlar qatorini – uning takror barpo qilinishi (tugʻilish, oʻlim, nikohga kirish, ajralish, tabiiy oʻsish), joylanishi, urbanizatsiyasi, migratsiyasi, yosh jinsiy tarkibi va oilaviy holati, maʼlumot darajasi, irqiy, til, etnik, diniy tarkibi tashkil etadi. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy tarkibini ifodalovchi koʻrsatkichlarga uning bandligi, iqtisodiy faolligi, kasb-hunari va boshqa kiradi. Jahon aholisining soni uning joydan joyga tabiiy koʻchishi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar tabiiy aholisining soni esa tabiiy koʻpayish koʻrsatkichlaridan tashqari migratsiya jarayonlariga ham bogʻliq. Jahon aholisining soni, uning koʻpayish surʻati har bir mamlakatda oʻziga xos xususiyatga egadir va bu xususiyat muayyan davlatning ijtimoiyiqgisodiy tuzumi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar Aholisining soniga tabiiy koʻpayishdan tashqari migratsiya jarayoni ham taʼsir etadi. Yer shari Aholisining soni va uning oʻsish surʻatlari umuman uzluksiz ravishda ortmoqda.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin