85
41-rasm. Halqali chuvalchanglar (Hydroides hexagonus) spermatozoidi
boshining apikal qismi (L.Kolvin, A.Kolvin, 1961 bo‘yicha).
1-yadro; 2-akrosoma va yadro membranalari o‘rtasidagi modda; 3-akrosoma
haltasining bo‘shlig‘i; 4-akrosoma granulasi; 5-akrosoma membranasining
granulali qavati; 6-yadro qobig‘i; 7-akrosoma membranasining
tashqi granulali
qavati; 8-plazmatik membrana; 9-apikal xalta.
Bunda tuxum po‘stining spermatozoidni qabul qilishigacha va undan keyingi
faollashuvi tushuniladi. Tuxumning mikfopile teshigi oqsilli tiqin bilan yopilgan
bo‘ladi (42-rasm). Akrosomaning graluronidaza fermenti uni eritib,
spermatozoidga yo‘l ochadi va spermatozoid tuxum ichiga kiradi,
zigota hosil
bo‘ladi. Urug‘lanish tufayli xromosomalarning diploid nabori tiklanadi, tuxum
hujayra keyingi jarayonlar uchun faollashadi. Urug‘lanishdan keyin jinsiy
hujayralar yadrosining qo‘shilishini birinchi marta 1875 yilda O. Gertvig
aniqlagan.
E. Batayon nazariyasiga ko‘ra, urug‘lanmagan tuxumnnig o‘ziga xos
xususiyati
shundaki, uning nafas olishi pasayganligi uchun murakkab holatda
bo‘ladi. Urug‘lanish qobig‘ining qalinlashishi urug‘lanish yoki tuxum hujayralarni
sun‘iy faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunda toksin moddalar ham tuxum
po‘stidan chiqib ketadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xaqiqatdan ham
urug‘lanmagan tuxum murakkab holatda bo‘ladi. Ammo urug‘lanishdan keyin
qanday qilib tuxum bunday holatdan chiqishi hozircha noma‘lum.
J. Lyob nina tanlilarning tuxumini turli
xil organik moddalar bilan
faollashlirdi. Natijada tuxumning po‘sti erib ketib, tuxumning o‘zi nobud bo‘ldi.
Baqa ikrasining po‘stiga igna bilan ta‘sir etganda rivojlariib, jinsiy voyaga yetgan
baqa hosil bo‘lgan. Ana shularga asoslanib, lyob urug‘lanishni quyidagicha
tushuntiradi: dastlab tuxum po‘stining ma‘lum joyi oksidlanish tufayli yemiriladi
(undan spermatazoid tuxumning ichiga kiradi), keyin
qandaydir omillar tuxum
po‘stining hammasni yemirilishdan saqlaydi va normial nafas olishni tiklaydi.
86
42-rasm. Mikropile teshigining tuzilishi (O.F.Sakin, N.A.Buskoy, 1964
bo‘yicha) A-sirt balig‘ining yetilgan oositini mikropile teshigi; B-osetr balig‘ining
oositini mikropile teshigi; 1-biriktiruvchi to‘qimalardan iborat bo‘lgan qobiq; 2-
follikulyar qobiq; 3-substratga biriktiruvchi bo‘ngchalar; 4-radial qobiq; 5-ohirgi
ujayra; 6-kortikal alveola; 7-sariqlik; 8-mikropile kanali; 9-yaltiroq qavat; 10-
mikropile teshigi; 11-kichik donador sariqlik; 12-pigment.
XX asrnirig 50-yillarida amerikalik embriolog Geylbrun urug‘lanishda
kalsiy katta ahamiyatga ega ekanligini isbotladi. Keyinchalik boshqa amerikalik
tadqiqotchi Runstryom tuxum ustida fermentlaming faolligini pasaytinivchi modda
borligini aytdi. Bulardan tashqari, urug‘lanishda
lizosoma, mitoxondriya ham
ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: