136
bo‘lib, ular tuxumini har xil chuqurlikka qo‘yishadi. Tuxumdan chiqqan yosh
individ itbaliq bo‘lmay, balki jinsiy voyaga
yetgan individning shakliga
o‘xshaydi. Bunday shakilda bo‘lishning sababi ularning metomorfoz davri
tuxumning ichida o'tishidir.
Sudralib yuruvchilar muhut sharoitiga amfibiyalarga nisbatan yaxshiroq
moslashgan bo‘lib, ularning tabiatda keng tarqalganligi buning isboti hisoblanadi.
Amfibiyalar va repteliyalarning bir biridan farqini ularning rivojlanish davrlarida
ko‘rish munkin. Amfibiyalar rivojlanishi embrion va lichinkalik davrlaridan,
repteliyalar esa embrion, homila oldi va homila davrlaridan iborat.
Evolyusiya jarayonida amniolik tuxumlar paydo bo‘lishining zarurligi haqida
bir necha giptezalar bor. Romer (1`957) fikricha, amniotic tuxumlar repteliyalar
quruqlikkka chiqishdan ancha oldin paydo bo‘lgan va bu qurg‘oqchilik bilan
bog‘liq bo‘lgan. Qurg‘oqchilk sharoitida tuxumning tuxumning po‘chog‘I qurub
qolishdan va zaxarlanishdan himoya qiluvchi vosita sifatida poyda bo‘lgan
evolyusiyaning maxsulidir. Tixen (1960) amniolik tuxumning kelib chiqishini
qurg‘oqchilik yoki quruqlikka chiqishi bilan bog‘lanishini noto‘g‘ri deb
hisoblaydi. Uning fikricha isboti sifatida suv ko‘p va doimiy tuxum qo‘yishini
keltiradi.
Amniolik tuxumning qanday poyda bo‘lganligidan qa‘tiy nazar , uning paydo
bo‘lishi repteliyalardan qushlar va sut emuzuvchilar kelib chiqqishga asos bo‘ldi.
Evolyusiya jarayonida sutemizuvchilar taraqqiyoti asta sekin murakkablashib
borgan Sutemizuvchilardan o‘rdakburun, exidina. Proexidininaning taraqiyoti
qushlar va sudralib yuruvchilarning taraqqiyoti kabi tuxum qo‘yish yo‘li bilan
boradi.
Sut emizuvchilarning bundan keyingi davri evolyusion taraqqiyoti
qopchiqlar vakillaridan kelib chiqishi bilan bog‘liq. Qopchiqlardan verginskiy
opposumining homiladorligi 12-kun, kalta dumli kengurida esa 27 kun davom
etadi Bo‘yi 3m keladigan kenguruning yangi tug‘ulgan bo‘lasi yong‘oqdek
kattalikda bo‘lib, juda nochor bo‘ladi. Amerika opposumi 57 kundan keyin
bolasini sutdan chiqarib,qopchiqdqn tashqariga chiqaradi. Bu vaqtda bolasining
kattaligi uy sichqonida bo‘ladi. Qopchiqlilarning tuxumida sariqlik moddasi
kamligi va allantosning juda kichikligi uchun embrion bachadonda qisqa vaqt
ichida rivojlanadi.
Yo‘ldoshli sutemizuvchilarning kelib chiqishi va evolyusiya davrida
ularning jinsiy organlarida ba‘zi o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Ularning ko‘p nasl
beradigan vakillarida ikki shoxli bachadon paydo bo‘lgan.
Bunday sodda bachadon qopchiqlilar uchun ham xosdir.
Bir shoxli bachadon
sutemizuvchilarning. Faqat 3 turkumi : yalqovlar,ko‘rshapalaklar va pirimatlar,
jumladan, odamda bo‘ladi .
Qopchiqlilar va yo‘ldoshlilarning rivojlanish usullari ham bir biridan farq
qiladi. Yo‘ldoshli sutemizuvchilarning embrioni dastlabki kunlarda trofoblast
hosil qiladi. Bu vaqtinchalik organ embrionni oziqlantirishdan tashqari. Uni o‘
rab turuvchi qobiq vazifasini bajaradi. Qopchiqlilarda esa tuxumning o‘zida qobiq
paydo bo‘ladi. Bundan tashqari , tuxumda oqsilli oziq modda ham mavjud.
Qopchiqlilar va yo‘ldoshlilar embrion rivojlanishning
dastlabki davrining farqi
137
shundaki, qopchiqlilarda maydalanish bachadonda boshlansa, yo‘ldoshlilarda
bular yon tuxum yo‘llarida boshlanadi. Tuxum yo‘llarida embrion bezli
hujayralaridan ishlab chiqarilgan secret bilan oziqlanadi. Embrionda 8 ta
blastomer hosil bo‘lgandan keyin ularning 4tasi embrionning atrofida joylashib,
trofobblastlarga aylanadi.va oziq moddalarni embrionga etkazib beradi. Trofoblast
grekcha trope- boqish, blast-kurtak ya‘ni embrionnni oziqlantiruvchi hujayra
degan ma‘noni anglatadi.
Yo‘ldoshlilarda uchlamchi qobiqning yo‘qolishi tuxum yo‘llari vazifasinin
ma‘lum darajada o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Sudralib yuruvchilar
va qushlarda
tuxum yo‘llari tuxumining uchlamchi qobig‘ini ishlab chiqarish vazifasini
bajaradi. Uchlamchi qobiq tarkibidagi oqsil , yupqa pergamentsimon va
ohachsimon moddalar kiradi. Sut emizuvchilarda esa tuxum yo‘larining bezlari
rivojlanoyotgan embrioniga oziq modda ishlab chiqarib beradi. Ana shu oziq
moddalarni embrioniga yetkazib berish uchun trofoblastlar ertaroq hosil bo‘ladi.
Tipratikanlarda trofoblastlar embrionnig 16
blastomerlik davrida, amerikada
yashaydigan sakrov chi kemuruvchida esa 4 blastomerlik davrida hosil bo‘ladi.
Shunday qilib , evolyusiya jaroyonida anamiyalardan amniotalr paydo bo‘lishi
ayrim embironal moslamalarning hosil bo‘lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: