77
yo‘riqnomasi ishlab chiqilib, shu asosda iqtidorli o‘quvchilarni yakka tartibda kasbga
yo‘naltirish mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar zaruriy bilim va ko‘nikmalarni mukammal egal lashi
qatorida o‘zlaridagi bilim va ko‘nikmalarni respublika, xalqaro miqyosdagi tanlov va
ko‘rgazmalarda sinovdan o‘tkazib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga,
shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga kirish imkoniya-
tiga erishmoqda.
Tasviriy san’at fanidan “Iqtidorli o‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish” yakka tar-
tibda tayyorlash mashg‘ulotlarini tashkil qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar:
1. Erkinlik mezonlari.
Mashg‘ulotlarni tashkillashtirish jarayonida maktabdagi sharoit va imkoniyatlar
inobatga olinib, har bir o‘qituvchiga to‘garaklar faoliyatiga ijodiy yondashish, mustaqil
ravishda mashg‘ulotlar yo‘riqnomasi, o‘quv rejalarini ishlab chiqish va soatlarini reja-
lashtirishlariga imkoniyat yaratilishi mashg‘ulotlar faoliyatining samarali hamda sifatli
bo‘lishini ta’minlaydi.
2. yakka tartibdagi mashg‘ulot guruhlari.
yakka tartibda tayyorlash mashg‘ulotlari quyidagi ikkita guruhda olib boriladi:
1-guruh. iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni sinovlardan o‘tkazish va aniqlash
guruhi.
Bu guruh to‘garak mashg‘ulotlari ko‘rinishida haftasiga 2 soatdan 4 soatgacha
rejalashtirilib olinadi. Ular asosan 1-4-sinfga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qituvchilar tomo-
nidan boshlang‘ich sinfda o‘tiladigan dars jarayonida iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilar
aniqlanib, ularning va ota-onalarining xohishi va roziligi asosida 1-guruh mashg‘ulot-
lariga qabul qilinadi hamda ularni ma’lum muddat davomida mashg‘ulotlar jarayoni-
da sinovdan o‘tkaziladi.
To‘garak ishtirokchilari orasidan iqtidorli bo‘lgan, kelajakda mazkur fan yo‘nalishi-
da kasb tanlashga moyilligi mavjud bo‘lgan o‘quvchilar aniqlanadi. Ularning hamda
ota-onalarining xohishi va roziligi asosida 2-asosiy guruh mashg‘ulotlariga qabul qi-
linadi. Sinovdan o‘tmagan o‘quvchilar, ya’ni fan yo‘nalishida qobiliyati bo‘lsa-da, bi-
roq kelajakda mazkur fan yo‘nalishida kasb tanlashga moyilligi bo‘lmagan o‘quvchi-
larning fan bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
maqsadida mashg‘ulotlar davom ettirilib boriladi.
2-guruh. O‘quvchilarni yakka tartibda kasbga yo‘naltirish guruhi. 1-guruh
mashg‘u lotlarida sinovdan o‘tkazib va kelajakda mazkur fan yo‘nalishida kasb tan-
lashga moyilligi bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etadilar.
Mashg‘ulotlar uchun haftasiga 6 soatdan 12 soatgacha vaqt ajratilishi mumkin.
guruh mashg‘ulotlari to‘garak ko‘rinishidagi mashg‘ulotlardan umumiy va yakka tar-
tibda tayyorlash va kasbga yo‘naltirishga mo‘ljallanganligi bilan farq qiladi. Har bir
mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarga umumiy tartibda mavzular bo‘yicha topshiriq-
larni bajartirish hamda har bir o‘quvchining bir-biridan farq qiladigan individual xu-
susiyatlari: o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olinib, har bir o‘quvchi
bilan yakka tartibda
ishlash orqali bilim va ko‘nikmalarni mukammal tarzda singdirib borilishiga alohida
e’tibor qilinadi.
yakka tartibda ishlash jarayonida boshqa o‘quvchilarga xalaqit bermaslik maq-
sadida o‘quvchiga alohida xonada bajarayotgan sinf topshirig‘idagi kamchilik va xa-