67
ga chorlaydi. Qolaversa, bu boradagi bilimlar talabalarni vatanparvarlik, milliy g‘urur
va iftixor, ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalaydi, ularda yurt taqdiriga daxldorlik sifatla-
rini shakllantiradi.
O‘qituvchi talabalarga madaniy-tarixiy obidalar turlari xususida ma’lumotlar
beradi, muqaddas qadamjolar ajdodlardan avlodlarga yetib kelgan ma’naviy boy-
lik ekanligi haqida fikr yuritadi. Talabalarga madaniy-tarixiy obidalar tarixini o‘rga-
nishda yozma manbalarning o‘rni katta ekanligini tushuntirgan holda, xalqimizning
ulkan moddiy va ma’naviy merosi hali to‘liq o‘rganilmaganligiga urg‘u beradi. Ularni
kelajakda bunday ulkan moddiy va ma’naviy meros obyektlarini ilmiy tadqiq etish-
ga yo‘naltiradi, xorijlik sayyohlarni mamlakatimizning moddiy va nomoddiy meros
obyektlari bilan tanishtirishga erishishimiz zarurligini ta’kidlab, darsni tashrif (ziyorat)
yakunlari asosida xulosalaydi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida darslarni tashkil etishning turli noan’anaviy usullari
mavjudki, ular orqali talabalarning ijodiy faolligini oshirish, intilish va tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash, darslar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bunda
yakka va guruhlarda ishlash muhim ahamiyat kasb etib, unga ko‘ra darsda bir yoki
bir qancha masala (muammo)larni yechish imkoniyati yaratiladi.
Jumladan, madaniy-tarixiy obidalar va ularni tartib-qoidalari bilan bog‘liq ayrim
muammolarni darsda FSMU ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda ham muho-
kama qilish mumkin. Chunki oliy ta’lim dargohida ta’lim olayotgan talaba nafaqat
o‘qishi, balki jamiyat ahamiyatiga daxldor masalalarni muhokama etib, bu xususida
o‘z fikrini berishi, munosabatini bildira olishi, ularning tashabbuskorliklari va intilish-
laridan dalolatdir. Ushbu usulga ko‘ra dars ikki bosqichda tashkil etilsa, maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Birinchi bosqichda har bir talabaga “FSMU” texnologiyasining to‘rt
bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi.
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz sababini ko‘rsating.
M – ko‘rsatilgan sababni isbotlovchi dalillar keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
ikkinchi bosqich: Talabalar bilan muammoli bahs-munozara mavzusi belgilab
olinadi.
Uchinchi bosqich: Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadilar va ularga FSMU tex-
nologiyasining 3-bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlar tarqatiladi.
4. Fikr va mulohazalar umumlashtirilgan holda jadvalning 4 ta kataklariga yozi-
ladi.
5. kichik guruhlarda talabalar o‘zlari yozgan fikrlarini o‘qiydilar, ya’ni himoya qi-
ladilar.
6. O‘qituvchi tomonidan guruhlarda umumlashtirilgan fikrlar e’lon qilinadi, o‘qi-
tuvchi guruhlarning bergan javoblariga nisbatan o‘z mulohazalarini bildiradi.
Muhokama uchun muammo qiziqarli, bahs-munozarali, talabalar diqqatini tor-
tadigan bo‘lsa, dars yanada samarali o‘tadi. Bizningcha, mavzu quyidagicha bo‘lishi
mumkin: “nima uchun ba’zi kishilar ziyoratgohlardagi ayrim manbalar (buloqlar, da-
raxtlar, o‘simliklar, tosh va g‘orlar)ni
muqaddas, deb hisoblaydilar?”
F – fikringizni bayon eting. Talabalar bu xususda o‘z fikrlarini bayon etadilar.