“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 174 ~
kamdir. Kasbga tayyorgarlik va keyingi faoliyat har xil tarzda kechishi mumkin, bular
undagi xususiyatlardan kelib chiqib davom etadi. Eng muhimi va zaruriy tomoni bu
kasbiy yo’nalganlik bolib, unda ijobiy kasbiy motivatsiyalar muhim roʻl o’ynaydi.
Psixologik diagnostika esa aynan kasbga xos bo’lgan insondagi psixologik jarayonlami
va xususiyatlarni o’lchaydigan, tahlil qiladigan va baholaydigan psixologiyaning yana
bir yo’nalishi hisoblanadi. Bular asosan insonning amaliy hayotini oʻrganishga
qaratilgan jarayonlardir.
O’smirlar va ilk o’spirinlarning kasb tanlashi katta hayotiy ahamiyatga ega
bo’lgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo bo’lganligadan bu jarayonda ota-onalar,
jamoatchilik va turli kasb ustalari ham faol qatnashishlari kerak, chunki yoshlar ko’p
hollarda kattalarning maslahatlari va tavisyalarini hisobga olgan holda qat’iy bir fikrga,
qarorga kelishlari mumkin.
Shuni ham aytib o’tish o’rinliki, maktab o’quvchilari kasb tanlash borasidagi o’z
qarorlarini, ko’pincha, har tomonlama dalillab bera olmaydilar, biroq ularning
ko’pchiligi bu masalaga о ngli ravishda yondashishga intiladilar]. O’quvchilarni
kasbga yo’naltirishni yosh bosqichlarida o’quvchilarda quyidagi mazmunga ega
bo’ladi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini kasbga yo’naltirishdan asosiy maqsad - ularni
mehnat, kasb turlari, yo’nalishlari bilan tanishtirib borish va kasb faoliyatiga qiziqishni
shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: