Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix16.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#180916
1   2   3   4   5
Ilm-fan 0106

ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
24 
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo’llanilmoqda. 
Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan sohada, fanda, jumladan fizikada suyuqlik va 
gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda, 
geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda.
Muhandislik sohasida (https://azkurs.org/axborot-tizimlarining-tushunchasi-reja-axborot-
tizimi-haqida-u.html), ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz va okeanlarning 
chuqur joylarida, yadro muhandisligida robotlarni masofadan turib boshqarishda virtual 
borliq keng qo’llanilmoqda. Kompyuter dizayni va uning ajralmas hamrohi - kompyuter ishlab 
chiqarishi raketalar va samolyotlar, avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini sinovdan 
o’tkazishda yagona jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham 
keng foydalanmoqdalar.Masalan, AQSH armiyasida harbiy xizmatchilarda merganlik 
ko’nikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va to’g’ri qarorlar qabul 
qilish ko’nikmasini shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi. Juda 
qimmatga tushadigan va atrof muhitga katta zarar yetkazadigan harbiy mashqlar imitatsiya 
qilinmoqda. Tank qismlarida tankdan o’q uzishni hamda tank jangida askarlar va 
ofitserlarning 
shaxsiy 
ishtirokini 
imitatsiya 
qiluvchi 
harbiy 
o’yinlardan 
foydalanilmoqda. Loyihalashtirilgan (https://azkurs.org/aerodromlarni-loyihalashtirishning-
qonun-qoidalari-va-asosiy-l.html), lekin hali yasalmagan qurol-aslaha turlari sinovdan 
o’tkazilmoqda. Harbiylar olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ularga baho berish uchun ham 
kompyuter imitatsiyasidan foydalanmoqdalar. Ta’lim sohasida mashq trenajyorlarini 
yaratishda virtual borliq texnologiyasidan foydalanilmoqda. Yaqinda virtual kutubxonalar va 
muzeylar tashkil etish konsepsiyasi taklif qilindi. Masalan, virtual kutubxonalarda 
foydalanuvchi kompyuter yordamida kitob javonlarining vizual tasviri bo’ylab harakatlanishi, 
kerakli adabiyotlarni topishi va olib ko’zdan kechirishi, zarur holda esa ulardan nusxa 
ko’chirishi mumkin. Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey 
foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch o’lchovli ko’rinishida 
ko’rish imkonini beradi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin