«ijtimoiy psixologiya» fani buyicha



Yüklə 219,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/36
tarix15.11.2022
ölçüsü219,83 Kb.
#69296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
ijtimoiy psixologiya [uzsmart.uz]

 
1.2.2. Omma psixologiyasi nazariyasi 
Omma psixologiyasi nazariyasi paydo bo‘lishiga tarixiy asos ishchilar sinfining paydo 
bo‘lishi va Yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi bo‘ldi. Ya’ni, XIX asrning 
ikkinchi yarmida ishchilar harakati shunday keng tus oldiki, tartibsiz harakatlar uyushgan 


harakat darajasiga ko‘tarildi. Shuning uchun ham shu harakatlarning qonunlarini bilish, ularni 
boshqarish usullarini o‘ylab topish zarur edi. 
Ommaviy hodisalarni o‘rganish natijasida 1890 yilda Gabriel Tardning «Taqlid qilish 
qonunlari» deb atalgan birinchi kitobi chiqdi. Tard Fransiyada ro‘y berayotgan ommaviy 
hodisalarni, shu hodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-atvorlarini taqlid qilish orqali 
tushuntiradi. Bu harakatlar irrasional (ya’ni aqlning ishtirokisiz) tabiatga ega bo‘lib, har bir 
individ ommaga qo‘shilgan zahoti unga taqlid qilishga tayyorlik instinkti ustun bo‘lib qoladi. 
Italiyalik huquqshunos S. Sigeli va fransuz olimi G. Lebon ham Tard ishlarini ma’qullab, uning 
nazariyasini faktik materiallar bilan, ya’ni 1895 yilda bosilib chiqqan Sigelining «Ommaning 
jinoyatlari» va Lebonning «Omma psixologiyasi» kitoblari orqali boyitdilar. Bu mualliflarning 
asarlaridagi asosiy g‘oya shundan iborat ediki, ommaviy harakatlarda shaxsning o‘z xulq-
atvorlarini ongli va aql bilan boshqarish qobiliyati yo‘qoladi. Bunday holatlarda hissiyotlar ustun 
keladi, ayniqsa, affekt  holatlar, shuning uchun ham affekt holatida ro‘y bergan jinoyatga aybni 
yumshatuvchi holat sabab bo‘lgan, deb qarash adolatli bo‘ladi. Bu qarashlari tufayli Sigeli 
Italiyaning qonuniga maxsus modda kiritishga ham erishdi. 
Sotsiolog Lebon esa asosan diqqatini ommani elitaga — jamiyatdan yuqori turuvchi 
tanlangan guruhlarga qarshi qo‘yishga qaratdi. U ommaning ayrim hollarida, ayniqsa biror 
hodisa ro‘y berganda «qiziqqonlik» xususiyati ustun turishi haqida yozadi. Uning fikricha, bir 
qancha odamlarning bir yerda to‘planishi ommani hosil qiladi va bu, odamlar kim bo‘lishidan 
qati nazar — olimmi yoki oddiy insonmi, shu zahotiyoq kuzatuvchanlik va ziyraklikni 
yo‘qotadi. Chunki bu holatda ular holatini instinktlar va hissiyotlar boshqaradi. Lebon shaxsning 
omma holatidagi belgilariga to‘xtalib quyidagilarni ajratadi: 
1. Shaxsiy sifatlarning yo‘qolishi.  Boshqa odamlar ta’sirida individ o‘ziga xos sifatlarni 
yo‘qotishi, buning o‘rniga impulsiv instinktiv harakatlarni amalga oshirishi mumkinligi. 
2. Hissiyotlarga o‘ta beriluvchanlik. Ommada aql, tafakkur, hissiyot, instinktlarga o‘z 
o‘rnini bo‘shatadi. Shuning uchun ham ommaning ta’sirchanligi o‘ta oshib ketadi. 
3. Aqliy
 
sifatlarning yo‘qolishi. Ommaning «aqli» uni tashkil etuvchilar aqlidan ancha 
past bo‘ladi. Shuning uchun ham ommaning taz’yiqiga uchramaslik uchun har bir kishi aqlan
mulohaza yuritishdan bosh tortishi, munozaradan qochishi lozim. 
4. Shaxsiy mas’uliyatning yo‘qolishi. Ommaga qo‘shilib qolgan shaxs shunchalik 
hissiyotlarga berilib ketishi mumkinki, u o‘z harakatlarini nazorat qilish, o‘z ishiga mas’uliyatni 
esidan chiqaradi. Yakka holda sodir qila olmaydigan ishini, u ommaga qo‘shilib qilib qo‘yishi 
mumkin. 
Bunday xolatning, ya’ni shaxsning omma orasidagi psixologiyasi to‘g‘risidagi fikrlarni 
ayni shunday tarzda Ortegi Gasset va Ernesto Grassilar ham ko‘rsatib bergandirlar.
Shunday qilib, omma tartibsiz, u mustaqil ravishda tartib o‘rnatish qobiliyatiga ega emas. 
Shuning uchun ham unga doimo “dohiy”
kerak, dohiylar — elita tashqaridan kelib omma
o‘tasida tartib o‘rnatishi mumkin. Bu fikrlarning mafkuraviy ma’nosi tushunarli, chunki 
omma deganda, ular ishchilar sinfini, dohiylar deganda esa, burjuaziyani nazarda tutishgan.
Demak, shaxs va jamiyat ziddiyatlari masalasi omma psixologiyasi tarafdorlari nazariyasida
ayrim shaxslar — dohiylar foydasiga hal qilindi. Lekin bu nazariya, nima uchun ommaviy 
hodisalarda ommaning o‘zidan chiqib qoladigan liderlar, ommaning ba’zan tashqaridan hech 
kimni tan olmay qolishi masalalariga umuman javob topa olmadi, chunki ularning ham fikrlarida 
ko‘proq idealizmga moyillik sezilib turardi. 

Yüklə 219,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin