Ijodkor o‘qituvchi jurnali


IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI



Yüklə 425,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix05.05.2023
ölçüsü425,33 Kb.
#107918
1   2   3
Ziyoqulova Aziza Shuhrat qizi

IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
 
5 OKTYABR / 2022 YIL / 22 – SON 
167 
Ilg`or p
еdagogik tеxnologiyaning juda ko`p usullari mavjud bo`lib ular sеmеnar darslar, 
konf
еrеntsiya darslari, “Aqliy hujum”, “Kichchik guruhlarda ishlash”, “Singkvеn”, “BBB” 
(bilar edim, bilishni hohlayman, bilim oldim), “D
еbatlar”, “Tanqidiy tafakkur” metodlari va 
“Estafeta”, “Kim tez topadi?” usullaridir. Bu metod va usullardan o`quvchining yoshi, 
psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin.Ona tili va o`qish 
savodxonligi darslarini o`qitishda noan'anaviy dars usuli yuqori samara b
еrmoqda. 
O`qituvchi bir soatlik dars davomida mana shu m
еtodlarning bir nеchtasidan samarali 
foydalana olsa, u ilg`or p
еdagogik tеxnologiya asosida noan'anaviy dars o`tgan bo`ladi. Shu 
o`rinda quyidagi usullardan namunalar keltiramiz “Estafeta” usuli. 
Ona tili fanidan ma‟lum bo‟lim va bobni takrorlashda estafeta o‟yini shaklidan 
foydalansa bo‟ladi. Buning uchun sinf o‟quvchilari ikki guruhga bo‟linadi. Guruhlar soniga 
mos ravishda hakamlar o‟quvchilarning javoblariga baho qo‟yib boruvchilar tayinlanadi. O‟yin 
boshlanishi bilan har ikki guruhdan boshqaruv stoli yoniga bittadan o‟quvchi keladi va 
bittadan savol olib o‟z guruhi yoniga qaytadi. Agar u savolga javobni bilsa, guruh bilan 
maslahatlashib o‟tirmasdan hakam qarshisiga boradi va javob bergach, tezgina savol 
qog‟ozchasini galdagi guruhdoshiga tutqazadi. O‟yin har ikki guruh o‟quvchilari bittadan savol 
olib bo‟lguncha davom etadi. So‟ngra qo‟yilgan ballar asosida guruh g‟olibi aniqlanadi. 
“Kim tez topadi?” usuli. O‟quvchilar guruhga ajratiladi. O‟yinning sharti: Shunday 
so‟zlarni topingki, ularning bosh harfi olib tashlansa ham ma‟lum ma‟no bildirsin. Birinchi 
guruh o‟quvchilari ot bilan otga: ikkinchi guruh fe‟l bilan fe‟lga, uchinchi guruh aralash so‟z 
turkumlariga misollar yozadilar. 
1-guruh 2-guruh 3-guruh 
qasr-asr sochmoq-ochmoq sariq-ariq 
choy-oy sotmoq-otmoq ayamoq-yamoq 
Vaqtning bo`lishiga qarab, o‟yinning ikkinchi qismida guruh qatnashchilari o‟zlari 
yozgan so‟zlarga misol keltiradilar. Qasr, asr misoliga shunday gapni keltirish mumkin: 
Qo‟shnimiz shunday uy qurdi desangiz, uy emas-qasr. 
Noan'anaviy darslarni o`tish uchun o`qituvchi ham o`quvchi ham puxta tayyorgarlik 
ko`rishlari k
еrak, yani har bir mavzuga o`qituvchi ko`rgazmali qurol, rangli rasmlar, tarqatma 
materiallar bo`lishi muhim. 
Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, noan'anaviy darslarda o`quvchining faol 
ishtirok etishi, uning yozma va og`zaki nutqini rivojlantirishga, mustaqil fikrlashga, o`ylashga 
va xulosa chiqarishga o`rgatadi. Bunday darslarda o`quvchi z
еrikmaydi, faol qatnashadi, dars 
qiziqarli bo`lganligi uchun ham o`tilgan mavzu hamda dars uning xotirasida uzoq vaqt 
saqlanib qoladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. O„zb
еkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda 
o„zb
еk tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari 
to„g`risida”gi PF-6084-sonli Farmoni // qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi, 21.10.2020 
y. 06/20/6084/1398-son. 



Yüklə 425,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin