Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan


-bob. Oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishni komissiya tomonidan ko‘rib chiqish



Yüklə 444,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix01.12.2023
ölçüsü444,81 Kb.
#170657
1   2   3   4   5   6   7
605 24.09.2021

4-bob. Oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishni komissiya tomonidan ko‘rib chiqish 
tartibi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
12. Mas‟ullar taqdim etgan ariza beruvchilar to„g„risidagi ma‟lumotlar bir kun muddatda 
komissiya tomonidan o„rganib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. 
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
13. Komissiya ishining tashkiliy shakli yig„ilish hisoblanadi. Komissiya majlislari 
komissiya a‟zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o„tkaziladi. Bunda, ariza 
beruvchi ta‟lim olayotgan fakultet dekanining masalaga mas‟ul o„rinbosari, tyutor, xotin-qizlar 
kengashi raisi, yoshlar yetakchisi bir vaqtning o„zida komissiya yig„ilishida ishtirok etishi shart. 
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son) 
14. Komissiya yig„ilishlarida ishtirok etayotgan a‟zolarning uchdan ikki qismi yoqlab ovoz 
bergan komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yig„ilishlarda qabul qilingan 
qarorlar yig„ilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 
15. Komissiyaning barcha yig„ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror 
shaklida qabul qilinadi. 
16. Komissiya uning vakolatlariga tegishli masalalarni komissiya raisi boshchiligida 
o„tkaziladigan yig„ilishlarda ko„rib chiqadi. 
17. Komissiya raisi: 
komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan 
doimiy nazoratni amalga oshiradi; 
komissiyaning yig„ilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi
komissiya vakolatiga tegishli bo„lgan masalalarni uning yig„ilishida ko„rib chiqish uchun 
kiritadi; 
komissiya qarorlarini tasdiqlaydi. 
18. Komissiya kotibi: 


komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya a‟zolarini komissiya yig„ilishining 
o„tkaziladigan joyi, vaqti va sanasi to„g„risida xabardor qiladi; 
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi; 
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya a‟zolariga 
yuboradi; 
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi; komissiya ish yurituvini 
amalga oshiradi. 
19. Komissiya hujjatlari davlat oliy ta‟lim muassasasining arxivida belgilangan 
muddatgacha saqlanadi. 
20. Zarurat bo„lganda, taqdim etilgan hujjatlardagi ma‟lumotlarga aniqlik kiritish 
maqsadida ariza beruvchi suhbat uchun Komissiya yig„ilishiga chaqirilishi mumkin. 
21. Komissiya arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq 
ko„rib chiqadi. 
Komissiya yig„ilishlari, ularning oshkoraligi va xolisligini ta‟minlash maqsadida uzluksiz 
videotasvirga (ovozli) tushiriladi hamda oliy ta‟lim muassasasi arxivida belgilangan muddatgacha 
saqlanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
22. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma‟lumotlar asosida ariza beruvchiga oylik ijara 
to„lovining bir qismini qoplab berish yoki berishni rad etish to„g„risida qaror qabul qiladi. 
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-
avgustdagi 376-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 
09/23/376/0607-son) 
Talabgorlarni tanlash komissiya tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik 
tamoyillari asosida amalga oshiriladi. 
Oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab berish yoki berishni rad etish to„g„risida 
komissiya maxsus reyestrni yuritadi. 
23. Ko„rib chiqish yakunlari bo„yicha komissiya yig„ilishining bayonnomasi asosida bir 
kun muddatda davlat oliy ta‟lim muassasasi rektori (filial direktori)ning tegishli buyrug„i 
rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan Talabgorlar to„g„risidagi tegishli ma‟lumotlar va 
ularning ro„yxati to„lovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi. 
Komissiyaning ijara to„lovining bir qismini to„lab berish yoki ijara to„lovining bir qismini 
to„lab berishni rad etish to„g„risidagi qarori asoslantirilgan ravishda oliy ta‟lim muassasasining 
tegishli e‟lonlar taxtalari, rasmiy saytlarida aks ettirilishi komissiya kotibi tomonidan ta‟minlanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
24. Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va 
noto„g„ri ma‟lumotlar taqdim etgan talabalar ro„yxati shakllantirilib boriladi.
Ushbu talabalar ro„yxatiga tushgan talabalarga komissiya qarori asosida oylik ijara 
to„lovining bir qismini qoplab berish to„xtatilishi mumkin. 
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
25. Quyidagi holatlarda ariza beruvchiga oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab berish 
rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi ushbu Nizomning 
24-bandida
ko„rsatilgan talabalar ro„yxatida mavjud 
bo„lganda;
ariza beruvchining ijara shartnomasida ko„rsatilgan manzilda yashamasligi, ijarada 
yashayotgan manzil ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli ekanligi, ijara shartnomasi tegishli 
tartibda rasmiylashtirilmaganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda noto„g„ri yoki soxta ma‟lumotlar mavjud bo„lganda;
ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda. 
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son) 


26. Oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab berishni rad etish to„g„risidagi qarorda 
ko„rsatilgan kamchiliklarni to„g„rilash imkoniyati bo„lgan taqdirda ariza beruvchi ushbu Nizomda 
belgilangan umumiy tartibda takroran murojaat qilishga haqli. 

Yüklə 444,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin