Iii. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish


Banklarning kelib chiqishi



Yüklə 30,87 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2022
ölçüsü30,87 Kb.
#70967
1   2   3   4
banklarning kelib chiqishi

Banklarning kelib chiqishi
Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan ijro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi.
Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. bank muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi.
Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi ya'ni korxonalarga egalik xuquqini rasmiylashtirishni yo'lga qo'ydi va ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi.
Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (masalan, 90-yillar boshida AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan) bank boʻlishiga qaramay, ulardan 3—4 tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati doirasidagina emas, shu bilan birga jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bank iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. bank pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishida qatnashib, foyda normasining tenglashuvini taʼminlaydi.
Ipotekaviy kreditlash­ning rivojlanish davri. Bank xizmatlarining mazkur yangi shakli mahalliy aholi tomoni­dan darhol ijobiy baholandi. Aholining bar­cha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko'zda tutuvchi ushbu manba O'zbekiston Respublikasi “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi Qonunlari orqali mustahkamlandi.
O'zbekiston Respublikasining“Iste'mol krediti to'g'risida”gi Qonuni iste'molchilar­ning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholining imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, binobarin, banklarda iste'mol kre­ditlash hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.
2006- yilning oktyabr oyida esa O'zbekiston Res­publikasi “Ipoteka to'g'risida”gi qonuni kuch­ga kirdi. Ko'chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o'zida mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipote­kaviy kreditlash rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad ko'chmas mulk­ka garov qo'yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. O'zbekiston Respub­likasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori doirasida uy-joylar qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator mexanizmlar joriy etildi.
Bu davrda, shuningdek, banklarning strategiya­lari naqd pul muomalasini mustahkamlashga, har bir filialda naqd pul zahiralarini shakllan­tirishga va o'z faoliyatida samaradorlikni oshi­rishga qaratildi.
“2005–2007 yillarga mo'ljallangan bank tizi­mini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko'rsatkichlarining barqaror o'sishini ta'min­lagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirishda muhim omil bo'ldi. Bu borada pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta,­ uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish, banklarda aholi omo­natlarini ko'paytirishni rag'batlantirishga ustuvor yo'nalishlar sifatida e'tibor qaratildi. Rivojlanish sari doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga mamlakatimiz hukumati to­monidan o'z vaqtida taqdim etilgan imtiyozlar kredit muassasalari o'z yangi instrumentlari­ni ishlab chiqadigan va taklif qiladigan bank-moliya bozorining shakllanishini oldindan belgilab berdi.
Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ular­ning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiy-tuzilmaviy o'zgarishlarda ishtiroki yanada faol­lashgan davri. O'sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig'idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, ti­jorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog'liq xarajatlari ham soliq undirish ba­zasidan chiqarildi.
Shu tariqa, asosiy e'tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirbosh­lash kursi barqarorligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag'bat uyg'otib, ular­ning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar ochishga kirishishi bilan bog'liq ijobiy holatlar ko'paydi. Bu davrda aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, banklarni res­publikamizdagi yan­gilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo'yildi. Uning muvaffaqiyati bank­larning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni aktsiyadorlashti­rish va ularning mulkchilik shaklini o'zgartirish jarayonlari jadallashdi. Banklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talab­laridan kelib chiqib, o'z rivojlanish kontsep­tsiyasiga rioya etgan holda strategiyasini tako­millashtirib bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshi­rish o'z faoliyatini diversifikatsiyalash, yangi aktsiyadorlarning mablag'larini jalb etish, IT-texnologiyalar asosida yangi bank mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga amalga oshirildi.
Valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha so'm konvertatsiyasini ta'minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan bog'liq bo'lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatdi. Chu­nonchi, 2003 yilning 15 oktyabridan O'zbekiston Re­spublikasi Xalqaro Valyuta jamg'armasi Bitimi­ning VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada korxonalar joriy operatsiyalar bo'yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu masala yuzasidan O'zbekistonning tashqi mablag'larni jalb etmay, amalda o'z resurslariga tayanib maqsadga erishgani yuksak e'tirofga sazo­vor. Mazkur choralar milliy valyuta konvertatsi­yasidan foydalangan mahalliy tadbirkorlar fao­liyatini kengaytirishga yaqindan yordam berdi.
Bu haqiqatan ham boy va sermahsul faoliyat­ning qiziqarli davri edi. Markaziy bankning valyuta siyosati inflyatsiya darajasini ushlab turish va milliy valyuta kursi keskin tebra­nishining oldini olish barobarida eksport­ni rag'batlantirish hamda valyuta resurslari­dan samarali foydalanishga qaratilgan edi. O'zbekistonning asosiy eksport tovarlariga nis­batan dunyo bozorlarida qulay narx kon'yunktura­si, shuningdek, eksportga yo'naltirilgan valyuta siyosatining olib borilishi eksport va oltin-valyuta zaxiralari hajmining oshishiga imkon berdi.


Bank tizimini isloh qilishga qaratilgan ish­lar davom ettirildi. Uning asosiy yo'nalishlari sifatida banklar boshqaruvida aktsiyadorlarning rolini oshirish orqali korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, banklar moliyaviy barqarorligini ularning aktivlari, jumladan, valyuta aktivlari sifatini yaxshilash evaziga ku­chaytirish, bank ishini yanada takomillashtirish va banklar tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlarini tobora kengaytirish, tijorat bankla­rining investitsion jarayonlardagi rolini oshi­rish va mulkchilikning barcha shaklidagi tadbir­korlik tuzilmalarining kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning liniyalari bo'yicha ham) foydalanish mexanizmi takomillashtirilganini qayd etish joiz.
O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafo­latlari to'g'risida”gi Qonuni doirasida Fuqa­rolarning banklardagi omonatlarini kafolat­lash fondi tashkil etildi. Davlat-tijorat Xalq bankidan tashqari, respublikamiz hududida o'z faoliyatini olib boruvchi barcha banklar unga a'zo bo'ldi. Ishonchlilik, xizmat ko'rsatishning yuqori sifati, barcha mijozlar bilan o'zaro sheriklik munosabatlari O'zbekiston banklari faoliyatida asosiy printsiplarga aylana bordi.
Bank tizimi faoliyatining institutsional asoslari takomillashtirildi. Bank sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko'zda tu­tib qabul qilingan dasturiy hujjatlar uning samaradorligini oshirishni oldindan belgilab berdi. Mazkur hujjatlar zamirida bank fao­liyatini liberallashtirish jarayonining ti­zimli va bosqichma-bosqichlik tamoyillari yota­di. Ushbu tamoyillarga amal qilish aholining mamlakat banklariga nisbatan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini berdi. Bunday yondashuv, shubhasiz, barqaror va ishonchli bank tizimini tashkil qilish jarayonida ulkan yutuqdir.


Yüklə 30,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin