Masadni amalga oshirmoq uchun belgilangan vazifalar:
IV guruh kationlari reaksiyalarini bajarish;
Guruh reagentini tanlash, IV analitik guruh kationlarini ajratish va aniqlashdagi xususiy reaksiyalarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Tekshiriluvchi eritmada dastlabki sinovlarni o’tkazish;
IV guruh kationlarini boshqa guruh kationlaridan ajratish;
Nomalum tarkibli aralashmadan IV guruh kationlari tahlilini bajarish;
Tarkibiga mazkur guruh kationlari kirgan tibbiy preparatlarni tahlil qilishni bilmoq kerak.
Laboratoriya ishi Reaktivlar
Tuz eritmalaridan:
alyuminiy (III), xrom (III), rux (II) nitratli birikmalari, kobalt nitrat, ammoniy sulfidi, natriy gidrokarbonati, sariq qon tuzi eritmasi;
Magnezial aralashma;
6% li vodorod peroksid eritmasi;
Sulfat kislota 1:4
Organik reaktivlar va erituvchilar:
50 % li etil spirtdagi alizarinning to’yingan eritmasi;
0,1% li ditizonni xloroformdagi yoki to’rt xlor uglevodoroddagi eritmasi;
amil spirti;
dietil oddiy efiri
Natriy gidrokarbonatning kristali
IV GURUH KATIONLARINING (Al3+, Cr3+, Zn2+) ANALITIK REAKSIYALARI Guruh reagenti-2 mol/dm3 NaOH eritmasidan ortiqcha olinib H2O2 ishtirokida olib boriladi.
IV guruh kationlariga umumiy tasnifi. Bu guruh kationlari nitratlari, xloridlari, alyuminiy, xrom, rux sulfatlari suvda eriydi. IV guruh kationlari Cr3+ dan tashqari rangsiz eritma, Cr3+ - ko’k binafsha ranglidir.
IV guruh kationlarining fosfatlari va karbonatlari suvda kam eriydi. Bu guruh kationlari kuchli ishqoriy sharoitda gidroksokomplekslarni hosil qiladi: [Al(OH)4]-, [Al(OH)6]3-, [Cr(OH)6]3-, [Zn(OH)4]2-.
IV guruh kationlari gidroksidlari ammiak eritmasida erimaydi, faqat rux [Zn(NH3)4]2+ kompleks ionni hosil qiladi.
Guruh reagentining ta’siri.
Guruh reagenti NaOH, H2O2 ishtirokida Al3+,Zn2+ ionlari gidroksokomplekslar, xrom (III) esa oksidldanib CrO42- ionlarini hosil qiladi:
2Cr3++3H2O2+10OH- = 2CrO42-+8H2O