Iii-bob. Maxmud Asad Jo’shon "Haqiqiy sevgi" asari uning shaxs kamolotidagi o’rni va ahamiyati



Yüklə 25,99 Kb.
səhifə1/3
tarix24.10.2023
ölçüsü25,99 Kb.
#160226
  1   2   3
III-bob


III-bob. Maxmud Asad Jo’shon “Haqiqiy sevgi” asari uning shaxs kamolotidagi o’rni va ahamiyati.
III.1 Maxmud Asad Jo’shon asarlarida “Muhabbat yo’li muvaffaqiyat yo’li”dir g’oyasi va uning ilmiy ahamiyati
III. Maxmud Asad Jo’shon asarlarida “Alloh go’zal va u go’zallikni yoqtiradi, inson go’zalikka go’zallik bilan javob qaytarishi kerak” g’oyasi.
Maxmud Asad Jo’shon tadavvufning yirik vakili va o’z davrining haqiqiy tariqatchisi sifatida butun dunyo tarixida sezilarli iz qoldirgan buyuk shaxs. Uning asarlarini o’qib o’rganish chog’ida shuni anglab yetdimki insonning zohiriy va botiniy olami, undagi kechinmalar, insonning tashqi hayotga bo’lgan tasiri, odob axloq qoidalari va eng asosiysi allohga muhabbat g’oyasining inson hayotidagi o’rni va ahamiyati juda keng tarzda yoritib berilgan. Muhabbat g’oyasi Maxmud Asad Jo’shon asarlarida faqat allohga, yor ishqi esa faqat alloh uchun deb izohlanadi. Shu o’rinda shuni alohida aytish mumkinki tasavvufning buyuk tariqatlaridan biri bo’lgan Naqshbandiya tariqatida ham “Qo’ling mehnatda ko’ngling allohda bo’lsin’ g’oyasi olim asarlarida ham alohida izohlanib beriladi. Haqiqiy sevgi asarida muhabbat g’oyasi juda teran tarzda izohlab berilgan. Sevgi va muhabbat sinonim so’zlar sifatida jamiyat hayotida juda katta ma’noni belgilab beruvchi so’z hisoblanadi. Aslida “Muhabbat” soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli qarashlar mavjud. Baʼzilar ushbu soʻzni “muhovibat” soʻzidan olingan, deyishadi. Boshqa baʼzilar esa “muhabbat” soʻzining “hubb” (xum) soʻzidan kelib chiqqanini taxmin qilishadi. Ularning taʼkidlashlaricha, xum toʻlganida unda boshqa narsa uchun joy qolmaganidek, koʻngil ham muhabbat bilan toʻlganidan soʻng, unda sevmagan kishisiga joy qolmagay. Yana boshqa baʼzilar “muhabbat” soʻzining “habb” (don) soʻzidan kelib chiqqani toʻgʻrisida fikr bildirishadi. Jumladan, “habb” soʻzi toʻgʻrisida har bir magʻzli narsaning doni bor, deydilar. Shundan kelib chiqib, yurakning oʻrtasini “habbat ul-qalb” (yurak doni), deydilar va doʻst (sevgili, suyukli, mahbub, maʼshuq) oʻsha joydan oʻtsa, oʻshani “muhabbat” deb ataydilar.
Mustamliy Buxoriy “muhabbat” soʻzining maʼnolarini ochish uchun Ali ibn Muhammad Al-Katoniy fikrlariga asoslanadi: muhabbat bu oʻziga sevgili tanlab, uning roziligi yoʻlida oʻzini qurbon qilishni maqsad qilib qoʻyish va sevgilisining murodini oʻz murodidan ustun qoʻyishdir. Chunki sevgiliga yetishish barcha narsaga erishish, sevgilini qoʻldan berish esa) barcha narsani qoʻldan berish bilan barobardir. Va bu iysor ya’ni oʻzini fido qilish, oʻzini qurbon qilish, bir tomondan saxovat va olijanoblikdir, ikkinchi tomondan esa ixtiyoriy bir narsadir. Haqiqatda esa muhibning oʻzida ixtiyor boʻlmagay va muhabbat ixtiyoriylik bilan birga kelmagay. Yana boshqalar aytadilarki, muhabbat oʻzi yaxshi koʻrgan narsasini oʻzi yaxshi koʻrgan odamiga qoldirishdir. Buning maʼnosi shuki, muhabbat iysor (fidokorlik) boʻlmagan, balki istigʻno (beniyozlik, ehtiyojsizlik) boʻlgan narsani yaxshi koʻrgan kishisiga qoldirish emasdir. Chunki tarkidunyo qilish muhabbatdan belgi emas, balki undan voz kechish muhabbatdan nishondir. Muhabbatning yana bir maʼnosi muhibni oʻz manfaatidan voz kechishidir. Yaʼni muhabbat haqiqiy boʻlsa, muhib suyganidan oʻz murodini emas, balki oʻzidan suyganining murodini izlaydi. Zero, xalq orasida ham shu narsa mashhurki, kimki birovni yaxshi koʻrsa, uning murodini izlaydi. Agar muhib oʻzidan suyganining murodini izlasa, oʻsha suyganini suyishi rostdir. Ammo agar muhib suyganidan oʻz murodini izlasa, demak uni suymaydi, balki oʻzini suyadi. Bunday kishi muhabbatga daʼvogar hisoblanadi, ammo muhib emas. Barcha daʼvogarlar ojizdirlar, chunki kuchlilarning daʼvogarlik qilishga ehtiyojlari yoʻqdir. Shundan kelib chiqqan holada ham takidlash joizki, muhabbat g’oyasi uning shaxsga va allohga nisbatan aytilishi, shaxs kamolotidagi o’rni va roli haqiqatda juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Aynan Maxmud Asad Jo’shonning “Haqiqiy sevgi” asarida esa olimning hayot yo’lidagi muhabbat g’oyasi bpo’yicha ko’rgan kechirganlari, shuningdek nazariy asosda islomga muhabbat g’oyasining qanday tarzda mos kelganligini izohlab ko’rsatib berganlar. Allohga bo'lgan muhabbat barcha darajalarning eng oliy darajasidir. Allohga muhabbatdan keyingi har qanday daraja uning mevasidir. Va undan oldingi daraja yo'q, faqat Allohga yo'l. Allohga bo'lgan muhabbatni so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi, har qanday ta'rif uni faqat qadrsizlantiradi, uning ta'rifi - bu hissiyot, chunki ta'rif faqat fan va fanlarga berilgan, sevgi - bu Allohni sevganlarning qalbini to'ldiradigan ruhiy tuyg'u. Bu tuyg'uni tergov qilib bo'lmaydi, faqat bo'lishi mumkin va sevgi haqida aytilganlarning hammasi faqat uning mevalarini tushuntirish va uning shartlarini oshkor qilishdir.
Buyuk shayx Ibn al-Arabiy(Alloh undan rozi bo'lsin) aytdilar: “Odamlar Allohga bo'lgan muhabbatning mohiyatini aniqlashda ikkiga bo'lindi. Va men uning mohiyatini aniqlay oladigan odamni ko'rmadim, chunki bu imkonsiz va uni aniqlaganlar faqat uning mevalari va izlarini aniqladilar ".
Tarixiy fikrlar va o’rganish asnosida shuni aytish joizki muhabbat ya’ni ilohiy muhabbat ikki xildir. Birinchidan, muhabbat 
Yüklə 25,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin