Ii bo`lim. 6-Modul. Marketing asoslari


Korxonaning asosiy maqsadi



Yüklə 232 Kb.
səhifə14/19
tarix02.01.2022
ölçüsü232 Kb.
#47101
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Marketing

Korxonaning asosiy maqsadi

Maqsadlar

Ko‘rsatkichlar

Bozorni egallash

Bozor ulushi, aylamna, tovarni roli va ahamiyati, yangi
bozorlarni qamrab olish


Rentabellik

Foyda, aylamnaga nisbatan rentabellik, shaxs kapitalini
rentabelligi, umumiy kapitalni rentabelligi


Moliyaviy barqarorlik

Kreditga layoqatligi, likvidligi, o'z-o'zini
moliyalashtirish darajasi, kapitalni tuzilishi


Ijtimoiy maqsadlar

Ish bilan konikish, daromad darajasi va ijtimoiy ximoya,
ijtimoiy integratsiya, shaxsiy rivojlanish


Bozordagi pozitsiya va
prestij


Mustaqilligi, imij, siyosiy sharoitga munosabati,
jamiyatni tan olishi



Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:

  • bozorni egallash;

  • rentabellik;

  • moliyaviy barqarorlik;

  • ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash;

  • bozordagi mavjud va prestijni tashkil tadbiq mustahkamlash.

Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo'yicha asosiy vazifalarni

shakllantirishga imkon beradi. Meffyert 1986 yilda 3 ta o'zaro bog'liq
marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko'rsatadi:


  1. Talabni tartibga solish bilan bog'liq bo'lgan bozor faoliyatiga kiruvchi
    vazifalar.


  2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.

  3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog'liq masalalar.


Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga
mos keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib
boriladi.


    1. Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketing turlari

Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo'libgina qolmay, balki
talabga ta’sir ham qilishdir. Xo'sh, bu ta’sir qanday bo'lishi kerak, boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarishga o'tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi?
Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo'lgan
vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish barajasi bilan, korxonaning o'z
iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing
strategiyasini tanlashga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos
keluvchi bir qancha strategiyasini alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Quyidagi
talab darajasi va unga mos keluchi marketing strategiyasini ko'rib chiqamiz.


  1. Salbiy talab. Agar xaridorlarning ko'pchilik qismi tovarni qabul
    qilmasa va undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida bo'ladi. Marketing
    xizmatlarining vazifasi - nima uchun bozor tovarni qabul qilmayapti, marketing
    dasturi tovarlarni mukammallashtirish orqali, narxlarni pasaytirish orqali tovarga
    bo'lgan qarashlarni o'zgartirish mumkinligini tahlil qilish va talabni yanada faol
    qo'llab-quvvatlashdir.


  2. Mavjud bo'lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari
    va e’tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda
    ushbu tovarga nisbatan qiziqish uyg'otishdir.


  3. Yashirin talab. Ko'pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo'lgan
    tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo'lmagan talabga ega
    bo'ladilar. Bu holda marketingning vazifasi - potentsial bozor hajmini aniqlash
    va talabni qondirishga qodir bo'lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.


  4. Pasayayotgan talab. Yertami-kechmi, har qanday korxonaning bir
    yoki bir necha tovariga bo'lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda
    konyunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli
    bozorlar topish yo'li bilan, tovar xususiyatlarini o'zgartirish yoki yanada
    samarali aloqalar (kommunikatsiya) o'rnatish bilan tovar etkazib benshni
    rag'batlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu yerda marketingning vazifasi -
    pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy
    yondashish lozimligini unutmaslikdir.


  5. Doimiy bo'lgan talab. Ko'pchilik korxonalarda tovar etkazib berish
    mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning
    asosiy fondlarini kam yoki ko'p yuklash muammoasini tug'diradi. Masalan,
    jamoa transportining asosiy qismida «tig'iz vaqtda» yo'lovchilar haddan ziyod
    ko'p bo'ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifsi - o'zgaruvchan (egiluvchan)
    baholar yordamida, rag'batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali
    talabning vaqt bo'yicha tebranishini tekislash yo'llarini izlashi lozim.


  6. To'laqonli talab. Bu talab to'g'risida tadbirkorlar o'z savdo
    tushumlaridan, foydalaridan to'liq konikish olgan holdagina gapiradilar.
    Marketing vazifasi iste’molchilarning tovarni afzal o'zgarishiga va raqobatning
    kuchayishiga qaramasdan talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat
    qilish lozim. Bu sharotida tovar sifatini yanada oshirish, unga xizmat
    ko'rsatishni yaxshilash, tovarning iste’molni qondirish darajasini doimiy nazorat
    qilish birinchi o'ringa chiqadi.


  7. Haddan tashqari yuqori bo'lgan talab. Bozordagi talabni qondirish
    mumkin bo'lgan darajadan talab darajasi yuqori bo'ladi. Bu holda
    marketingning vazifasi - talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish
    yo'lini izlab topishdir. Bu vaziyatda narxlarni ko'tarish orqali, talabni
    qisqartirishga qaratilgan rag'batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa
    choralar yordamida haddan tashqari yuqori bo'lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda marketingning maqsadi - talabni butunlay yo'q
    qilish emas, balki faqatgina uning darajasini pasaytirishdan iborat.


  8. Noratsional talab. Tovarga bo'lgan talabga qarshi harakat qilish,
    sog'liqqa zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab
    qiladi, sigaretlar, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar
    o'tkaziladi. Marketing vazifasi mahsulot zarari to'g'risida ma’lumotlar tarqatish,
    narxlarni ko'tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali,
    iste’molchilarni o'z odatlaridan voz kyechishga ishontirish.


Shunday qilib, talabning 8 holatiga to'xtalib o'tdik. Mana shu holatlarning
har biriga to'g'ri keladigan marketing turlari quyidagi rasmda keltirilmoqda.





Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin