Nazorat savollari
1. Tashkil etish nazariyasining mohiyatini tushuntiring.
2. Tashkiliy munosabatning tarkibiy qismlarini aniqlash
3. Tashkiliy va iqtisodiy munosabatlarning о‘zaro bog‘liqligi deganda nimani
tushunasiz?
4. Boshqaruv ishlarining maxsus turlariga nimani kiritish mumkin?
5. Vertikal va gorizontal boshqaruv tashkiliy aloqalarini tushuntiring.
Tayanch iboralar: tashkil etish, ishchi kuchi, mehnat qurollari, buyumlari,
tashkiliy munosabat, vertikal va gorizontal boshqaruv tashkiliy aloqalari, shakllar,
usullar.
2.2. Menejment tizimlarini loyihalashtirish
Har qanday tashkilotning faoliyati о‘zgaruvchan tashqi muhitda kechadi va
korxonaning unga moslashishi kо‘p jihatdan uning yashovchanligini va
samaradorligii belgilab beradi. Tashqi muhit bilan aloqani, birinchi galda,
korxonani
boshqarish
tizimi
amalga
oshirishi
tufayli,
aynan
uning
moslashuvchanligi kо‘p jihatdan butun korxona faoliyatining natijasini belgilab
beradi. Boshqaruv tizimlarini moslashtirishning ikkita xili mavjud:
birinchidan, reaktiv moslashtirish, bunda tizimdagi о‘zgarishlar yuz bergan
tashqi о‘zgarishlarga javoban kechadi, korxonaning о‘zi esa quvlab yetuvchi rolida
ishtirok etadi;
ikkinchidan, proyektiv moslashtirish, bunda boshqaruv tizimi tashqi muhit
dinamikasining yо‘nalishlarini prognoz qiladi, о‘zi о‘zgaradi va boshqariladigan
kichik tizimlarni о‘zgartiradi.
115
Loyihalashtirish
(lot.
projectus
-
oldinga uloqtirilgan)
loyihaviy
moslashtirish mexanizmi hisoblanadi. Menejment tizimi nuqtai nazaridan
loyihalashtirishning asosiy maqsadini о‘zining kuchli tomonlarini faollashtirib, о‘z
kamchiliklarining faoliyatning yakuniy natijalariga ta’sirini mumkin qadar
kamaytirgan holda, tashqi muhitning о‘ziga xos xususiyatlaridan tashkilot
manfaatlari yо‘lida samarali foydalanish imkonini beruvchi boshqaruv tizimini
yaratishdan iborat deb belgilash mumkin. Bunda tashkilot va о‘z navbatida, uning
boshqaruv tizimi faoliyatining ikkita asosiy mezonini ta’kidlash mumkin:
maqsadga muvofiqlik va samaradorlik. Maqsadga muvofiqlik deganda kerakli
ishni qila bilish, samaradorlik deganda esa mavjud resurslardan tejamli foydalana
olish tushuniladi. Maqsadga muvofiqlik samaradorlikka qaraganda muhimroq,
chunki tashkilot iste’molchilarga kerakli narsani qilishi lozim va faqat ana shu
holatda uning faoliyatining samaradorligi haqida sо‘z yuritish mumkin bо‘ladi.
Menejment tizimlarini loyihalashtirish jarayoni - bu korxona tashqi
muhitining holati va uni rivojlantirish istiqbollari, korxonaning missiyasi,
faoliyatining maqsadlari va ularga erishishning tanlangan strategiyalari, korxona
mulkdorlari va (yoki) rahbarlarining hayotiy maqsadlari va qadrlash yо‘nalishlari,
tashkilotlar va ularni boshqarish tizimlarining obyektiv rivojlanish qonunlari,
boshqaruv fani va boshqa gumanitar fanlar yutuqlari haqidagi axborotni
о‘zgartirishdir. Korxonani boshqarish tizimining asosiy tarkibiy qismlari jumlasiga
quyidagilar kiradi:
- korxonani boshqarish tamoyillari;
- bо‘linmalar funksiyalari va boshqaruv apparati xodimlarining tashkiliy
rollari;
- ta’minlovchi boshqaruv kichik tizimlari (yoki vositalari);
- boshqaruvning tashkiliy tuzilishi;
- boshqaruv jarayoni va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga
oshirish mexanizmi;
- korxonaning tashkiliy madaniyati.
116
Menejment tizimlarini loyihalashtirish uchun quyidagi tamoyillar asos qilib
olinishi mumkin.
1.
Maqsadlarning yagonaligi tamoyili, unga kо‘ra menejment tizimi, agar
u tashkilot maqsadlariga erishishda individlarning hamkorlik qilishiga yordam
bersa, samarali hisoblanadi.
2.
Samaradorlik tamoyili, unga kо‘ra menejment tizimi, agar u
insonlarning eng kam noxush oqibatlar yoki harajatlar asnosida maqsadlarga
erishishiga kо‘maklashsa, samarali hisoblanadi. Bunda harajatlar deganda nafaqat
moddiy va moliyaviy resurslar tushuniladi. Shuningdek, bunga xodimlarning
mavjud boshqaruv tizimidan yakka tartibda va guruh bо‘lib qoniqish hosil
qilganligi ham kiradi.
3.
Zarur xilma-xillik tamoyili, unga kо‘ra boshqaruvchi tizimning
murakkabligi boshqarilayotgan obyektning murakkabligidan kam bо‘lmasligi
kerak. Tashkilotlar (korxonalar) tomonidan menejment tizimlarining yaratilishida
bunga quyidagilar hisobidan erishiladi:
1)
menejmentning har biri nisbatan mustaqil uchastkada о‘z vazifasini
hal etadigan turli kichik tizimlarini ajratish, ya’ni boshqaruv mehnatini funksional
taqsimlash amalga oshiriladi;
2)
boshqaruv apparatini, menejment darajalarini ajratgan holda, iyerarxik
tamoyil bо‘yicha qurish;
3) boshqaruv axborotining katta hajmiga ishlov berish uchun yuksak axborot
texnologiyalaridan foydalanish.
Menejment tizimini loyihalashtirish jarayonini ikkita nuqtai nazardan kо‘rib
chiqish mumkin: mazmuniy va tashkiliy.
Loyihalashtirish jarayonini mazmuniy nuktai nazardan kо‘rib chiqishda
uning asosiy bosqichlarini ajratish mumkin.
1. Korxonani boshqarish tamoyillari tashkilotlar rivojlanishining obyektiv
qonunlari, korxona rahbarlarining (mulkdorlarining) hayotiy qadriyatlari,
gumanitar fanlar yutuqlari, korxona maqsadlaridan kelib chiqib ifodalanadi.
117
2. Korxonaning maqsadlari, ularga erishishning tanlangan strategiyalari,
korxonaning imkoniyatlari, tashqi muhitining holati va uning rivojlanish
dinamikasi asosida boshqaruv tizimi oldiga qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun
bajarishi lozim bо‘lgan ishlar aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |