dan joy olgan. Har bir arxegoniyni tuzilishi kolbachaga
o'xshash bo'lib, qavarib turgan pastki qismida, ya'ni
qorinchasida tuxum hujayra yetiladi. Uning ustki tor
qismi ingichkalashib bo'yinchasini hosil qiladi. Bo‘yin-
chadan kanal o'tadi. Arxegoniylar perixetsiya degan
maxsus qoplag'ich bilan o'ralgan holda to‘da-to‘da
bo'lib, ularning bo‘yin qismi pastga qaragan bo'ladi. Har
bir arxegoniy yana alohida periantsiy deb ataluvchi
qavat bilan himoyalangan. Arxegoniy yetilgan vaqtda,
bo'yin qismini uchi ochiladi va undagi kanalcha hujay-
ralari shilimshiq modda ishlab chiqarib, kanalning
ichini to'ldiradi. Ayni shu vaqtda anteridiyda yetilgan
ikki xivchinli spermatozoidlar tashqariga chiqib, suv
tomchilari bilan arxegoniylarga kelib tushadi. Kelib
lushgan spermatozoidlar kanal orqali, tuxum hujayraga
yetib kelib qo'shiladi va natijada otalanish sodir bo'ladi.
Otalangan tuxum hujayradan jinssiz nasi sporogoniy
hosil bo'ladi. Yetilgan sporogoniy qisqa band va ko'sak-
chadan iboratdir. Ko'sakchada gaploid to'plamga ega
bo'lgan sporalar bilan prujinachalar yoki elateralar
i ivojlanadi. Sporalar yetilgandan so'ng, ko'sakcha yuqo-
ri tomonidan yoriladi va bir necha spora va prujina
chalar tashqariga sochiladi. Sporalarni tarqalishiga
asosan prujinachalar yordam beradi. Spora qulay sha-
roitga tushgandan keyin o'sa boshlaydi. Dastlab u
protonema ipini, keyinchalik plastinkagacha aylanib,
yangi marshantsiya o'simligi tallomini hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: