I oliy va o`rta



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/51
tarix16.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#75531
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Nazorat topshiriqlari: 
1.Test. Islom dinida qanday asosiy g‘oyalar ilgari surilganq
A) «Qur‘on» da insonni axloqiy kamolga etkazishda yaxshi kishilar o‘rtasidagi 
kelishmovchiliklarning oldini olish, ularning totuv yashashiga erishishdir.
B) Islomdagi asosiy g‘oya insonning aqliy kamolotiga etishiga qaratilgan.
V) Islom dinida insonning axloqiy, aqliy,ruxiy va ma‘naviy etuklikka chorlaydi. 
Odamlarni yaxshilika da‘vat etadi, yomonlikdan qaytaradi. Tenglik, tinchlik, erkni 
tarannum etadi. 
2. Test: Kishilarni ilim olishga oid «Qur‘on» ning «Zumar» surasining 9-oyatida 
nima deyilganq
A) Endi erga noxaq kibru xavo qilib yuradigan, agar barcha oyat-mo‘‘jizalarni 
ko‘rsa ham ularga iymon keltirmaydigan oyat- mo‘‘jizalardan burib yuboraman.
B) Ayting. «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi»q 
Darxaqiqat faqat aql egalarigina pand nasixat olurlar.
V) Sabrli, sabotli bo‘lish bu qiyinchiliklarga bardosh berishrishdir.
«Qur‘on» dagi ilmga axloq-odobga oid suralarni o‘rganib mohiyatini izohlang. 
Islom dinining asosiy maqsadlari va undan kelib chiqqan holda vazifalarini tahlil 
qiling. 
Islomda umuminsoniy tarbiyaning o‘ziga xos tomonlarini milliy tarbiyaga 
uzviybog‘liqligini taqqoslab ko‘ring. (baholash) 
2-asosiy savolning bayoni
Musulmon maktablarida ta‘lim - tarbiyaning mazmuni. 
Maqsad: Musulmon maktablarida ta‘lim - tarbiyaning mazmunini talabalarga 
tushuntiriladi, ularni o‘rganishga qiziqish uyg‘otadi.
Identiv o’quv maqsadlar: 
1. Musulmon maktablarida ta‘lim – tarbiyaning mazmuni tushuntirib beradi.
2. Musulmon maktablarida ta‘lim –tarbiyaning mazmunini izohlab beradi.
3. Musulmon maktablarida ta‘lim –tarbiyaning mazmunini tahlil qiladi. 
4. Musulmon maktablarida ta‘lim – tarbiyaning mohiyatini dalillab beradi.
XII – asr boshlarida islom g‘oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, 
bu davlat o‘z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakattalarni zabt etishni 
boshladi. Butun arabiston yarim oroli shuningdek, Eron, Kavkaz orti yurti, Suriya 
Shimoli Afrika, Janubiy Ispaniya xalifalik tarkibiga kiritildi. XII–asr o‘rtalaridan 
boshlab arablar Movoraunnaxrga ham yurish qildi va qiyinchilik bilan zabt etdi. 
Arab istilochilari bosib olingan erlarga halqni islom diniga kirita boshladilar. 
Tarixchi At – Tabasarining «At –Tabariy tarixi», Narshaxiyning «Buxoro tarixi» va 
boshqa tarixiy asarlarida keltirilishicha, arab istilochilarining Movoraunnaxr 
halqini islom diniga kiritish jarayoni qiyin kechgan va bir necha yillarga cho‘zilgan. 
Chunki Mavoraunnaxr arab istilosigacha ham ma‘naviy ham iqtisodiy taraqqiy 


72 
etgan mamlakat bo‘lib, uning aholisi arab bosqinchilariga tezda bo‘ysina qolmadi. 
Aholining istilochilarga bo‘ysinishini istamaganligining asosiy sabablaridan biri 
istibdod va qatog‘onlar bilan bir qatorda, bosqinchilarning maxaliy halqining yillar 
davomida tarkib topgan boy ma‘naviy me‘rosi-san‘ati, adabiyoti, yozuvini, asari-
atiqalarini poymol etishga harakatta qilganligi ham bo‘ldi. Shuning uchun ham arab 
istilochilari halqni bo‘ysundirish uchun harbiylar bilan bir qatorda, isolm dini 
targ‘ibotchilaridan ham foydalandilar va asta sekin ma‘lum natijalarga erisha 
boshladilar. Arablar isom dinini tarqatishda turli usullardan foydalandilar. Jumladan 
islom dinini qabul qilganlar soliqdan ozod etildi.
Halifalar istilochilik siyosatini o‘tkazar ekanlar barcha halqlar ustidan 
madaniy ustunlikni o‘rnatishga harakat qildilar chunki arab halqi XII asr boshlarida 
o‘ziga xos madaniyat adabiy til yaratgan bo‘lib, unda notiqlik va she‘riyat yuqori 
darajada qadrlangan. Ayniqsa Qur‘onning o‘zi ajoyib fazilatlarga ega bo‘lib, u o‘rta 
asr adabiyotining eng nodir adabiy yodgorligi orasida o‘rin olgan. IX asrda tarkib 
topgan «Ming bir kecha» ertaklari esa jaxon madaniyatining durdonalaridan 
hisoblanadi. Arab tili ham o‘z navbatida yangi madaniyat tili bo‘lib maydonga 
chiqdi bu madaniyat ham qadimgi arab madaniyati, shuningdek arab davlati 
xududida yashagan boshqa halqlar madaniyatining majmuasi edi. Arablar yunon 
fanining yutuqlaridan amaliy foydalandilar, ularning faylasuf olim, yozuvchilarning 
asarlarini tarjima qildilar. Astranomiya tibbiyot, kimyoga oid barcha yirik asarlar 
arab tiliga tarjima qilindi. Xatto arab olimlari sun‘iy oltin tayyorlash vositasi 
«falsafa toshi» ni izlaganlar yunonlardan tasnif etilib fanlar ikki qismga nazariy va 
amaliy qismlarga ajratildi. Birinchi qism uch bo‘lim – tabiat to‘g‘risidagi fan, 
iloxiyot to‘g‘risidagi va matematika fanlari bo‘lib ularga arifmetika xandasa, 
astranomiya va musiqa kiritilgan. 
Ikkinchi qism esa, etika, iqtisod va siyosatga bo‘lingan. Hind fani arab 
madaniyatiga asosan arifmetika, algebra, tibbiyot ta‘sir etgan. Evropaliklar ham 
sonlarning Hind nazariyasi bilan arablar orqali tanishganlar, aljabr algebra degan 
arabcha nomni qabul qilingan. Arablar ulkan davlat barpo etib, geografiya rivojiga 
ham katta ta‘sir ko‘rsatdilar. Masalan, arab mulklarining dastlabki Haritalari 9-asrda 
tuzilgan bo‘lib ularda daryolar oqimi to‘g‘risida mufassal ma‘lumot bo‘lgan. 
Ispaniyadan Markaziy Osiyo va Hind daryosigacha cho‘zilgan musulmon dunyosi 
bu Haritada batafsil ko‘rsatiladi. Ko‘p xududlarga Arabcha nomlar beriladi. 
Xususan, Mavoraunnaxr ham arabcha bo‘lib « Daryo orti» ma‘nosini bildiradi.
Islom arabiston yarim orolida uning ko‘p asrlik tarixidan o‘sib chiqqan diniy-
siyosiy oqim sifatida vujudga kelgan bo‘lsa, ayni paytda u qadimgi dunyoni idrok 
etishning va o‘rta asr jamiyatining tiklanish davrida butun yaqin sharq ma‘naviy 
ehtiyojiga aks sado ham bo‘ldi. Siyosiy g‘alaba hamda o‘ziga yangi va o‘zga 
qarashlarni singdira bilish tufayli u o‘rta asr davri borliqni mafkuraviy idrok 
etishning asosiy shakllaridan bo‘lib qoldi. Islomning g‘alaba qilishida uning 
asoschisi Allohning vakili bo‘lgan payg‘ambarimiz Muhammad Alayxisalomning 
shaxsi katta rol‘ o‘ynaydi. qur‘on oyatlarini o‘rganish o‘zgalik bilan o‘zlikning 
islomga uyg‘unlashuvini aniq belgilash uning asoschisi shaxsini ko‘ra olish, xis 
etish imkonini beradi. Mavoraunnaxr boshqa istilo etilgan davlatlar qatorida islom 
dini bilan birga mazkur dinning muqaddas kitobi «Qur‘on» ning tili, arab tilini 
o‘rganish joriy etildi. Bu kitobni boshqa tillarga tarjima qilish taqiqlandi. 


73 
Musulmon maktablarida arab tili muhim fan sifatida o‘qitilardi, bilim shu 
tilda o‘rganilar edi. Arabistondagi kabi Mavoraunnaxrda ham barcha masjidlar
xuzurida maktablar ochiladi va o‘g‘il bollarga shu maktablarda Qur‘on o‘qishni 
o‘rgatishga farmon beriladi. Bolalarni masjid imomi o‘qitar edi. Musulmon 
ta‘limotiga ko‘ra har bir musulmon beshta asosiy ruknni bajarishi zarur. Birinchisi, 
«La ilaxo illallox va muhammadu-r-rasulullox» deb shahodatlik berish, ikkinchisi, 
nomoz o‘qish uchunchisi, zakot berish to‘rtinchisi, ramozon oyida ro‘za tutish, 
imkoniga ko‘ra xaj qilish. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin