Yana bir marta qaytaramiz!
1. Fanning muhim bilish irmog‘ini ilmiy yo‘nalish tashkil qiladi. O‘z navbatida ilmiy yo‘nalish bilimlarni sohaviy tarmoqlarga bo‘linishidan kelib chiqadi. Fan____fan tarmoqlari _____ fan yo‘nalishi.
2. Ilmiy yo‘nalish ilmiy jamoa va ilmiy maktab shug‘ullanadigan fan tarmog‘ini bir sohasidir. Ilmiy yo‘nalishni o‘zi bir qator struturaviy birliklardan tashkil topgan. Bular: kompleks tadqiqot dasturi, muammo, mavzu, masala.
3. Ilmiy muammo ma’lum izlanish sohasini qamrab olgan, samarali istiqbolga ega bo‘lgan murakkab masaladir.
4. Ilmiy muammoni manbai tadqiqotda vujudga keladigan muammoli vaziyatdir. Muammoli vaziyat yangi fakt va uni tushuntiraolmaydigan nazariya yoki ta’limot o‘rtasidagi ziddiyatdir.
5. Tadqiqotni samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan muammoni me’yoriy talablarga rioya qilgan holda tavsiflashga bog‘liq.
6. Mavzuni tanlash murakkab nazariy va metodologik faoliyat bo‘lib, uning ma’lum talablari va me’yoriy ko‘rsatkichlari mavjud. Dolzarbligi, yangiligi, mantiqiy izchilligi, tatbiq qilish imkoniyati va boshqalar.
7. Mavzu samaradorligini baholash ilmiy tadqiqot faoliyati unumdorligini oshirish, bilish va amaliyotga tatbiq qilish imkoniyatlarini kuchaytirish uchun zarurdir.
8. Ilmiy tadqiqot mavzusi va izlanish natijalari samaradorligini baholashda unumdorlik koeffitsiyenti yetarli bo‘lmasa, ekspertli baholash usulidan foydalanadilar.
9. Ilmiy tadqiqot ma’lum bosqichlar ketma-ketligidan iborat bo‘lib, har bir bosqichda rejada belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi. Tadqiqotning standart modeliga ko‘ra izlanish 6 ta bosqichdan iborat. Ish reja tuzishdan boshlanib, olingan natijalarni rasmiylashtirish, hisobot yozish, maqolaga chop qilish bilan yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: |