33
Xonaki ot Xonaki eshak Oddiy zebra
Tirik tug‘uvchi sutemizuvchilar kenja sinfi.
Xaltali sutemizuvchilar
Xaltalilarning
bolalari juda kichik va zaif tug‘iladi hamda urg‘ochisining xaltasida rivojlanadi. Xaltalilarga
kenguru, koala, xaltali sichqon, xaltali krot, opossum kabilar kiradi.
Qizil kenguru
Koala
Yo‘ldoshli
sutemizuvchilar.
Qo‘lqanotlilar
turku mi.
Ko‘rshapalaklar oldingi oyoqlarining uzun
barmoqlari va kеyingi oyoqlari
orasiga tortilgan tеri
parda ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Oldingi oyoqlarning
birinchi, orqa oyoqlarning barcha barmoqlari erkin.
Ko‘rshapalaklar tunda ov qilish uchun exolokatsiyadan
foydalanadi.
Kеmiruvchilar turkumi.
Kеmiruvchilarning yuqo-
ri va pastki jag‘laridagi bir juftdan yirik kurak tishla-
ri ning
faqat old
tomoni emal bilan
qoplangan. Bu tish-
lar doim o‘sadi. Tishlar
qattiq oziqqa ishqalanib, uchki
qismi doim charxlanib turadi. Qoziq tishlari bo‘lmaydi. Suv
qunduzi, olmaxon, ondatra, nutriya, sug‘ur, sichqon, kalamush
kemiruvchilarga mansub.
Toq tuyoqlilar turkumi
– o‘txo‘r
hayvonlar.
Barmoqlar soni toq, ya’ni 1
yoki 3 ta bo‘lib, muguz tuyoq bilan qoplan
-
gan. Uchinchi o‘rta barmoq kuchli rivojlangan.
Bu turkumga ot, eshak, qulon, tapir, karkidon, zebra
kiradi.
Kulrangbosh
ko‘rshapalak
Suv qunduzi