166
Ekosistema tabiiy (o‘rmon, cho‘l, daryo) va sun’iy (bogʻlar, xiyobonlar) bo‘ladi. Sun’iy
ekosistemalarni insonlar yaratadi (
11.9–11.10-rasmlar
).
11.9-rasm.
Tabiiy ekosistema.
11.10-rasm.
Sun’iy ekosistema.
Ekosistemalar muhit sharoitlari (biotop) va tirik organizmlar (biotsenoz)dan tashkil topgan.
Biotop
tirik organizmlar jamoasining yashash joyi va muhit omillarining yig‘indisidir.
Ekosistemaning notirik tarkibiy qismlari – ekotopni, yorug‘lik, harorat, namlik, havo –
klimatopni va tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan edafotopni tashkil etadi.
Biotsenoz tirik organizmlar yig‘indisi hisoblanadi. Biotsenozdagi yashil o‘simliklar
(fitotsenoz), hayvonlar (zootsenoz), zamburug‘lar (mikotsenoz) va mikroorganizmlar
(mikrobiotsenoz)ni tashkil qilib, ular o‘rtasidagi oziq orqali bog‘lanishlar hisobiga modda
-
lar va energiyaning tashqi muhitdan tirik organizmlar tarkibiga o‘tishi, ulardan esa yana
anorganik tabiatga qaytishi sodir bo‘ladi. Biotsenoz tarkibidagi tirik organizmlar va ular bilan
tashqi muhit omillari o‘rtasida ijobiy yoki salbiy munosabat bo‘ladi. Bunday munosabatlar
organizmlar o‘rtasidagi trofik (oziq) bog‘lanishlarni hosil qiladi, moddalar va energiyaning
davriy aylanishini ta’minlaydi.
Biotsenoz tarkibidagi anorganik moddalardan organik birikmalarni hosil qiluvchilar, ya’ni
avtotrof organizmlar
Dostları ilə paylaş: