23
Yassi chuvalchanglar tipi
Kiprikli chuvalchanglar sinfi So‘rg‘ichlilar sinfi Tasmasimon chuvalchanglar sinfi
Oq planariya Jigar qurti Qoramol tasmasimon chuvalchangi
Oq planariya ko‘l va daryolar tubida hayot kеchiradi. U yirtqich hayvon bo‘lib, chuval
-
changlar, qisqichbaqasimonlar va hasharotlar lichinkasi bilan oziqlanadi.
So‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinfi vakillari parazit hayot kechiradi. Parazit
hayvonlar voyaga yetgan davrida asosiy xo‘jayin
organizmida, lichinkalik davrida esa oraliq
xo‘jayin organizmida yashaydi. Jigar qurti voyaga yetgan davrida odam, qo‘y, sigir, ot
jigari ning
o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi. Og‘iz va qorin so‘rg‘ichlari yordamida parazit o‘t yo‘llariga
yopishib oladi. Jigar qurtining lichinkasi mollyuskalarda parazitlik qiladi.
Qoramol tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgan davrida odam ingichka ichagida parazitlik
qiladi. Tanasining uzunligi 8–10 mеtrga yеtadi. Gavdasining old tomonidagi to‘rtta so‘rg‘ichi
yordamida parazit o‘z xo‘jayini ichagi dеvoriga yopishib oladi.
To‘garak chuvalchanglar tipi
Odam askaridasining tanasi duksimon
shaklda, oqish yoki sarg‘ish rangda bo‘ladi.
Erkak askarida dumining
uchi qorin tomoniga
qarab ilmoqqa o‘xshash egilgan. Yopishish
organlari rivojlanmagan.
Askarida ingichka
ichakda parazitlik qiladi.
Halqali chuvalchanglar tipi
– gavdasi ko‘p
sonli halqalardan tashkil topgan hayvonlar.
Halqasimon chuvalchanglar tipi
Ko‘p tuklilar sinfi
Kam tuklilar sinfi
Zuluklar sinfi
Yomg‘ir chuvalchangi in qazib,
tuproqni yumshatadi, tuproqni ichagidan o‘tkazib, uni
donador qiladi. Bu esa tuproqqa suv shimilishi va havo kirishini osonlashtiradi.
Yomg‘ir chuvalchanglarining o‘simliklar uchun ahamiyatini muhokama qiling.
Bo‘g‘imoyoqlilar ikki tomonlama simmеtriyali, tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan.
Gavdasi xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki organlarni
himoya qilish va tashqi
tayanch-skеlеt vazifasini bajaradi.
Nereida dеngiz tubida
o‘rma lab hayot kechiradi.
Yomg‘ir chuvalchangi tuproq-
da hayot kechiruvchi, 8–15
cm uzun likdagi hayvon.
Tibbiyot zulugi tashqi parazit
sifatida
umurtqali hayvonlarning
qoni va tana suyuqligini so‘rib
oziqlanadi.
Dostları ilə paylaş: