I bob. Yozuvchining o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasi


II.BOB. "Tushda kechgan umrlar"- yaqin tariximizning badiiy talqini



Yüklə 83,78 Kb.
səhifə5/7
tarix04.07.2023
ölçüsü83,78 Kb.
#135646
1   2   3   4   5   6   7
O‘zbek adabiyoti tarixi fanidan O‘tkir hoshimovning tushda kec

II.BOB. "Tushda kechgan umrlar"- yaqin tariximizning badiiy talqini
2.1. Urush fojiasining inson taqdiridagi mudhish manzaralari
O‘zining minglab kitobxonlarini topgan O‘tkir Hoshimov asarlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki qardosh xalqlarning ham sevimli yozuvchisiga aylangan. Biz uning kitoblarini o‘qiganimizda ijodi xalq hayoti bilan naqadar yaqin ekanligining guvohi bo‘lamiz. Uning yozganlari afsona, ertak ham emas, sof haqiqat. Kitobxon unda yo otasi, yo akasi va yo yaqin kishisi bilan uchrashadi. Olamdan nom-nishonsiz o‘tib ketgan, ammo shon-sharaf bilan yashagan kishilar ko‘z oldimizga keladi. Ularning quvonchlaridan ko‘nglimiz ko‘tarilsa, g‘amu – alamlaridan ko‘zlarimizdan duv-duv yosh to‘kiladi.
O‘tkir Hoshimov adabiyotga shaxsga sig‘inish barham topa boshlagan 50-yillarning oxiri 60-yillarning boshlarida kirib keldi. O‘zining dastlabki asarlari bilan atoqli adib Abdulla Qahhor nazariga tushadi, xalq mehrini qozonadi. Aytish mumkinki O‘tkir Hoshimov omadli yozuvchi. U adabiyot maydoniga kirib kelgan davrda ijtimoiy hayotda bo`lganidek, badiiy adabiyotda ham erkinlik shabadasi esa boshlagan vaqt edi. Bu paytga kelib yozuvchilar o‘z ko‘nglidagilarini ochiq aytmasa ham ancha erkin yoza boshladilar. Xuddi shu davrda O‘tkir Hoshimov asarlari birin- ketin dunyo yuzini ko`ra boshladi. Bir qator qissa va hikoyalari bilan xalq mehrini qozongan adib yetmishinchi-yillarning oxirlarida roman janriga qo`l urdi. “Ikki eshik orasi”, “Nur borki, soya bor” kabi romanlar tajribasidan so‘ng
O‘tkir Hoshimov o‘zining so‘ngi romani “Tushda kechgan umrlar” qo‘l urdi. Badiiy adabiyotda psixologik-ruhiy tasvirning o‘rni benihoya kattadir. Yozma adabiyotda psixologik-ruhiy tasvir tushunchasi ostida adabiy qahramonlarning ruhiy olami, ichki dunyosi, orzu-o‘ylari, kechinmalari, kayfiyatlari hamda intilishlarini yuksak badiiylik asosida tasvirlash san’ati yotadi. Uning mohiyatini esa, qahramon xarakteriga xos xislatlarning, ruhiy olamining qay holda, qay vaziyatda ochilishi belgilaydi. Yozma adabiyotda psixologik tasvir anchagina chuqur va ko‘p qirralidir, ya’ni unda, nafaqat ruhiypsixologik tasvir, balki ruhiy tahlil hukmronlik qilish darajasiga yetadi. Ruhiy tahlil kuchli bo‘lgan adabiy-badiiy asarlarda har bir deta , xatti-harakat, epizod, har bir voqea u yoki bu qahramonning ichki-ruhiy olamini ochishga bo‘ysundiriladi. Inson ruhiyati juda keng olam bo‘lib, undagi hissiyot va tuyg‘ular ham anglab bo‘lmas darajada cheksizdir.
Xuddi shu his-tuyg‘ular insonda ikki xil shaklda o‘z ifodasini topadi: birinchisi anglangan, ma’lum mantiqqa ega bo‘lgan, tashqi dunyoga nisbatan o‘zining qat’iy xulosa va yo‘nalishiga ega bo‘lgan tuyg‘ular. Bu tuyg‘u insonning jamiyatga, odamlarga, atrof-muhitga munosabati va bular haqidagi ma’lum tushunchaga ega bo‘lgan qarashlarni ifoda etadi. Bularning hammasini ong sintez qilib beradi, ya’ni ong bevosita ishtirok etadi. Ikkinchisi, ong osti hislari, ongga qalqib chiqmagan, lekin inson ruhiyatida doimo mavjud bo‘lgan, obyektiv olam bilan tinimsiz aloqaga kirishib turuvchi hislar. Bu kabi hislar inson ruhiyatining asosini tashkil etadi. Garchi biz biror ishni qilganda, gapirayotganimizda, o‘zimizni tutishimiz, holatlarimiz bizga anglangan, ma’lum bo‘lgan va xuddi biror mantiqqa bo‘ysunganday bo‘lib tuyulsa-da, ammo, shu hislarni yuzaga chiqaruvchi, shu tushunchalarga turtki beruvchi asosiy narsa-ong osti hislaridir. Inson ruhiyatida ongli faoliyat, ongli hislardan ko‘ra anglanmagan hislar ko‘lam jihatidan cheksizdir.
Masalan, biz oldimizdan o‘tib ketgan mushukni payqamay qolsak-da, ong osti hislari uni o‘ziga qabul qiladi va ma’lum vaqtdan so‘ng uni o‘zi qabul qilgan ramzlar orqali tushimizga uzatadi. Shuning uchun ham tushimiz bizga hamisha g‘ayritabiiy tuyuladi. Tushdagi voqea, hodisa, holat yoki obraz aynan ong osti hislarining tashqi dunyoni qabul qilish ramzlari bo‘lib, odam ongli faoliyatdan to‘xtagan, ya’ni uyqu paytida bu hislar inson miyasiga o‘zi qabul qilgan ramzlarni tarqata boshlaydi. Har qanday adabiy-badiiy asar bilan o‘quvchi tanishar ekan, uning oldida eng birinchi va asosiy vazifa-badiiy asarni tushunish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. Asarni tushunish uchun esa, o‘quvchi uni o‘qish asnosida muayyan qoidalar, qonuniyatlar asosida ish ko‘rishi zarur bo‘ladi. Bu qonuniyatlar asarga tegishli bo‘lgan va u bilan bog‘liq bo‘lgan, tushunish masalasini osonlashtiruvchi bir qator omillardir. Bu omillardan biri, badiiy asarning ruhiyatiga kira olish, uning ruhiy olamini, qahramonlarning xarakterlari, ichki kechinmalari, o‘y-xayollari, ruhiy dunyosini anglash, demakdir. Badiiy asardagi har bir xarakter, xatti-harakatlar, detallar, voqealar rivoji, epizodlar orqali asar ruhiyati anglashiladi. Bu, nisbiy tushuncha. Chunki, badiiy asar ruhiyatini faqat yuqoridagi vositalar orqaligina tushunish mumkin, degan hukm noto‘g‘ri. Biroq, bu narsalar asarni to‘laroq tushunishda vosita rolini o‘ynaydi, xolos. Inson ruhiy borlig‘i, uning o‘y-kechinmlari, orzu-armonlari, maqsad-intilishlarini tasvirlash hamisha badiiy adabiyotning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. Tadrijiy takomillashib, rivojlanib kelayotgan o‘zbek romani qiyofasi hamda nufuzi kechagidan tubdan tafovutlanadi. Yangilanayotgan badiiy tafakkur miqyoslari yangicha talqinlarni idrok etishni taqozo etmoqda. Har bir davr badiiyat solnomasi mohiyatida millat orzulari aks ettiriladi. Davr hodisalari, zamon o‘zgarishlari inson qalbida aks-sado beradi. Ijtimoiymadaniy, siyosiy-adabiy kayfiyatlar oqimi qalbga yo‘naladi, uning zarblariga ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asar qalbning o‘ta shaxsiy, shu barobarda o‘ta ijtimoiy mahsuli bo‘lganligi bois, zamonning o‘zgarayotgani, tafakkurning yangilanayotgani unga ham o‘z muhrini bosadi. Badiiy asar mana shunday o‘zgarishlar, o‘sishlar tasvir oynasi. Unda g‘oya taraqqiyoti, inson ongi va ma’naviyati o‘sish tarixi, ijobiy yangilik kasb etish jarayonini kuzatish mumkin. Shunga ko‘ra bir davrda yaratilgan qahramon boshqa bir davrda yaratilgan qahramondan farq qiladi, bir ijodkor yaratgan xarakter o‘zga ijodkor qayta tiklagan iroda yo‘nalishidan tubdan tafovutlanadi. Biroq joriy qahramon tabiatida mushtarak jihatlar ham mavjudki, holat, eng avvalo, tarix falsafiy-badiiy tadqiqoti jarayonida yanada bo‘rtibroq ko‘zga tashlanadi. Har qanday badiiy asar ham aniq bir hayot haqiqatini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Bunda yozuvchining iste’dodi, mahorati va matonati eng muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, “Iste’dod-murakkab ijtimoiy muhit. Iste’dod-yozuvchining ijodiy kuchlari kompleksi va uning ijod qilish ishtiyoqi, shunga layoqati, qobiliyati”.5Shuning uchun ham iste’dodi yuksak adiblar asarlarida o‘z davrining ma’naviy qiyofasi yaqqol aks etib turadi. Bu narsa esa asar qahramonlarining faoliyati va xarakter xususiyatlari orqali ifodalanadi. Illo, “Xarakter va uning psixologiyasi tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining mahorati darajasini belgilovchi omildir”. Badiiy asarni to‘laligicha namoyon bo‘lishi uchun qahramon va uning ruhiyati masalasi birinchi o‘rindagi masalalardan biri hisoblanadi. O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanining voqealari kuz tasvirini berish orqali boshlanadi. Darhaqiqat asarda Rustam, Qurbonoy, Komissar, Sanjar, Shahnoza, Grisha kabi qahramonlarning taqdiri bir ipga chizilgandek, go‘yo. 36 Muallif hayot haqida nimaiki demoqchi bo‘lsa, shuning hammasi pirovardida badiiy asarda tasvirlangan insonlar-qahramonlarning muayyan sharoiti, xulq-atvori, psixologiyasi, xatti-harakatlari, o‘y-xayollarida o‘z aksini topadi.
O‘tkir Hoshimovning badiiy niyati ham o‘tish davri, ya’ni asrimizning 80-90-yillari hayotini Rustam, Shahnoza, Komissar, Qurbonoy va boshqa obrazlarning taqdirlari, afg‘on urushining ayanchli oqibatlari, “O‘zbek ishi” tufayli minglab halol, mehnatkash kishilar tuhmatlar bo‘ronida qolib, poraxo‘rlikda yoki pora berishda ayblanganliklari, inson erkini bo‘g‘uvchi, shaxsiyatini poymol qiluvchi, barcha huquqlaridan mosuvo etuvchi jamiyat millionlab kishilar boshiga ham ruhiy, ham jismoniy qiynoqlar solganini haqqoniy suratda ko‘rsatishga qaratiladi.
Asar bosh qahramonlari Rustam, Komissar, Qurbonoylardir. Bu uchlik-obrazlar asarning g‘oyaviy konsepsiyasini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Roman o‘ziga xos obrazlar tizimiga ega. Unda Quro‘ni Karimda keltirilgan “ilk syujet” bilan bevosita bog‘liq. “Roman obrazlar sistemasining asos-qurilmasini tashkil etuvchi ilohiy axborot negizidagi obraz-triadani qayta ishlash tajribasi yevropa romanchiligi an’analarida mavjud edi8 ” Adabiyotshunos U. Jo‘raqulov fikricha, mumtoz dostonchiligimizda bu uchlik – oshiq, ma'shuqa, raqib tarzida talqin qilingan. “Tushda kechgan umrlar” romanida alohida tarzda rivojlangan har bir syujet liniyasida bu uchlikning elementlarini topish mumkin.
Masalan, Rustam-Shahnoza, Sanjar(Lekin u bosh qahramonlar hayotiga ta'sir o‘tkazadigan darajada kuchli raqib emas) hamda Fotima-To‘lagan-Soat uchligi. Rustamning baxtiga Sanjar emas, u yashab turgan tuzum chang soldi. To‘lagan va Fotimaning baxtiga esa juda kuchli raqib – Soat chang soladi. U “ilk” syujetdagi shayton obraziga qaysidir ma'noda juda mos keladi. Bu o‘rinda yozuvchining niyati o‘sha davrda dinga, diniy marosimlarga munosabat qanday bo‘lganligini ko‘rsatish uchungina Qurbonoy ismini tanlaganligi biroz haqiqatdan chetroq tuyuladi. Albatta, biz ta’kidlagan fikrlarni yozuvchi o‘ylagani aniq. Biroq, menimcha, Qurbonoy obrazi asarda davrning eng katta qurboni sifatida gavdalanadi. Holbuki, u go‘dakligidan boshlab qancha-qancha siyosiy zug‘umlarni ko‘rgan, bobosidan, otasidan va so‘ngida onasidan ayanchli holda ajragan edi. Bu voqealar, zug‘umlar uning yuragini olib qo‘ygan edi. Shuning uchun ham u taqdirga tan bergan, yozig‘ida nimaiki bo‘lsa, xudodan ko‘rguvchi edi. Bir qaraganda Qurbonoy obrazi asarda biz istaganchalik vazifa bajarmayotgandek tuyuladi. Uning asar bosh qahramoni Rustam bilan bir “dom”da istiqomat qiluvchi farrosh ayol ekanini bilamiz. Qurbonoy o‘rniga boshqa obraz kiritilsa yoki umuman kiritilmasa ham bo‘ladigandek. Biroq, gap bunda emas, Qurbonoy bilan Rustam o‘rtasidagi munosabat unchalik chuqurlashmagan bo‘lsa-da, davr muhiti, tuzum kishilari haqidagi xulosalarimizning yana ham quvvatliroq bo‘lishida Qurbonoy obrazining o‘rni kattadir. Chunki, uning taqdiri, o‘tmish fojiasi bevosita Komissar bilan bog‘liqdir. Komisar esa, necha minglab qurbonoylarning boshiga yetgan jamiyatning “qo‘li” hisoblangan. Komissar xarakterining to‘laqonli ochilishida Qurbonoy obrazining roli kattadir. Komissar Qurbonoyning butun umrini, yoshligini poymol qilgan shaxs. Otasi, To‘lagan akani tuhmat bilan qamatib yuboradi. Onasi Fotimani ham nomusiga tegib, uning umriga zomin bo‘ladi. Lekin Qurbonoy bularning hech qaysiga javob qaytarmaydi. Hammasini Hudoga soladi. Komissar Sovet hukumatining manqurti butun umr kommunizmni quraman deb yashaydi. Davr, ijtimoiy muhit shunday ediki, hattoki, ta’riflab berish mushkul bo‘lgan darajada, kishilar e’tiqodi “dogma” holatiga keltirilgan edi. Komissar ham ana shunday e’tiqodi qotgan, o‘zi uchun qat’iy normalarni yaratib olgan-“prinsipial” kimsa edi. Uning ruhiyat olamiga, psixologik va ma’naviy qiyofasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘zgalar fikrini tan olmaydigan, o‘z fikrida “sobit”, o‘zini jamiyatning eng kerakli ustuni, ya’ni uni “yot unsur” lardan tozalovchi kishi deb biluvchi kimsa ekanini bilib olamiz. U hech kimga ishonmaydi, hattoki farzandlari, xotini, yaqinlariga ham. Yozuvchi uning bu qiyofasini sekin-astalik bilan dalillab boradi. Davr jamiyat o‘zgarsada, bu shaxs o‘zgarmay qolaveradi. Buning natijasida u farzandlaridan ayriladi. Shu o‘rinda Qurbonoyni bir gapini keltirishni lozim topdim.
3. Jahonda eng donishmand xalq bilasizmi bilasizmi, kim? Avstraliya aborigentlari! Og‘ir jinoyt qilganni qamamaydi. Otmaydi, osmaydi. Yolg‘iz qoldiradi. Bitta o‘zini. Mana o‘n yildan oshdiki komissar tanho… Bitta o‘zi !? Romandagi tarjimai holda, Komissarning hech qaysi millatga mansub emasligi va Sovet hukumati oldidagi ,,beqiyos” hizmatlari aytiladi.
- Savolni men...
- Yig‘ishtiring demagogiyani! So‘roq qilishni bilmas ekansiz. Umuman sistemangiz aynib ketgan. Tartib yo‘q. Tartib bo‘lsa, Shomatovni organga ishga olmas edingiz.
- Kechirasiz grajdanin... o‘rtoq Komissar... Bu gaplarni siz qayoqdan bilasiz?
- Men hamma narsani bilaman. Bu sohada ish boshlaganimda sizning otangiz ham tug‘ilmagan edi. Ha, uning hamma narsadan xabardor bo‘lib turishi o‘zi va jamiyat uchun eng zarur hol edi. “Ba’zilar organ deganda nuqul jazo beruvchi tashkilotni tushunadi. Unaqa emas. Organ jamiyatni yot unsurlardan himoya qiladi. Shunday ekan, uning qo‘ligina emas, “qulog‘i” ham yaxshi ishlashi shart. Har qanday tashkilotda, hatto yamoqchining do‘konida ham “quloq” bo‘lsa ziyon qilmaydi. To‘g‘ri-da, vaqti-vaqti bilan “tozalash” o‘tkazib turmasa boshqarib bo‘ladimi bu turfa jamiyatni! Urushdan keyingi “tozalash” ham bejiz qilingani yo‘q. Ayniqsa, olifta intelligentlar haddidan oshib ketdi. Gazeta-jurnallarda sovet jamiyatini masxara qiladigan narsalar paydo bo‘la boshladi. Maktab o‘qituvchisidan tortib olimgacha –hammasi “dono!”. Hammasi- “daho!” Xex!”
Asardan keltirilgan ushbu parchadan Komissar obrazi, uning ruhiy olami, ma’naviy qiyofasi haqida yanada aniqroq tasavvurga ega bo‘lish mumkin. U haqdagi xulosalarni jamlashga harakat qilish mumkin. Ushbu asarda Inson-Urush-O‘lim g‘oyasi nihoyatda teran yoritilgan. Asar katta bir davrni qamrab olgan. Bu davrda esa, insonning tabiiy ehtiyoji-erk bo‘g‘ilgan, jamiyatni yakkahokim mafkura-sovet mafkurasi boshqargan edi. Asardan maqsad davrni inkor qilish, hozirgi kunga nisbat berib, salbiy fikrlar aytish emas, balki butun bir davr-sho‘ro mafkurasining intihosida shu jamiyatda ozmi-ko‘pmi yashagan insonlarning ruhiyatlarida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va bu o‘zgarishlar adabiyotimizda qay tarzda akslanganini aniqlash va tahlil qilishdir. Komissar davrning “qo‘l-oyog‘i”, “qulog‘i” ga aylangan kimsa. U o‘zini butkul jamiyatni unsurlardan tozalashga baxshida etgan edi. Go‘yo, bu uning uchun muqaddas vazifa edi. Shunday bo‘lsa-da, u shaxs sifatida shakllanmayotgan, ruhan tozalanishga harakat qilmayotgan, aksincha, o‘zining oniy ojizligidan-da g‘azablanadigan edi. U uchun har qanday fikr quvvatsiz, bu fikrning egasi esa doimo undan ancha “pastda” ko‘rinar edi.
Roman so‘ngida komissar hayoti poyoniga yetib qolgan bo‘lsada, biroq u, shu umri davomida shaxs sifatida shakllanmadi, balki sho‘ro mafkurasining «maxsus odami” sifatida yashab o‘tdi. Uning kuzi allaqachon kelgan. Lekin Komissar shunday tubanlashib ketganki, bu haqiqatni tan olgisi kelmaydi. O‘ylab qaralsa, uni hamma tark etdi. Naziradek ayol (xotini), farzandlari, kelinlari undan yuz o‘girdi. Keyingi xotinidan u vafo topmadi. Na bir do‘st, na bir suyanchiq qolmadi. So‘ngida esa, u e’tiqod qo‘ygan jamiyat, mafkura tanazzulga yuz tutdi. Shunday bo‘lsa-da, u aynan shu holatni-haqiqatni anglab yetishdan mahrum. Chunki, u, butunlay, inson qiyofasidagi hayvonga aylanib ulgurgan, har qanday insoniy his-tuyg‘ulardan mosuvo, “qotma” ga aylangan mahluq edi. Onadan tug‘ilmagan jonzot yo‘q. Jannatdan yer yuziga haydalgan Odam Ato, Momo Havo, Azozil va ilonni istisno qilganda, barcha jonzotni ona tuqqan. Hadislarida aytilganidek har bir go‘dak tug‘ilganda musilmon bo‘lib tug‘iladi. Ammo ulg‘aygan sari uning dini ham, fe’l-atvori ham o‘zgarishi mumkin. Bu muhitga, muhitdagi tarbiyaga bog‘liq. Ajabki, bo‘ritabiat komissarlarni ham ona tuqqan. Soatni ham iymoni butun ona dunyoga keltirgan. Biroq keyinchalik muhitning ta’siri bilan ularning hammasi oqpadarlik tavqi-la’natini bo‘yniga osgan. Buni komissar misolida ko‘rishimiz mumkin. Badiiy ijodda ruhiy tahlilning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Har qanday badiiy asarning darajasi unda inson qalbi haqidagi haqiqat qay yo‘sinda, qanday ifoda etilgani yoki tasvirlanganligiga ko‘ra belgilanadi. Badiiy asarlar markazidagi inson qiyofasi uning ruhiyati tahlili orqali ochib beriladi. San’atkor-ijodkorlar yaratgan asarlarga e’tibor qaratilsa, jahon adabiyotining yetuk durdonalari sanalmish asar mualliflari ruhshunos- insonshunos sifatida qalam tebratganliklarining guvohi bo‘lish mumkin.

E’tibor qilinsa, ijodkorning badiiy mahorati shunda ko‘rinadiki, voqealarni “...kuz o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi...” tashbehi bilan boshlab, o‘quvchini keyinroqda yuz beradigan fojiyaviy vaziyatga ruhiy jihatdan tayyorlab oladi Bu romanda muallif voqealar tasvirida ularning tabiiy oqimini saqlashga intiladi. Asar voqealari zamirida salmoqli umumlashmalar, insonlar hayotining muhim tomonlarini ifodalovchi teran fikrlar mavjud. Muallif birinchi navbatda inson shaxsi, uning ruhiy dunyosi manzaralarini ustalik bilan chizadi. Ikkinchidan, urush atalmish ofatni qoralaydi, uning g‘ayriinsoniy mohiyatini ochib beradi. XX asrni qaritgan «...izm”lar insoniyat boshiga mislsiz kulfatlar keltirdi. Inson ruhi, qalbi va ma’naviyati siyosiy mafkuraning quliga aylantirildi.


G‘ayriislomiy va g‘ayriinsoniy g‘oyalar doyaligida “pioner”, «komsomol”, “kommunist” singari mavjudotlar tug‘ildi. Mavjud siyosiy mafkura bilan “oziqlanib” ulg‘aygan bu avlodlar go‘yoki odamiyatning ideal vakillariga aylandi. Tabiiyki, ana shunday vaziyatda bu “vakillar” urush maydonlaridan, mehnat lagerlaridan, cho‘lu sahrolardan badiiy kitob sahifalariga ko‘chdi. Adabiy qahramonlarga aylandi. Ayni holat o‘zbek adabiyotida ham shaklan milliy, mazmunan “...izm”lar g‘oyasini tarannum etuvchi asarlar paydo bo‘lishiga olib keldi.
Asarni yaxshiroq anglashimiz uchun Bunda bizga, bu asar qahramonlarining taqdiri bir-biriga chambarchas bog‘langanligi, ular ruhiy dunyosining o‘zaro uyg‘unligi, yaqinligi qo‘l keladi. Darhaqiqat asarda Rustam, Qurbonoy, Komissar, Sanjar, Shahnoza, Grisha kabi qahramonlarning taqdiri bir ipga chizilgandek, go‘yo. Yozuvchi “Tushda kechgan” umrlar romani orqali urush oqibatida inson ruhiyatida qanday g‘alayonlar kutilganligini ko‘rsatgan. Jumladan Rustam va Shaxnozaning Qatortoldagi qo‘shnisinikida bo‘lgan to‘y sahnasi o‘zbek millatiga xos ruhiy sifatlarning namoyon bo‘lish ko‘lami va teranligi jihatidan oldingi romanlardan also qolishmaydi. Ular bu qo‘rqinchli tushdan uyg‘onib amin bo‘ladilarki, ular ishongan g‘oyalar puch, bir umr e’tiqod qo‘yganlari sarob bo‘lib chiqdi. Adib bu tuzumning va unga ishongan odamlarning taqdiridagi ma’nisizliklarni shu tarzda ochib beradi. Romanda insonlar taqdiri orqali mustabid tuzumning g‘ayriinsoniy mohiyati ochib beriladi.6. Yozuvchining aytishicha, “Tushda kechgan umrlar” romanidan bir qancha boblarni xorijda nashr etiladigan “Ikarus” jurnalida ingliz tilida e’lon qilishayotganda “U nimasi bilan sizlarga yoqadi?” deb so‘radim. “Unda siyosat yo‘q, ya’ni bu - kommunist, bu - fashist, bu - qizil, bu - oq, bu - Do‘st, bu - dushman, degan gap yo‘q. Bu asarda urush, inson, o‘lim, degan uchlik bor», deb javob qilishdi noshirlar7 . Darhaqiqat, urush va uning oddiy odamlarga keltirgan zararli oqibatlari haqida. Yozuvchi Afg‘on urushi mavzusiga qo‘l urushdan oldin Afg‘onga borgan yigitlarning ko‘pi bilan gaplashadi. Lekin asarni boshlashi juda qiyin bo‘ladi. Shu orada betob bo‘lib, kasalxonaga yotganida muhim bir voqea sodir bo‘ladi: “O‘shanda kech kuz - noyabr oyi edi. Balkonga chiqib, sigaret chekib tursam, ro‘paradagi - yong‘oqmidi, chinormidi, hozir eslolmayman - daraxtdan bir yaproq uzilib, uchib-uchib kelib, oyog‘im ostiga tushdi. Bosgan edim, “qisir-qisir” etib maydalanib ketdi. Shunda bo‘lajak romanning birinchi jumlasi tug‘ildi: “Kuz o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi, oyoq ostida kasalmand xazonlar ingraydi”.
Asarning musiqasi topildi! Shoshilinch bilan statsionardan chiqib ketib, “Tushda kechgan umrlar” romanini o‘ttiz kunda yozdim. Agar o‘qigan bo‘lsangiz, u boshdan oxirigacha hazin bir musiqaga o‘xshaydi: Rustamning qismati ham ma’yus musiqa, Shahnozaning qismati ham, urushda halok bo‘lgan Xayriddinning qismati ham ma’yus musiqa”8 . Shu tariqa adibning buyuk bir romani dunyo yuzini ko‘radi. Albatta roman yozilishining ko‘plab ijtimoiy omillari mavjud. 1990 yilda XXVIII syezd bo‘ladi. Unga O‘zbekistondan O‘. Hoshimov ham delegat bo‘lib boradi. O‘shanda Qirg‘izistonda “Ayrim tashkilotlar” qutqusi bilan qirg‘iz va o‘zbek xalqlari orasiga nifoq solingan, “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” deya bolalarimizni armiyada urib o‘ldirishayotgandi. Peshanamizga “Bosmachining bolalari, poraxo‘r, qo‘shib yozuvchi”, degan tamg‘alar bosilgandi. Syezd majlisida Islom Karimov “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” degan gap ozbek xalqiga, butun bir millatga nisbatan tuhmat ekanligini qattiq gapiradi.. Ertasiga O‘. Hoshimov ham shu masalada so‘zlab, keyingi paytda armiyadan O‘zbekistonga kelayotgan “ikki yuzinchi” yuklar (ya’ni temir tobut) ko‘payib ketganini, ularning aksariyati Afg‘onistondan emas, mamlakatning o‘zidan yuborilayotganini aytadi. Shunda s'ezdda qatnashayotgan generallardan biri: “Siz sovet Armiyasiga tuhmat qilyapsiz. Genshtabdan aniqlaymiz, agar gapingiz tasdiqlanmasa, tribunal oldida javob berasiz”, deydi. Shund yozuvchi “Tribunal emas, lozim bo‘lsa, sud oldida javob beraman, men harbiy emas, delegatman”, deya javob qaytaradi. General kech soat oltilarda yuqoridagi masala yuzasidan ma'lumot berishini bildiradi. Haqiqatan ham u soat roppa-rosa o‘n sakkizda minbarga chiqib. “O‘zbekistonga borgan “ikki yuzinchi” yuklar faloncha emas, pistoncha ekan”, deydi. Shunda zaldagilar: “Ikki yuzdan ortiq o‘lim kammi, bitta soldat bolaning o‘ligi borsa ham, fojia-ku bu!” deb qichqirib yuborishadi.
Keyin millatimizning jonkuyar adibi O‘. Hoshimov minbarga chiqib. “Boyagi gapingiz uchun mendan emas, o‘zbek xalqidan kechirim so‘raysiz”, deydi. Bu gaplardan ko‘rinib turibdiki, ardoqli adibimizning bu mavzuga qo‘l urishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lib qolmagan. O‘tkir Hoshimov o‘zigacha bo‘lgan boshqa yozuvchilardan farqli o‘laroq, urushdagi qahramonliklar haqida emas, uning asl qiyofasini, kulfatini, baxtsizligini ko‘rsatib berdi. “Tushda kechgan umrlar” romanida bir lavha bor. Rustam tankda ketayotib, o‘liklarni mashinaga ortayotgan askarlarni ko‘rib qoladi-da, to‘xtaydi. Tushib qarasa, uning eng yaxshi ko‘rgan do‘sti Temurning o‘ligini ham ortishayotgan bo‘ladi. Temurning afti tanib bo‘lmas darajada pachoqlab tashlangani uchun uni qo‘lidagi tatiurovkadan taniydi. Yana bir dahshatli holat: Temurning olati kesib olingan edi (Afg‘on urushida yaralanib qo‘lga tushgan askarlarnig qulog‘i, burni va boshqa a'zolarini kesib tashlash holatlari ko‘p bo‘lgan.)
Buni ko‘rgan Rustam o‘zini bilmay qoladi, “quturib” ketadi... U bir hovliga tanki bilan bostirib kiradi. Hammayoq chang-to‘zon. Tankdan tushadi. Birpasdan so‘ng ishkom tagidagi qizil ko‘ylakka ko‘zi tushadi. Beixtiyor yaqin boradi. Qarasa, ko‘ylak emas, yiqilib yotgan ayol ekan. Rustam uning ustiga egiladi. “Qo‘rqmang, opa, biz sizga tegmaymiz”, deb yelkasidan tutsa, ayol yonboshga ag‘dariladi. Bu go‘zal ayolning o‘q teshgan bo‘ynidan oqqan qon yarim yalang‘och ko‘ksiga tushadi. Shu payt vayrona kulbadan bir yarim-ikki yoshlardagi ishtonchang bola chiqib, entak-tentak qadam bosib, ayolning boshiga keladi. “Mo‘rjona”, “mo‘rjona”, (“mo‘rjona”, - ona degani) deb, uni ema boshlaydi. So‘ng bosh ko‘taradi-da, chirqillab yig‘lab yuboradi. Bolaning og‘zidan sut emas, qon oqar edi! Yozuvchi sizu bizga ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan urushning noinsoniy qiyofasi xuddi shunday edi. Bunday fojiaga dosh berolmagan Rustam “Otaman!
Hammangni otaman! O‘zimniyam otaman!” deb hayqiradi va hushidan ketib, kontuziya bo‘lib qoladi. Uning ruhiy holatidagi o‘zgarishda nafaqat yarador bo‘lishining, balki ana shu manzaralarning ham “hissa”si bor. U urushga bormasdi, uni majbur qilib yuborishdi. Balki Rustam o‘sha ayolni otmagandir, boshqa bir avtomatdan otilgan o‘q tekkandir unga.
Lekin o‘lib yotgan ayolning gunohi nima? Urushga borib ota bo‘lish baxtidan mosuvo bo‘lib kelgan Rustamning gunohi nima? Urushda qornidan xanjar yeb o‘lgan Xayriddinning, Temurning gunohi nima? Va nihoyat, sut o‘rniga onasining ko‘ksidan qon emgan go‘dakning gunohi nima? Roman boshdan oyoq mana shu savollarga javob qidiradi. O‘tkir Hoshimov o‘zbek xalqining eng mashhur va eng sevimli yozuvchilaridan biri. Adibning “Bahor qaytmaydi”, “Qalbingga quloq sol”, “Nur borki soya bor”, “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”, “Ikki karra ikki- besh” kabi asarlari xalqimiz ko‘ngil mulkidan joy olgan. Sanab o‘tilgan asarlar orasida Istiqlolga erishganimizdan so‘ng yozilgan “Tushda kechgan umrlar” romani alohida o‘rin tutadi. 80-yillarning o‘rtalarida O‘zbekistonda markaz tomonidan «paxta ishi”, “o‘zbek ishi” nomlari bilan markaz tomonidan poraxo‘rlikka qarshi kurashish, unga barham berish niqobi ostida, aslida esa, “siyosiy tozalash” ishlari olib borildi Sho‘rolar davrida har o‘n yilda mana shunday “tozalash ishlari” olib borilgan. 80- yillar o‘rtalarida Moskvadan kelgan X. Gdlyan, I. Ivanov boshchiligida olib borilgan “O‘zbeklar ishi”da minglab o‘zbeklar qamoqqa olindi. O‘zbekistonga markazdan minglab mutaxassislar ko‘chirib kelindi. Xalqni qullik asoratida saqlab turish uchun bor imkoniyatlar ishga solindi. Shuni ta’kidlash lozimki, sobiq ittifoq boshidanoq soxta edi. Unga Respublikalar majburan birlashgan edilar. Sho‘rolar tuzumining qariyib yetmish yillik hukmronligi davrida to‘planib qolgan muammolar saksoninchi- yillarga kelib yuzaga chiqa boshladi. Endi ittifoqni kuch bilan boshqarish mumkin bo‘lmay qoldi. Mihayl Gorbochev hukumat tepasiga kelgach to‘planib qolgan muammolarni hal qilish uchun “Qayta qurish” siyosatini o‘tkaza boshladi. Stalin davridagi qatag‘onlar butun ittifoqni qamrab olgan bo‘lsa, qayta qurish davrida qatag‘on buluti faqat birgina millatni badnom etdi. “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” degan soxta uydirmalar o‘ylab chiqarildi. Maqsad ittifoqda avj olib ketgan boshboshdoqlik, qo‘shib yozish, korrupsiya kabi muammolarni O‘zbekiston misolida bartaraf etishga kirishildi. Kommunistik partiya rahbarlari O‘zbekistonni badnom qilish barobarida, boshqa respublikalarni ham qo‘rqitib qo‘yishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. 1985– yil kommunistik partiyaning navbatdagi plenumi mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilib, sho‘ro jamiyatini yangilash zarurligi borasida ko‘rsatmalar berdi.

Romandagi to‘y epizodida orsizlik, qo‘rqoqlik singari tuban ma’naviy sifatlar milliy belgilar tarzida namoyon bo‘ladi. Yuzlab odamning birgina kelgindini andishasizligi oldida indamay bo‘yin egib turishi tasviri, yuraksizlik, o‘zbekdan qo‘y-odamlar tarbiyalashda yuksak natijaga erishganligining yorqin dalili bo‘lgan. Xuddi shu his-tuyg‘ular insonda ikki xil shaklda o‘z ifodasini topadi: birinchisi anglangan, ma’lum mantiqqa ega bo‘lgan, tashqi dunyoga nisbatan o‘zining qat’iy xulosa va yo‘nalishiga ega bo‘lgan tuyg‘ular. Bu tuyg‘u insonning jamiyatga, odamlarga, atrof-muhitga munosabati va bular haqidagi ma’lum tushunchaga ega bo‘lgan qarashlarni ifoda etadi. Bularning hammasini ong sintez qilib beradi, ya’ni ong bevosita ishtirok etadi. Ikkinchisi, ong osti hislari, ongga qalqib chiqmagan, lekin inson ruhiyatida doimo mavjud bo‘lgan, obyektiv olam bilan tinimsiz aloqaga kirishib turuvchi hislar. Bu kabi hislar inson ruhiyatining asosini tashkil etadi. Garchi biz biror ishni qilganda, gapirayotganimizda, o‘zimizni tutishimiz, holatlarimiz bizga anglangan, ma’lum bo‘lgan va xuddi biror mantiqqa bo‘ysunganday bo‘lib tuyulsa-da, ammo, shu hislarni yuzaga chiqaruvchi, shu tushunchalarga turtki beruvchi asosiy narsa-ong osti hislaridir. Inson ruhiyatida ongli faoliyat, ongli hislardan ko‘ra anglanmagan hislar ko‘lam jihatidan cheksizdir. Masalan, biz oldimizdan o‘tib ketgan mushukni payqamay qolsak-da, ong osti hislari uni o‘ziga qabul qiladi va ma’lum vaqtdan so‘ng uni o‘zi qabul qilgan ramzlar orqali tushimizga uzatadi. Shuning uchun ham tushimiz bizga hamisha g‘ayritabiiy tuyuladi. Tushdagi voqea, hodisa, holat yoki obraz aynan ong osti hislarining tashqi dunyoni qabul qilish ramzlari bo‘lib, odam ongli faoliyatdan to‘xtagan, ya’ni uyqu paytida bu hislar inson miyasiga o‘zi qabul qilgan ramzlarni tarqata boshlaydi.


Har qanday adabiy-badiiy asar bilan o‘quvchi tanishar ekan, uning oldida eng birinchi va asosiy vazifa-badiiy asarni tushunish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. Asarni tushunish uchun esa, o‘quvchi uni o‘qish asnosida muayyan qoidalar, qonuniyatlar asosida ish ko‘rishi zarur bo‘ladi. Bu qonuniyatlar asarga tegishli bo‘lgan va u bilan bog‘liq bo‘lgan, tushunish masalasini osonlashtiruvchi bir qator omillardir. Bu omillardan biri, badiiy asarning ruhiyatiga kira olish, uning ruhiy olamini, qahramonlarning xarakterlari, ichki kechinmalari, o‘y-xayollari, ruhiy dunyosini anglash, demakdir. Badiiy asardagi har bir xarakter, xatti-harakatlar, detallar, voqealar rivoji, epizodlar orqali asar ruhiyati anglashiladi. Bu, nisbiy tushuncha. Chunki, badiiy asar ruhiyatini faqat yuqoridagi vositalar orqaligina tushunish mumkin, degan hukm noto‘g‘ri. Biroq, bu narsalar asarni to‘laroq tushunishda vosita rolini o‘ynaydi, xolos. Inson ruhiy borlig‘i, uning o‘y-kechinmlari, orzu-armonlari, maqsad-intilishlarini tasvirlash hamisha badiiy adabiyotning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. Tadrijiy takomillashib, rivojlanib kelayotgan o‘zbek romani qiyofasi hamda nufuzi kechagidan tubdan tafovutlanadi. Yangilanayotgan badiiy tafakkur miqyoslari yangicha talqinlarni idrok etishni taqozo etmoqda. Har bir davr badiiyat solnomasi mohiyatida millat orzulari aks ettiriladi. Davr hodisalari, zamon o‘zgarishlari inson qalbida aks-sado beradi. Ijtimoiy-madaniy, siyosiy-adabiy kayfiyatlar oqimi qalbga yo‘naladi, uning zarblariga ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asar qalbning o‘ta shaxsiy, shu barobarda o‘ta ijtimoiy mahsuli bo‘lganligi bois, zamonning o‘zgarayotgani, tafakkurning yangilanayotgani unga ham o‘z muhrini bosadi. Badiiy asar mana shunday o‘zgarishlar, o‘sishlar tasvir oynasi. Unda g‘oya taraqqiyoti, inson ongi va ma’naviyati o‘sish tarixi, ijobiy yangilik kasb etish jarayonini kuzatish mumkin. Shunga ko‘ra bir davrda yaratilgan qahramon boshqa bir davrda yaratilgan qahramondan farq qiladi, bir ijodkor yaratgan xarakter o‘zga ijodkor qayta tiklagan iroda yo‘nalishidan tubdan tafovutlanadi.
Biroq joriy qahramon tabiatida mushtarak jihatlar ham mavjudki, holat, eng avvalo, tarix falsafiy-badiiy tadqiqoti jarayonida yanada bo‘rtibroq ko‘zga tashlanadi. Har qanday badiiy asar ham aniq bir hayot haqiqatini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Bunda yozuvchining iste’dodi, mahorati va matonati eng muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, “Iste’dod-murakkab ijtimoiy muhit. Iste’dod-yozuvchining ijodiy kuchlari kompleksi va uning ijod qilish ishtiyoqi, shunga layoqati, qobiliyati”. Shuning uchun ham iste’dodi yuksak adiblar asarlarida o‘z davrining ma’naviy qiyofasi yaqqol aks etib turadi. Bu narsa esa asar qahramonlarining faoliyati va xarakter xususiyatlari orqali ifodalanadi. Illo, “Xarakter va uning psixologiyasi tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining mahorati darajasini belgilovchi omildir”. Badiiy asarni to‘laligicha namoyon bo‘lishi uchun qahramon va uning ruhiyati masalasi birinchi o‘rindagi masalalardan biri hisoblanadi. O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanining voqealari kuz tasvirini berish orqali boshlanadi. E’tibor qilinsa, ijodkorning badiiy mahorati shunda ko‘rinadiki, voqealarni “...kuz o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi...” tashbehi bilan boshlab, o‘quvchini keyinroqda yuz beradigan fojiyaviy vaziyatga ruhiy jihatdan tayyorlab oladi Bu romanda muallif voqealar tasvirida ularning tabiiy oqimini saqlashga intiladi. Asar voqealari zamirida salmoqli umumlashmalar, insonlar hayotining muhim tomonlarini ifodalovchi teran fikrlar mavjud. Muallif birinchi navbatda inson shaxsi, uning ruhiy dunyosi manzaralarini ustalik bilan chizadi. Ikkinchidan, urush atalmish ofatni qoralaydi, uning g‘ayriinsoniy mohiyatini ochib beradi.
XX asrni qaritgan «...izm”lar insoniyat boshiga mislsiz kulfatlar keltirdi. Inson ruhi, qalbi va ma’naviyati siyosiy mafkuraning quliga aylantirildi. G‘ayriislomiy va g‘ayriinsoniy g‘oyalar doyaligida “pioner”, «komsomol”, “kommunist” singari mavjudotlar tug‘ildi. Mavjud siyosiy mafkura bilan “oziqlanib” ulg‘aygan bu avlodlar go‘yoki odamiyatning ideal vakillariga aylandi. Tabiiyki, ana shunday vaziyatda bu “vakillar” urush maydonlaridan, mehnat lagerlaridan, cho‘lu sahrolardan badiiy kitob sahifalariga ko‘chdi. Adabiy qahramonlarga aylandi. Ayni holat o‘zbek adabiyotida ham shaklan milliy, mazmunan “...izm” lar g‘oyasini tarannum etuvchi asarlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Asarni yaxshiroq anglashimiz uchun Bunda bizga, bu asar qahramonlarining taqdiri bir-biriga chambarchas bog‘langanligi, ular ruhiy dunyosining o‘zaro uyg‘unligi, yaqinligi qo‘l keladi. Darhaqiqat asarda Rustam, Qurbonoy, Komissar, Sanjar, Shahnoza, Grisha kabi qahramonlarning taqdiri bir ipga chizilgandek, go‘yo. Yozuvchi “Tushda kechgan” umrlar romani orqali urush oqibatida inson ruhiyatida qanday g‘alayonlar kutilganligini ko‘rsatgan. Jumladan Rustam va Shaxnozaning Qatortoldagi qo‘shnisinikida bo‘lgan to‘y sahnasi o‘zbek millatiga xos ruhiy sifatlarning namoyon bo‘lish ko‘lami va teranligi jihatidan oldingi romanlardan also qolishmaydi. Romandagi to‘y epizodida orsizlik, qo‘rqoqlik singari tuban ma’naviy sifatlar milliy belgilar tarzida namoyon bo‘ladi. Yuzlab odamning birgina kelgindini andishasizligi oldida indamay bo‘yin egib turishi tasviri, yuraksizlik, o‘zbekdan qo‘y-odamlar tarbiyalashda yuksak natijaga erishganligining yorqin dalili bo‘lgan. 1. Ey! Shovqin-suroningni to‘xtatasanmi yo‘qmi? To‘yxona suv quygandek jim-jit bo‘lib qoldi. Kelinning dugonasiga tantanovor alpozda so‘z berayotgan to‘y boshining dami ichiga tushib ketdi. Shaxnoza boshini ko‘tarib qaradi-yu, shundoq tepasida, to‘rtinchi qavatning ochiq derazasidan engashib turgan maykachan barzangini ko‘rdi.
Birgina kelgindi Grishaning do‘q-po‘pisasi bilan butun boshli to‘y suv quygandek jim bo‘lib qoladi. Bu vaziyatga dosh bera olmagan Rustam, atayin o‘yin kulgini avj oldiradi. Keyingi voqealarga Rustam ko‘z yuma olmaydi. Devor tomonda o‘tirgan ayollar ustidan bir chelak suv to‘kiladi. Shunda ham hech kim hech narsa demaydi. Xalqimizda “mehmon otangdan ulug” degan maqol bor. Grisha chetdan kelgan mehmon bo‘lganligi sababli u hammaga hurmatsizlik qilishiga qaramasdan, mezbon bir og‘iz yomon gap aytmaydi. Faqatgina Rustam bunga dosh bera olmaydi va oxir oqibat bu tomosha Grishaning musht yeyishi bilan yakunlanadi. Keyingi voqealarni kuzataylik, shuncha gap-so‘z bo‘lib o‘tgandan keyin ham to‘y egasi Grishanikiga keladi:” Gap bunday qo‘shni… - qariya vazminlik bilan muqaddimani uzoqdan boshladi. – Men Ahmadaliyevman. Bugungi to‘yning egasi. O‘g‘limni uylantirdim . Grisha istehzoli jilmaydi. – Tabriklayman! - to‘yxonaga tushib tabriklasangiz ham bo‘lardi, - dedi qariya sof rus tilida. – Uch kun avval to‘yga aytib chiqsam yo‘q ekansiz. – Maqsad? – Boshimda bitta-yu bitta o‘g‘lim bor. Shu bolani to‘yini o‘tkazay, deb yigirma besh yil yig‘ib-terdim.
2. Qisqaroq! – dedi Grisha jerkib. – Yaxshi… - Qariya negadir xo‘rsindi. – Yomon ish qildingiz qo‘shni… - Men sizni o‘quvchingiz emasman! – dedi ezmachurik qariyani gapini kesib. Qariya xafa bo‘lmadi. – Siz – yangi odamsiz – dedi vazminlik bilan. – Maqsad! – dedi Grisha tahdid bilan. – Maqsad shuki, xalqning milliy udumlarini haqorat qilmang! – qariya qo‘lidagi sellofan qopchasini uzatdi. – bu – sizning nasibangiz! Grisha esankirab qoldi. – Pora, deng! – dedi hushini to‘plab” (47-bet)
Qo‘shnisiga shuncha haqoratlar yog‘dirsa ham indamaydi, qaytaga unga yana mehribonchilik ko‘rsatib, to‘y egasi, uning haqqini olib chiqadi. Garchi buni Grisha pora deb hisoblagan bo‘lsa ham. Balki bu xususiyat pora hisoblanar, lekin bizda emas. Mana haqiqiy oliyjanoblik! Qaysi el, qaysi millat vakili shunday jasorat ko‘rsatgan bo‘lardi!? Hech qaysi!!! To‘y tafsilotlari rus millati vakili Grigoriy tomonidan sharhlanadi. Qahramonning kinoyaviy, istehzoli nutqi tabiiy asoslarga ega. Negaki, Grigoriy O‘zbekistonga yordam berish uchun kelgan mutaxassis sanaladi. Unda allaqachon millat haqida salbiy fikr uyg‘otilgan. Uning fikricha hamma o‘zbeklar poraxo‘r, bosmachi va o‘g‘ri. Davrning bo‘ronlarida, mustabid tuzumning taloto‘plarida aynan o‘zbek millatining necha minglab farzandlari qurbon berilgani tarixiy faktlardan bizga ma’lum. Asardagi ana shu davrning, tuzumning eng katta qurboni ham Qurbonoydir. Qurbonoy-o‘zbek ayollarining timsoliga o‘xshaydi. Unda haqiqiy o‘zbek ayollariga xos bo‘lgan andisha, mehr-oqibat, iymon, pokizalik saqlanib qolgan.To‘g‘ri, uning ismi haqida asarning bir o‘rnida to‘xtab o‘tiladi. Bu Komissar navbatdagi “tozalash” ni o‘tkazayotgan paytda, Qurbonoylarning uyida yapon rezidentiga yozilgan xatni tintish jarayonida yuz beradi. “Qurbonoy emish! Xo‘p topibsanmi, qizingni otini! Demak, Qurbon hayitida tug‘ilgan. Maktabda o‘qituvchilik qilasan, uyingda Qur’on o‘qiysan... Ilon! Munofiq!” Qizaloq hamon onasini quchoqlab turar, chamasi dadasining oldiga uchib borib bo‘yniga osilgisi kelar, ammo notanish “amaki”dan qo‘rqar edi.”



Yüklə 83,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin