I bob. Prognozlash usullari klassifikatsiyasi


Matematik modellashtirish usullari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə6/8
tarix11.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#111419
1   2   3   4   5   6   7   8
16Prognozlashtirish ekstra usuli

2.2 Matematik modellashtirish usullari.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda, matematik apparatdan har tomonlama keng foydalanish ijobiy natijalar beradi. Bozor iqtisodiyoti murakkab, o’zaro bir-birini taqozo etuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, unga noaniqlik va tavakkalchilik elementlari xosdir. Bunday sharoitda iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda iqtisodiy-matematik usullar va modellardan foydalanish kutilishi mumkin bo’lgan salbiy hodisalarning oldini olish imkonini beradi. ‘Matematik modellashtirish’ fani ilmiy asoslangan qonuniyatlar asosida u yoki bu iqtisodiy jarayonlarning hozirgi holati asosida uning istiqboldagi o’zgarishlarini oldindan ko’rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, bozor kon’yunkturasini oldindan bashoratlamasdan turib, korxonalar mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish strategiyasini belgilay olmaydilar. Bozordagi raqobat kurashi korxonalarga kelajakda o’z mahsulotlarini raqobatbardosh, sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarishni taqozo etadi. ‘Matematik modellashtirish’ fanining asosiy maqsadi talabalarga murakkab iqtisodiy tizimlarni matematik modellashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini o’rgatishdan, aniq iqtisodiy ob’ektlar misolida modellarni yaratilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, qo’yilgan masalalarni kompyuter dasturlarida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilish kabi bosqichlarni o’rgatishdan iboratdir. ‘Matematik modellashtirish’ fani o’quv rejasidagi ‘Iqtisodiy-matematik usullar va modellar’, ‘Ekonometrikaga kirish’, ‘Iqtisodiyotda miqdoriy usullar’, ‘Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika’ kabi fanlar bilan aloqada bo’ladi. Fanning birinchi bo’limida korxonalar darajasida optimallashtiruvchi modellar keltirilgan. Keyingi bo’limlarda diskret modellashtirish, stoxastik modellashtirish, milliy iqtisodiyot bo’yicha iqtisodiy-matematik modellarni (ishlab chiqarish 12 funksiyaci, tarmoqlararo balans modellari, ekonometrik modellar) tuzilishi va ulardan amalda foydalanish asoslari keltirilgan.
“Matematik modellashtirish” fani bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni ratsional boshqarish tamoyillarini o’rgatadi. “Modellashtirish” deganda qaror qabul qiluvchi shaxs tomonidan qo’yilgan maqsadga erishishda bajariladigan maqbul ishlar rejasi tushuniladi. Matematik modellashtirishga milliy iqtisodiyotdagi turli masalalarni o’rganuvchi va ularni yechish usullarini yaratuvchi matematikaning bir yo’nalishi deb qarash qabul qilingan. Matematik usullar oddiy an’anaviy usullarni inkor etmasdan, balki ularni yanada rivojlantirishga va ob’ektiv o’zgaruvchan natija ko’rsatkichlarini boshqa ko’rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi. Matematik usullarning va kompyuterlarning milliy iqtisodiyotni boshqarishdagi afzalliklari shundaki, ular yordamida modellashtirilayotgan ob’ektga omillarning ta’siri, natija ko’rsatkichiga resurslarning o’zaro munosabatlari o’rganiladi. Bu esa o’nlab tarmoqlar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini ilmiy asosda prognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi. Iqtisodiyotda matematik modellashtirishning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:
 Matematik modellashtirish usullari yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi.
 Matematik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo’lib xizmat qiladi.
 Matematik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo’ladi.
U yoki bu hodisani ta‘riflovchi modellashtirish eng ko‘p tarqalgan usul hisoblanadi. Kelajakdagi hodisani prognozlashtirishda yaxshi natija beradigan usul modellashtirishdir. Birinchi marotaba prognozlash maqsadida model tuzish iqtisodiyotda qo‘llanilgan. Iqtisodiy izlanishda qo‘lllaniladigan matematik apparat iqtisodiy matematik modellashtirish, deb ataladi. Model izlanish sub‘ekti tomonidan shunday tuzilishi kerakki, bunda operatsiyalar izlanilayotgan ob‘ekt haqidagi ma‘lumotni aks ettiradigan bo‘ladi (ma‘lumotlar: o‘zaro bogliqlik, tuzilmaviy va vazifasiga ko‘ra parametlari). Shuning uchun modelni tasvirlash va modelning ob‘ektga mosligi masalasi ayrim aniq maqsadlarda yechiladi.

Modelni tuzish ob‘ektni oldindan o‘rganish asosida olib boriladi.
 Matematik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilinibgina qolmasdan, balki ularning yangi o’rganilmagan qonuniyatlarini ham ochish imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.  Matematik usullar va modellar hisoblash ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi va iqtisodiy soha xodimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi hamda boshqaradi. Matematik modellashtirish usullari - bu iqtisodiy sohalarda optimal qarorlar qabul qilishda matematik vositalarni qo’llashdir. Bu fan butun iqtisodiyotni har tomonlama matematika yordamida tahlil qilish va qaror qabul qilish imkonini beradi. Matematik modellashtirish o’z ichiga maxsus fanlar tizimidan iborat bo’lgan tushuncha va qoidalarni olgan bo’lib, quyidagilarga bog„liqdir: – iqtisodiy jarayonlarni ob’ektiv iqtisodiy qoidalar va sub’ektiv omillar ta’siri ostida o’zaro bog„lanishlarini o’rganish; – biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularni bajarilishini ob’ektiv baholash; – iqtisodiyotga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni izlab topish va ularning ta’sirini mikdoriy baholash; – iqtisodiyotni rivojlantirishdagi tendensiyalarni va proporsiyalarni, foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlarning zaxiralarini aniqlash va ochib berish; – ilg„or tajribalarni umumlashtirish bilan optimal boshqarish qarorlarini qabul qilish. Iqtisodiyotni matematik usullar va modellar yordamida tahlil qilishda iqtisodiy jarayonlari o’zaro birgalikda bir-birlari bilan bog„langan holda, bir-birlarini to’ldirib o’rganiladi. Bunda ularni bir- birlarini bog„lab turuvchi har qanday omillar, sabablar, asoslar, hodisalar, jarayonlar o’rganilib chiqiladi va baholanadi. Buning uchun ular chuqur, har tomonlama, asosiy va qo’shimcha, ahamiyatga ega bo’lgan va ahamiyatga ega bo’lmagan, aniqlangan va aniqlanmaydigan guruhlarga ajratiladi. Shundan keyin, eng avvalo iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etuvchi, ahamiyatga ega bo’lgan, asosiy va aniqlovchi omillar ta’siri o’rganiladi. Iqtisodiy jarayonlarga 15 barcha omillarning ta’sirini o’rganish juda ham murakkab masala bo’lib, amalda har doim ularni hisobga olish zarur emas.
Korxonaning biznes-rejasini bajarilishiga samarali ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni ta’sirini o’rganish ushbu ta’sirlarni baholash va iqtisodiy tahlil etishda matematik modellardan foydalanishni taqozo etadi. Matematik modellashtirish fanining predmeti bo’lib iste’molchi, ishlab chiqaruvchi korxona, birlashma, assotsiatsiyalarning faoliyatlaridagi iqtisodiy jarayonlar, ular faoliyatidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ostida ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik va moliyaviy natijalarni matematik modellar tizimi orqali ifodalash tushuniladi. Matematik modellashtirish fanining predmeti bo’lib, ichki va tashqi omillar ta’siri ostida xo’jalik jarayonlarini va pirovard natijalarni shakllantirish va ularni matematik usullar orqali baholash tushuniladi. Тurli xildagi omillar xo’jalik jarayonlariga muntazam ta’sir o’tkazib, ular turli iqtisodiy qonunlarni ifodalaydilar. Masalan, modellashtirish jarayonida baho omilini ta’sirini o’rganishni qarab chiqaylik. Agar bozorda xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlarning bahosi o’zgarsa, buning ta’siri iqtisodiyot sohalarida, jumladan sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va boshqa sohalarning barcha moliyaviy ko’rsatkichlariga ta’sir qiladi. Iqtisodiy tahlilda matematik modellashtirish fanining vazifalari quyidagilardan iborat; 1) biznes-rejalar va me’yorlarini ilmiy-iqtisodiy asoslash; 2) biznes-rejalarni bajarilishini ob’ektiv va har tomonlama o’rganish va me’yorlarga rioya qilish; 3) mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanishni iqtisodiy samarasini aniqlash; 4) tijorat hisobi talablarini amalga oshirishni nazorat qilish; 5) ichki imkoniyatlarni axtarib topish va baholash bilan xo’jalikni rivojlantirish tendensiyalari va nisbatlarini aniqlash; 6) ilg„or tajribalarni umumlashtirish bilan boshqarish qarorlarini optimalligini tekshirish. 16 Yuqorida keltirilgan vazifalar iqtisodiyotning ko’pqirrali va ko’pvariantli ekanligini ko’zda tutgan holda o’zgarishi ham mumkinligini bildiradi. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotini tahlil etish fanning oldiga yangi vazifalarini belgilab bermoqda, chunki iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar jadal rivojlanib, o’zgarib bormoqda. Matematik usullar va modellardan keng foydalanish iqtisodiy tahlil yo’nalishlarini takomillashtiradi, turli jarayonlar o’rtasidagi bog„lanishlar, ularning o’zgarishlarini miqdoriy ko’rsatkichlar bilan ifodalashga va o’zgarish tendensiyalarini aniqlashga imkoniyatlar yaratib iqtisodiy tahlilning samarasini oshiradi. Buning natijasida tahlil qilish muddati kamayishi bilan iqtisodiy, tijorat faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni to’la qamrab olish va ulardan eng asosiylarini, ta’siri sezilarlilarini ajratib, avvalgi taqribiy hisob-kitoblarni aniq hisoblar bilan almashtirish, ko’p o’lchamli masalalarni tuzish va yechish, qo’lda amalga oshiriladigan murakkab hisob-kitoblarni kompyuterlarda amalga oshirishga imkon yaratadi. Korxonalar faoliyatini tahlil qilishda matematik usullardan foydalanish quyidagilarni bajarishni talab qiladi: korxona iqtisodiyotini o’rganishga tizimli yondoshish, uning turli faoliyatlari o’rtasidagi mavjud barcha o’zaro bog„lanishlarni hisobga olish. Bunday sharoitlarda tahlil qilishning o’zi kibernetika nuqtai nazaridan sistemali sifat oladi; iqtisodiy tahlil yordamida yechiladigan masala va iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tavsiflarini ifodalovchi matematik modellar majmuasini yaratish; korxonaning faoliyati haqidagi iqtisodiy ma’lumotlar tizimini takomillashtirish; iqtisodiy tahlil qilish uchun maqsadli iqtisodiy ma’lumotlarni yig„ish, qayta ishlash, saqlash va yetkazib berishni amalga oshiruvchi texnik vositalarni mavjud bo’lishi; iqtisodchi-amaliyotchilardan matematik modellashtirishda matematik-hisobchilardan, operator-dasturchilardan iborat maxsus analitik guruhlar tashkil qilish. Iqtisodiy tahlilda matematikning turli bo’limlaridan foydalaniladi. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz.Unga mos tavsif berish, tajribaviy va nazariy modelni tuzatish modellashtirish usulining tarkibi hisoblanadi. Prognozlashtirishga muvofiq ravishdi izlanilayotgan ob‘ektni modellashtirish usulida jiddiy qiyinchiliklar uchraydi va u o‘ziga katta ahamiyat berishni talab etadi. Modellashtirishni qo‘llanishidagi qiyinchiliklar prognozlash ob‘ekti tuzilmasini qiyinlashtiradi. Shuning uchun ko‘pchilik hollarda bitta model emas, balki modellar va usullar tizimini qo‘llash kerak. Bunda har bir ish aniqlik va ketma – ketlik bilan amalga oshiriladi. Prognozlashtirish modellari tizimi deganda usullar va modellar yigindisi tushunilishi kerak. Bular ob‘ektning kelajakdagi holati va rivoji, prognozning kelajakdagi va hozirgi tendensiyasi va qonuniyatlarni o‘rganish asosida kelishilgan va ziddiyatsizlik imkoniyatini beradi. Bunda, tizimda prognoz yigindisi model ketma-ketligi asosida tuziladi. Prognozlashtirish modelini tuzishning 3ta bosqichi bor.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin