Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fani darsliklari va ularga qo’
Dars quyidagi umumiy didaktik talabalarga javob berishi lozim:
-Xar bir dars ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga karatilgan va puxta rejalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim.
-Har bir dars mustaxkam g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim.
-Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i lozim.
-Har bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmogi lozim.
-Darsga ajratilgan xar bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanmoq lozim.
-Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta'minlamog‘i lozim.
-Darsda o‘quv materiallarining mazmuniga oid ko‘rsatmali kurollar, texnika vositalari va kopyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
-Dars mashg‘ulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan har qaysi o‘quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi.
-Har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chikib, xalqimizning boy pedagogik merosiga murojaat qilish va undan foydalanmoq imkoniyatini izlamoq lozim.
Yetakchi didaktik vazifa va strukturaga ko‘ra darslar quyidagi tiplarga bo‘linadi:
1) kombinatsion darslar (o‘qituvchi yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi, takrorlaydi, nazorat qiladi);
2) yangi materialni o‘rganish darslari;
3) bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash darslari
4) mashqlar va amaliy ishlar darslari;
5) umumlashtiruvchi takrorlash darslari;
6) laboratoriya darslari;
7) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darslari, bundan tashqari standart bo‘lmagan, innovatsion dars shakllari ham keng qo‘llaniladi: seminar-darslar, konferensiya-darslar, rolli o‘yinlar, integrallashgan darslar.