Vali konsol joylashgan maydalagichlarni hisoblashda bu formulalar qo‘llanilmaydi.
Birikmalarni qamrab olish konusli maydalagichlarda jag‘lilarga nisbatan qulay. SHuning uchun konuslar orasidagi qamrash burchagining chegarasi 21 - 23 deb olinishi mumkin.
Maydalanishni unumdorli bo‘lishi uchun maydalash kamerasining yuqori qismida (1) tenglik saqlanishi kerak.
2 r0 ≥ 0.1 A (1)
Bu erda, 2 r0 - maydalash kamerasi yuqorida konusning harakat uzunligi:
A - konusli maydalagich yuklash qismining kengligi:
Maydalovchi konusning yuk tushurish qismidagi harakat yo‘li
Uzun konusli maydalagichlarda maydalovchi konusning aylanish soni jag‘li maydalagichlarning aylantiruvchi vali tezligi kabi aniqlanadi. Ikki holatda ham maydalangan material o‘z og‘irlik kuchi natijasida tushadi.
Konusli maydalagichlarda ish unumdorligi o‘z og‘irligi bilan tushadigan materiallar bo‘lsa, ayni jag‘li maydalagichlar kabidir.
Bunda tushayotgan maydalangan mahsulot maydalovchi konus ta’siri ostida V hajmga ega bo‘lgan butun aylana bo‘ylab yursa F abcd, o‘rta diametri dSR bo‘lgan va maydalovchi konusning aylanishi soni (n) bo‘lganda ish unumdorligi quyidagicha aniqlanadi.
Qv = V.n (5)
Konusning bitta aylanishi natijasida tushayotgan material hajmi V = Pdsr Favcdga teng. Aylanma maydalangan material kesim AVSD trapetsiya yuzasi deb qabul qilamiz.
Konusning bitta aylanishi natijasida tushayotgan material hajmi V = Pdsr Favcdga teng. Aylanma maydalangan material kesim AVSD trapetsiya yuzasi deb qabul qilamiz.