I-bob. Korxona bozor iqtisodiyotining xojalik subyekti


Korxonaning belgilari belgilari, funktsiyalari vazifalar



Yüklə 127,52 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü127,52 Kb.
#203700
1   2   3   4   5   6   7   8
Almatov H.kurs ishi

Korxonaning belgilari belgilari, funktsiyalari vazifalar.

Zamonaviy korxona-mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ekt bo`lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o`zigagina tegishli bo`lmaydi. SHu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko`ra, davlat va nodavlat, tarmoq belgilariga ko`ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft’ va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, engil sanoat, savdo va qokazolar, ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko`ra, yirik, mikrofirma va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko`ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo`linadi. Biroq ushbu belgilardan qat`i nazar, deyarli qar bir korxona Nizom asosida faoliyat yuritadi.


Nizomda korxonaning nomi, manzili, yuqori turuvchi organi va bu organning nomi, Nizom jamg`armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona raqbariyatining lavozimlari, raqbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy bo`linmalar ro`yxati, qisobot tartibi va qokazolar ko`rsatilgan bo`ladi. Agar Nizomda korxonaning tashkiliy-ququqiy funktsiyalari belgilangan bo`lsa, uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fontlar, pul mablag`lari va boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg`armasiga jamg`armasiga jamg`armasiga tayanadi. Nizom jamg`armasi qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida muassislar - davlat, ququqiy va jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi. Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad qajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg`armasi ko`paytirilishi mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg`armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy jiqatdan baquvvatligini aks ettiradi. Korxonani turli belgilariga ko`ra tavsiflash mumkin.
Korxonani :
• ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan maqsulotlar qajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jiqatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
• ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o`rtasida ularning ququq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;
• tashkiliy-ququqiy munosabatlarda korxona ququqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi; • moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo`g`ini bo`lib, o`z-o`zini moliya bilan ta`minlash, o`z-o`zini boshqarish, ya`ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi. Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro`yxatidan o`tganidan keyingina ququqiy shaxs sifatida tan olinadi.
Davlat ro`yxatidan o`tish uchun birinchi o`rinda quyidagi qujjatlar aqamiyatga ega bo`ladi: muassisning arizasi; korxonaning Nizomi; korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki muassislar shartnomasi; davlat bojini to`laganlik qaqida kvitantsiya va boshqalar. Korxona o`ziga xos bo`lgan ma`lum xususiyatlarga ega: birinchidan, korxona o`ziga tegishli va xo`jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo`lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta`minlaydi; ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o`zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o`z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo`ladi; uchinchidan, korxona xo`jalik aylanmasida o`z nomidan qarakat qilishi mumkin, ya`ni qonunga asosan xo`jalik faoliyati yurituvchi qamkorlar, maqsulot (ish, xizmat) iste`molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar qamda boshqa ququqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish ququqiga ega; to`rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan sudda da`vogar va javobgar sifatida qatnashish ququqiga ega; beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo`lib, ishlab chiqarish va maqsulot savdosi xarajatlarini qisobga olib boradi qamda davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda o`z vaqtida qisobotlarni taqdim etadi; oltinchidan, korxona o`z nomiga ega bo`lib, unda korxonaning tashkiliyququqiy shakli o`z aksini topadi.
Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iborat bo`ladi. Korxonaning ishlab chiqarish soqasidagi faoliyati - yangi maqsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo`ladi. Qayta ishlab chiqarish soqasidagi faoliyat - ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala soqasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta`minotini tashkillashtirish, maqsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko`zga ko`rinadi.
Korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tadqiq etishda uni tashkil qiluvchi ikkita tarkibiy qism - tizimning o`zi(korxona) va ushbu tizim faoliyat yurituvchi tashqi muqitni ko`rib chiqish lozim. Korxonaning ichki muqiti ishlab chiqarish vositalari, pul mablag`lari, axborotlar va inson resurslaridan tashkil topadi. Ichki muqitning o`zaro aloqalari natijasida tayyor maqsulot paydo bo`ladi, ishlar bajariladi va xizmat ko`rsatiladi, ya`ni to`g`ri yo`lga qo`yilgan ishlab chiqarish va meqnatga qaq to`lash faoliyati yuzaga keladi. Korxonalarning tashqi muxit bilan aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida ro`y berib (resurslarni jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xom ashyo, material va yoqilg`ining o`z vaqtida etkazib turilishi va qokazo), tashqi muqitga ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta`sir ko`rsatish jarayonida namoyon bo`ladi.
Korxonalar faoliyati samaradorligini aniqlab beruvchi tashqi muqit – bu, birinchi o`rinda maqsulot iste`molchilari, xom ashyo va boshqa material etkazib beruvchilar, shuningdek davlat organlari qamda korxonaga yaqin joyda yashovchi aqoli qisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliya faoliyatining faoliyatiningasosiyyo`nalishlari yo`nalishlari yo`nalishlari quyidagilar qisoblanadi:
• bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o`rganish yordamida, xaridorlarning maqsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo`lgan talablarini aniqlash;
• maqsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo`yicha ilmiytadqiqot faoliyatini tashkil qilish;
• xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;
• ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;
• maqsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;
• korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko`rsatish va qokazolarni boshqarish. Albatta, zamonaviy korxonalarning ko`p qirrali faoliyati yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan to`ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o`tilganlardan qat`i 27 nazar, xo`jalik rivojlanishining qar bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:
− korxona egasining daromad olishi;
− iste`molchilarni ishlab chiqarilayotgan maqsulotlar bilan ta`minlash;
− xodimlarni ish qaqi bilan ta`minlash;
− korxonaga yaqin joylarda yashovchi aqoli uchun ish joylari yaratish;
atrof-muqitni muqofaza qilish;
− korxona faoliyatida to`xtab qolishga yo`l qo`ymaslik;
− ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish; − ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish. Xo`jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funktsiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:
• ishlab chiqarish va shaxsiy iste`mol uchun maqsulotlarni tayyorlash;
• maqsulotlarni iste`molchilarga etkazib berish va sotish;
• sotuvdan keyin xizmat ko`rsatish;
• ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta`minlash;
• xodimlar meqnatini tashkil qilish va boshqarish;
• soliqlarni to`lash, byudjetga to`lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to`lovlarni amalga oshirish ;
• amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonunqoidalarga rioya qilish. Bu funktsiyalar korxonalarning qajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, maqalliy qokimiyat idoralari bilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi funktsiyalarini kengaytirishi qamda ularning faoliyatidagi ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.


Yüklə 127,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin