beriladigan bilimlar o`quvchilar hukmiga havola etiladi. Bunda barcha o`quvchilarga
muommoning yechimiga tegishli, o`z fikrini cheklanmagan holda bayon etish imkoniyati
yaratiladi. Barcha javoblarning to`g`ri yoki noto`g`riligidan qat`iy nazar tanqid qilinmasdan
yozib boriladi. Aqliy hujum to`xtatilgandan so`ng javoblar muhokama qilinib, qo`yilgan
maqsadga eng yaqini qabul qilinadi. Aqliy hujum usulidan boshlang`ich sinf matematika
darsligida o`quvchilarni guruhlarga bo`lib yoki bo`lmasdan ham foydalanish mumkin.
Umuman olganda `oquvchilarning birgalikda o`qish va ishlash jarayoni ta`limning hamma
pog`onasida yaxshi natija beradi.
Guruhiy ishlash usulidan foydalanish uchun o`quvchilar kichik guruhlarga (2, 5
kishilik ) bo`linadi. Keyinchalik, bu guruhlar bir xil mazmunda ish olib borishlari mumkin.
Bir xil mavzuda olib borilgan guruhlarning ishi o`zaro taqqoslanadi. Bunda raqobat holati
ham yuzaga keladi, har xil mavzuda olib boriladigan guruhiy ish usulida yagona maqsad
bir necha qismlarga bo`linib guruhlarga topshiriladi. Har bir guruh topshiriqning o`ziga
tegishli qismini amalga oshiradilar. Javoblar birlashtirilganda yagona maqsad mazmuni
aniq ko`rinadi.
Bir qator o`qituvchilar tajribasidan ma`lumki, birgalikda o`qish yoki guruhiy ishlash
usuli orqali guruh a`zolarining yaxshi o`zlashtirishiga va ularda matematika fanlarini
o`rganishga bo`lgan qiziqishini o`stirishga erishish mumkin.
Ta`kidlash mumkinki, keyingi vaqtlarda kolkulyatorlardan yoki boshqa hisoblash
vositalaridan haddan tashqari ko`p fodalanish natijasida ko`pchilik o`quvchilar mantiqiy
fikrlashdan uzoqlashib, matematik amallar , og`zaki va yozma hisoblashlarning mohiyatini
tasavvur qilishda qiynalmoqdalar. Shuning uchun ham aniq fanlarni o`qitishda
o`quvchilarning ularni aniq tasavvur qila olishlariga e`tabor berish lozim. Aks holda
o`quvchilarning o`zlashtirishlari mexanik va yuzaki bo`lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: